So’nggi yangiliklar

20:25Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:0. Матнли трансляция  0 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  0 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  0 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  0 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:41Расман: Дани Ольмо – "Барселона" футболчиси!  6 18:22Ли Карсли Англия терма жамоасининг вақтинчалик устози этиб тайинланди  1 17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  2 17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  1 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  2 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  2 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  1 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XIV bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. XIV bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining o'n to'rtinchi bobini taqdim etamiz.
Kelishilgan o'yinni o'tkazish uchun o'sha erda bo'lishingiz shart emas. Bunday paytda trubkani qo'lga olaman, kerakli odamlar bilan gaplashaman va ular ishga kirishadilar. To'g'ri, har doim ham oshig'ingiz olchi bo'lavermaydi. Ammo bunday kezlarda bir necha uchrashuvni bir vaqtning o'zida boshqara olaman. JCH-2010 arafasida o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etish mendan chiqqan g'oyadir. Bu xususida to'rt yil oldin, 2006 yili  Germaniyada tashkil etilgan mundial arafasida qamoqdan ozod qilinganimda bosh qotirishga tushgandim. 2010 yilga kelib yana o'sha g'oyaga qaytdim. Sotib olingan hakamlarni o'rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarga jalb etishning nimasi yomon? Oxir-oqibat bunday bahslarni Evropada emas, balki Afrikada tashkil etaman-ku! Hech kim menga nima qilyapsan, degan savolni ham bermaydi. Bu erda istalgan ishingni qilishing mumkin. Jahon chempionatiga bir necha oy qolganida JAR FAga xat yuborib, bo'lajak JCH oldidan afrikalik hakamlarni qo'llab-quvvatlash kerakligini taklif qildim. O'sha xatni Football 4U  kompaniyasi nomidan FA prezidenti Kirsten Nematandani va ijrochi direktori sanaladigan Lesli Sidibega  yozgandim. Football 4Uni Singapurdagi yuridik shaxslar ro'yxatidan chiqarib yuborgandilar. SHu bois ExcIusive Sports (faqat uning ro'yxatdan o'tkazilgan raqamlarini o'zgartirishni unutgandim) nomi ostida yangi kompaniya ochdim.
 Keyin esa Entoni ismli odamimni bir nechta noutbuklar va mobil telefonlar  bilan taminlagancha JARga yubordim. Bu matohlar yordamida kimnidir ishga jalb etish osonroq bo'ladi. Entoni hakamlar departamentining rahbari hisoblanadigan Stiv Goddard bilan uchrashdi va yaxshi niyatda kelganini bildirish maqsadida 3 ming dollarni sovg'a tariqasida berdi. Undan hech narsani so'ramadik. Bu bilan faqat kimlar bilan aloqa qilayotganini bildirib qo'ymoqchi edik xolos. Lekin u bizni noto'g'ri tushundi va pullarni rad etdi. Baxtimizga associaciyada ishlaydigan Jeykob ismli amaldor topildi. U pullarni oldi. Entoni Jeykobga bizning referi tayinlanadigan har bir o'yin uchun 10 ming dollardan berishga  vada berdi. O'z navbatida bu amaldor mening odamimni Lesli Sidibe bilan tanishtirib qo'ydi.

O'yinchilar, hakamlar va futbol amaldorlarini sotib olish orqali o'z biznesini gullatib-yashnatgan Raj Uilson Perumalning kirdikorlari bilan tanishib borish asnosida har qanday ishqiboz boshqalar xususida ikkilanib qolishi hech gap emas. Albatta, hayotda vijdonli, qalb amriga bo'sungan holda har qanday holatda shaniga dog' tushirishni istamaydigan odamlarning ko'pligi ko'nglingizni xotirjam qiladi. Afsusuki, futbol olamida Perumal va unga o'xshaganlarning tuzog'iga osongiga ilinadiganlar ham topiladi.


Entoni gapni butunlay haqiqatga to'g'ri kelmaydigan mavzudan boshlab, FootbaIIU4 FIFA licenziyasi asosida Bahrayn va BAA chempionatlarini  hakamlar bilan taminlashini hamda ularni amaliyot o'tashlariga yordam ko'rsatishini aytdi. Xullas, Entoni Lesli Sedibeni Evropadan hakamlarni taklif etmaslikka va afrikaliklarni bunday vazifani ulardan qolishmagan holda bajara olishlariga ishontira oldi.
- Biz afrikalik hakamlarni oldinga surmoqchimiz,- dedi Entoni unga. - Ularning safar xarajatlarini qoplaymiz.
Sedibega bu g'oya yoqdi. JAR FAning qolgan amaldorlari ham Jeykobning aralashishi bilan bu taklifni maqulladilar. Albatta, u bu ishi uchun qo'shimcha taqdirlashga loyiq ekanligini gap orasida qistirib o'tdi. Biz hatto o'rtoqlik o'yinlariga  Tailand, Gvatemala, Bolgariya, Kolumbiya va Daniyani olib kelish borasida rasmiy kelishuvni imzoladik. Vazifani bajargan Entoni Singapurga qaytdi. Keyinchalik JAR maydonida tashkil etiladigan o'rtoqlik o'yinlariga hakamlarni olib kelish borasida kelishuv imzolanganidan so'ng o'ylanib qoldik: agar JAR hammasi uchun to'lashga rozi bo'lsa, nega ko'proq pul olmasligimiz mumkin? Lekin vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi. Endi oldimizda shartlarimizga ko'nadigan hakamlarni qidirib topish vazifasi turardi.
Afrikaliklar bilan yo'lga qo'yilgan aloqa yordamida Togo, Keniya va Nigerdagi hakamlar brigadasiga chiqdik. Togodagi bosh hakamni Koku, Keniyadagisini Samvel va Nigerdagisini esa Ibrohim deb atardilar. Oxirgi hakam bilan muammolar yuzaga keldi. Uning kelishilgan o'yinlarni tashkil etish bilan shug'ullanadigan boshqa guruhlar uchun ishlashidan xabardor edik. Biroq uni ishontirishimiz qiyin kechmadi:
- Faoliyatingni yakunlash uchun bir yil qolgan xolos. FIFAdan qancha olasan? 2000 dollar va borib qaytishing uchun chiptalar. Biz esa bir o'yin uchun 70 ming dollar to'laymiz. Bundan tashqari biznes-klassdagi samolyotda uchasan.

DAN BILAN HAMKORLIK

Ibrohim CHabu taklif qilgan shartimizga rozi bo'ldi. SHuningdek,  Tanzaniyadan CHarlz ismli hakam boshchiligida qo'shimcha brigadani ishga jalb etdik. U JARda kelishilgan o'yinlarni tashkil etishimiz mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi. Pullarim yo'q edi. CHunki totalizatorda tez-tez yutqazib turardim. Dam olish kunlari 1,1 million dollar yutqazib, qarzlarni to'lay olmay qoldim. Qarzni yopish uchun o'rtoqlik o'yinlari orqali salkam 1 million dollar yutishim mumkinligidan umid qilgan holda Dan bilan qo'ng'iroqlashdim:
- SHerik bo'lishni istaysanmi?
- Kel, qahvaxo'rlik qilaylik.
Qizig'i shundaki, odatda telefon orqali shunday kelishib olardik. Dan hakamlar bilan yuzma-yuz gaplashib olishni istadi.
- Biz 1 millionni besh kishiga bo'lib chiqamiz,  - dedi u. - Agar yutqazadigan bo'lsak, senga tegishli qarzni qoplashga tayyorman. Ammo bo'lajak yutuqlaringdan menga ulush ajratasan.
Dan birinchi bor meni o'z sindikatiga taklif qildi.
- Evropalik hamkorlar bilan hissani beshga to'rt ko'rinishida bo'laman, - deya gapida davom etdi Dan. - Hozir ularning boshiga kulfat tushgan. Kimdir sheriklarimni Xorvatiyada sotib qo'ygan. SHu sabab ular qamoqda o'tirishibdi. Ularga kamida million dollar kerak bo'ladi.
Internetni kovlashtirib qo'lga tushgan Dino bilan Admirning yuzlarini kameralardan to'sishga harakat qilgan holatdagi fotosuratini ko'rdim. Moliyaviy tomondan Danning kafolatini olganimdan keyin Entonini yana Afrikaga yubordim. Ishning o'zimga tegishli bo'lgan qismini bajargandim. Singapurni tark eta olmasligim bois qolgan ishlarni Danga ishonib topshirdim. Hakamlar bilan bog'liq masalani u hal qila qolsin. Dan dastlabki o'rtoqlik o'yini boshlanishiga besh kun qolganda JARga uchdi. U o'zi bilan katta summadagi pullarni olib yurmasdi. SHuning uchun Alassanni o'ziga yordamchi qilib oldi. Dan gap orasida Alassanni Argentinada 100 ming dollar bilan ushlab olishlariga sal qolganini aytib qoldi. O'shanda Argentina terma jamoasi Gaitini qabul qilib, raqibini 4:0 hisobida tor-mor keltirgandi. Vaziyatni tahlil qilishga kirishib, o'zim ishlaydigan terma jamoa bilan kimdir shug'ullanayotganini tushunib etdim. Danning pullariga muhtojlik sezganim uchun Gaiti bilan bog'liq masalada o'rtadagi munosabatni buzib qo'yishni istamadim.
Dan Yoxannesburgda hakamlar bilan uchrashdi. JARdan katta daromad olishni kutarkanmiz, bu orada Iordaniya chempionatida kelishilgan o'yinlarni tashkil etish uchun CHuni o'sha yoqqa yubordik. Uni Bokschi laqabli tanishimiz kutib oldi va mehmonxonaga joylashtirdi. Ular birgalikda stadionga bordilar. O'yin chog'ida Bokschi yo'qolib qoldi. CHu mehmonxonaga qaytganda joylashgan xonasi alg'ov-dalg'ov bo'lib ketganini ko'rdi. CHu hammasini oldindan sezgan ekanmi, 70 ming dollarni vannaxonaga yashirishga ulguribdi. Dan bu voqeani boshdan oxirigacha menga gapirib berdi. SHunda fursatdan foydalanib undan 50 ming dollar so'radim. CHindan ham yonimda pullar yo'q edi. Dan so'ragan pulimni berdi. Tan olib aytishim kerak, pullarim yo'qligida Dan biror marta ham iltimosimni erda qoldirmagan. O'rtamizdagi shirin-achchiq munosabat shunday edi.
Dastlabki uchrashuvga keniyalik Samvelni tayinladilar. JAR esa Tailandni qabul qilardi. Lekin bukmekerlar ushbu o'yinga pullarni qabul qilmadilar. JAR 4:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin nazoratchisi Botsvana FA prezidenti edi. 2009 yili Xitoyda tashkil etilgan uchrashuvda uning terma jamoasini sotib olishga urinib ko'rgandik. FootbaIIU4 hakamlar uchun javob berishidan xabar topganidan keyin u Goddard bilan bog'landi. O'shandan boshlab botsvanalik amaldor har bir qadamimizni diqqat bilan kuzatishga tushdi. Navbatdagi uchrashuvda JAR Bolgariyani qabul qildi. O'yinni togolik Koku boshqardi. Uchrashuvdan oldin Dan Koku va uning qanotlardagi sheriklari bilan ko'rishib, nima qilish kerakligini tushuntirdi:
- Bizga uch golga teng totalni taminlab beringlar.
- Yaxshi, boss. Bu vazifani muammosiz bajaramiz.
Koku bilan uning yordamchilari tribunalarni to'ldirib o'tirgan 60 ming ishqibozni ko'rganlaridan so'ng sarosimaga tushib qoldilar. Birinchi bo'limdan keyin hisob 1:1 edi. Yana bir gol talab qilinardi. 70-daqiqada Bolgariya terma jamoasi jarima maydonida to'p himoyachining qo'liga tegdi. Koku hushtak chalmadi. Ablah. O'yin 1:1 hisobida nihoyasiga etdi. Biz katta miqdorda pul yo'qotdik. Vaholanki, Dan ikki kun davomida o'sha ahmoqqa hammasini erinmay tushuntirgan va uyiga 60 ming dollar bilan qaytishi mumkinligini bot-bot takidlagandi. Ahmoqligi uchun ham Koku uyiga quruq qo'l bilan ravona bo'ldi.
Uchinchi o'yinda JAR Kolumbiya bilan uchrashardi. Bellashuvni yana keniyalik Samvel boshqardi. Uchta gol uchun pul tikdik. Futbolchilar maydonda juda sust harakatlanardilar. 15-daqiqada hakam to'p qo'l bilan o'ynalgani uchun JARning foydasiga shubhali penalti belgiladi. O'ylaymanki, Dan oldingi uchrashuvdan keyin hakam bilan ancha shug'ullangan ko'rinadi. CHunki kolumbiyalik darvozabon to'pni qaytarganidan keyin Samvelning qanotdagi yordamchisi bayroqchasini ko'tarib, zarba ijro etilgunga qadar darvozabon o'rnidan qo'zg'alishga ulgurganini ishora qildi. Ikkinchi urinishda afrikaliklar vazifani uddaladilar. 20-daqiqada JAR terma  jamoasining darvozaboni kolumbiyalik o'yinchini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam penalti belgiladi, darvozabonga esa faqat sariq kartochka ko'rsatdi xolos. Hisob 1:1.
Tanaffus chog'ida kolumbiyaliklar hakamlarning ishidan qoniqmay norzilik bildirishga tushdilar. Ular hakamlar shu ruhda ishlashda davom etadigan bo'lsalar, maydonni tark etishlari mumkinligni aytib po'pisa qildilar. Ikkinchi taymning 10 daqiqasida Samvel yana mezbonlar foydasiga shubhali penalti belgiladi. Ular yakuniy hisobni o'rnatdilar - 2:1. Uchta penalti - uchta gol. O'sha o'yindan keyin keniyalik hakam JARni tark etdi.

