Kellini MLSga yo'l olishi mumkin
28 mar 2022 21:29
Yangiliklar


Kellini MLSga yo'l olishi mumkin
Himoyachi Jorjo Kellini mavsum oxirida "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
O'tgan yozda futbolchi Turin klubi bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi, biroq Italiyaning JCH-2022 pley-offida SHimoliy Makedoniyadan mag'lub bo'lishi uning kelajagiga tasir qilishi mumkin.
Xabar qilinishicha, 37 yoshli futbolchi MLS jamoasiga o'tishni o'ylamoqda.
Kellini AQSHga ko'chib o'tishdan manfaatdor. SHu bilan bir qatorda, u kelajakda "Yuve"ga qaytish uchun rahbarlik lavozimida ishlash tajribasiga ega bo'lishni xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi "Yuventus"da 2005 yildan buyon to'p suradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar