So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Kelishilgan o'yin - bu juda og'ir so'z Yangiliklar

Kelishilgan o'yin - bu juda og'ir so'z

Kechagi uchrashuv o'tganidan beri bir gap aylanib yuribdi: o'yin kelishilgan.

Kecha "Paxtakor" markaziy stadionida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tojikiston olimpiyachilariga qarshi bahs olib borib, 0:0 hisobida durang o'ynadi. Aslida-ku istalgan hisobdagi durang natija bizga guruh peshqadamligini saqlab qolish uchun kifoya qilardi. Muhimi, yutqazib qo'ymasak bo'lgani edi. 

Yakunda shunday bo'ldi ham. Yutish uchun harakat qilganimiz bilan darvozaga to'p kirita olmadik. SHunga qaramay 4 ochko bilan guruhni birinchi o'rinda tugatdik va kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga yo'l oldik. 

Kechagi bahsni ko'pchilik kuzatdi. To'g'ri, o'yin yorqin bo'lmadi, lekin bu uchrashuv kelishuv asosida o'tganini anglatmasa kerak. Endi bir o'ylab ko'raylik, 1-turda biz Hindistonni 3:0 mag'lub etdik. Tojikiston esa 2:0ga engdi. To'plar nisbati bizda yaxshi bo'ldi va hammasi o'zaro uchrashuvga qoldi. 

Saralash o'yinlari 11ta guruhda olib borildi va biz joy olgan guruhni hisobga olmaganda qolgan 10ta guruhda to'rttadan jamoa qatnashdi. Faqat bizning guruhda uchta jamoa kurashdi, chunki Pokiston saralash bosqichiga kelmadi. Natijada futbol qoidalariga ko'ra barcha guruhlarda 3-tur bo'lib o'taganidan so'ng peshqadam va ikkinchi o'rinni olgan jamoalarning oxirgi o'rindagi jamoaga qarshi natijasi bekor qilindi. 

Aytib o'tganimizdek, bizni istalgan hisobdagi durang qoniqtirardi. Lekin Tojikiston ham Osiyo chempionatiga borishdan umidvor bo'lganini hisobga olsak, ularni ham durang qoniqtirardi, faqat buyog'i omadga bog'liq edi. Aytaylik, biz uchun o'yinni kelishgandan foyda yo'q, chunki shundoq ham hammasi o'z qo'limizda edi. Tojikiston olishga uringan deylik, lekin unda biz "risk" ostida qolardik. Unaqada Tojikiston 1-o'rin bilan chiqib ketib biz esa Osiyo chempionatidan quruq qolishimiz mumkin edi. 

SHu bois o'yinni kelishilgan demasdan, tojiklar xohlagan scenariy bo'yicha o'tdi deyish mumkin. CHunki ular uchun O'zbekiston bilan durang foyda berdi: ochkolar sonini 4taga etkazdi va ikkinchi o'rin bilan chiqish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Bir qarashda Usmon Toshev jamoasi vazifani uddaladi, ular yutqazib qo'yishni xohlashmadi va shunga erishishdi ham. O'yinni bir yodga oling, yon qo'shnilarimiz vaqtni cho'zish uchun qancha harakat qilishdi. Yutishni maqsad qilgan jamoa esa bunday o'ynamaydi. 

Endi bizning o'yinga keladigan bo'lsak, vazifa deyarli bajarilgan bo'lsa, buning ustiga raqib durangni astoydil xohlayotgan bir paytda nega endi bu bizga ham maqul kelmasligi kerak? Buni kelishilgan o'yin deb bo'ladimi? Kelishilgan o'yin ochko suv va havodek zarur paytda o'tkaziladi. Agar kecha ikkala jamoa oxirigacha 0:0 uchun o'ynaymiz deb chiqqanida va bitta ahmoqona gol darvozaga kirib ketsa nima bo'lardi. Unda kim boshini changallab qolardi? 

Kechagi o'yinda Tojikiston faqat durangni ko'zladi. Ular 4 ochko to'plashdi va buyog'iga qolgan o'yinlarni kuta boshlashdi. Tojikistonning baxtiga boshqa guruhlarda ham 2-o'rin egalari 4 ochkodan to'plashdi, faqat ularning omadsizligi shundaki, Avstraliya, Eron, Suriya va Saudiya Arabistonida to'plar nisbati yaxshiroq bo'ldi. Tojikistonga esa bitta gol etmay qoldi. Bor gap shu. 

Endi bu o'yinni kelishilgan deb vahima qilish ortiqcha bo'lsa kerak. Bu juda og'ir so'z hisoblanadi. Biror o'yinni kelishilgan deyish uchun bunga nihoyatda katta ishonch (fakt bo'lmasa ham) bo'lishi kerak. Qolaversa, bu jamoadagi futbolchilarni hali g'o'r deb o'ylayman va ular spektakl ko'rsatishni eplay olishmasa ham kerak. Har holda bu mening shaxsiy fikrim. 

Reyting: -78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика