Kellini: “Arsenal”ga rad javobini berganim uchun o'zimni ahmoq deb aytolaman"
04 fev 2021 20:15
Yangiliklar


Kellini: “Arsenal”ga rad javobini berganim uchun o'zimni ahmoq deb aytolaman"
“Ortga qarab, bu taklifni rad etganim uchun o'zimni haqiqatan ahmoq deb ayta olaman. Endigina 16 yoshda edim, C Seriyada o'ynash tajribasi bor edi, ko'plab takliflarni oldim, ammo rad etdim.
O'zimni ushbu transferga tayyor his etmadim. Bundan tashqari, agar rozi bo'lsam, “Livorno”ning g'oyalariga xiyonat qilgandek taasurot qoldirishim mumkin edi", deydi himoyachi.
Albatta, yillar o'tib ham “to'pchilar” tomonidan futbolchiga bo'lgan qiziqish pasaymadi. Xususan, hujumchi Robin van Persi intervyularidan birida Kellini haqida eslab o'tgan:
- SHunday vaqt keldiki, men “Arsenal”da g'oliblik mentaliteti etishmayotgani haqida aytishim zarur edi va Arsen Vengerdan Jorjo Kellini bilan shartnoma imzolashimiz kerakligini iltimos qildim. Unga qarshi bir necha bor to'qnash kelganman va unda shunday xarakter bor edi, degan van Persi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar