Kellini: "Himoyadagi ishonchli o'yin - Italiya terma jamoasining birinchi raqamli vazifasi"
10 iyu 2016 17:42
Yangiliklar
Kellini: "Himoyadagi ishonchli o'yin - Italiya terma jamoasining birinchi raqamli vazifasi"
"Futbolda ko'p gol urish muhim deb o'ylamayman. SHunchaki raqibdan bitta ko'p gol ursangiz etadi. Tarixga etibor beradigan bo'lsak, Italiya - ko'p gol uradigan jamoa emas. Boshqalar 6 ta urishga harakat qiladi, biz esa o'sha raqibni 2:0 hisobida mag'lub etamiz.
Saralash bosqichini yaxshi o'tkazdik. Bizdan faqat kamroq gol qo'yib yuborib, raqibdan ko'proq gol urish talab qilinadi. SHaxsan men himoyaga etibor beraman. Pley-offda gol o'tkazib yubormasangiz, penaltida g'alaba qozonish imkoniyatingiz bo'ladi. Himoyadagi ishonchli o'yin bizning birinchi raqamli vazifamiz bo'lishi lozim. Texnik-taktik imkoniyatimizga ko'ra va murabbiyimizning mahoratini ham hisobga olsak, gol urish uchun juda ko'p imkoniyatimiz bo'ladi" - deydi Kellini.
Fikrlar