AFRIKADAGI YANGI SARGUZASHTLAR

Dan menga pul to'lashni istamadi. CHunki Tailandaga qarshi o'yinda stavka ish bermagan, Bolgariya ishtirokidagi bellashuvda  esa yana bir gol talab etilardi. U yolg'on gapirardi. Negaki, hech kim uning qanday natija uchun pul tikkanini bilmasdi. Dan istalgan narsani o'ylab topishi mumkin edi. Dan mendan ko'ra ikki karra ahmoqroq bo'lsa-da, to umrimning oxirigacha o'ziga ishlashim mumkinligidan umid qilardi. Holbuki, men va evropaliklarsiz u hech nimaga arzimasdi. Nigerlik Ibrohim JAR va Gvatemala terma jamoalari o'rtasidagi to'rtinchi o'yinni boshqardi. Hatto televizor orqali ham Ibrohimning bu erga pullarga ishlash uchun kelganini bilish qiyin emasdi. To'p jarima maydonchasi tashqarisida himoyachining qo'liga tekkan bo'lsa-da, hakamimiz 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Gvatemalaliklar tortishib o'tirmadilar, Ibrohim esa o'zini juda boshqacha tutdi. Yakuniy hisob 5:0 va uchta gol penaltidan kiritildi. Yana bir penalti noaniq amalga oshirildi. O'yindan keyin Dan unga 60 ming dollar to'ladi. Ibrohim maydon chetlarida ishlagan qanot hakamlariga 15 ming dollardan pul berdi. U yordamchilarini o'ng va chap qo'lim, deb hisoblardi.
Singapurda aylanib yurarkanman, qamoqda o'zim bilan bir kamerada o'tirgan tanishimni uchratib qoldim. Eski do'stligimiz hurmati unga 1000 dollar berdim. O'zaro gaplashib o'tirarkanmiz, rasmim tushirilgan yangi pasportni to'g'rilab beradigan bo'lsa, unga 10 ming dollar to'lashga vada berdim. Singapurda yangi pasport olish uchun tegishli hujjatga suratingizni yopishtirib, bank kartochkasi orqali to'lovni amalga oshirsangiz bas. Oradan uch kun o'tib shunday mazmundagi xatni olasiz: Sizning pasportingiz tayyor bo'ldi. Oluvchining shaxsi barmoq izlari bilan tasdiqlanishi kerak. Men kameradoshimga o'zining rasmi o'rniga mening suratimni yopishtirib qo'yishini so'radim. Pasportni olish uchun borgan paytda esa boshiga  beysbolka kiyib olish va ko'zoynak taqishi kerakligini maslahat berdim. CHunki amaldorlar faqat barmoq izlariga qarashadi xolos. U rozi bo'ldi. Yangi pasportimni begona familiya, lekin o'z suratim bilan oldim. Ishlarimni yopish uchun ochgan firmamni kameradoshimning nomiga rasmiylashtirdim. Bergan apellyaciyam kutilgan samarani bermagan taqdirda policiyachilar meni qidirishlarini tushunib turardim. Singapurdan qochishni rejalashtirayotgan paytimda Rozmari qo'ng'iroq qilib qoldi. U menga Braziliyaning Xarareda Zimbabve terma jamoasi bilan o'ynashini malum qildi. Braziliyaliklarning bunday taklifga rozi bo'lishlari mumkinligiga ishonmasdim.
- Nahotki! Ularni taklif qilish uchun pullarni qaerdan topdinglar? Boz ustiga mamlakatda tuzukroq mehmonxonaning o'zi ham yo'q, shekilli - dedim unga.
Rozmariga ishonmadim. Malum bo'lishicha, shveycariyaliklarning qandaydir bir firmasi braziliyaliklar ishtirokidagi o'rtoqlik o'yinlari uchun xarajatlarni to'lashni zimmasiga olgan ekan. Gazetadagi anonsni o'qiganimdan so'ng Rozmariga qo'ng'iroq qildim. Lekin kech bo'lgandi. O'yin uchun JARdagi referini tayinladilar. Rozmariga JAR terma jamoasi ishtirokidagi o'yinga o'z hakamini jalb etishini taklif qildim. Biroq Goddard bu ishdan shubhalandi. Bukmekerlar  stavkalarni qabul qilmasalar kerak, degan xayolga bordim. Ammo yana xato qildim. CHunki zimbabveliklar bilan kelishishga ulgurmagandim. Qolaversa, bu uchrashuv butun mamlakat uchun ulkan voqeaga aylanib ketardi. SHu sabab bayramni buzib qo'ygim kelmadi. Braziliya terma jamoasi ishtirokdiga Tanzaniyaga qarshi o'tadigan navbatdagi bahsda ishlashga qaror qildim. Asosiysi, yangi pasportim bilan endi bemalol Afrikaga uchib kelishim mumkin edi.
Daniyaga qarshi o'tkaziladigan beshinchi o'rtoqlik o'yini arafasida Yoxannesburgga etib keldim. Stadionga borib o'tirmadim. Entoni bilan uchrashdim. U menga Goddardning qator muammolar tug'dirayotganini malum qildi.
- Uning ojiz nuqtasini bilasanmi? - deb so'radim.
- Ha, Goddardning ayollarga suyagi yo'q, - deya javob qaytardi Entoni.
- Men senga qo'shmachi emasman. Boshqa biror chora o'ylab top.
- Yo'q - yo'q, u tailandlik bir qizchani yoqtiradi. Afsuski, uning kimligini bilmayman.


ISH DOIM SILLIQ KECHMAYDI

O'sha suhbatimizdan ko'p o'tmay Entoni menga qo'ng'iroq qilib, hakamimizni bo'lajak o'yindan chetlashtirishganini aytdi. SHunda biz Tanzaniyadan kelgan CHarlz boshchiligidagi qo'shimcha hakamlar brigadasiga etiborimizni qaratdik. Reja quyidagicha edi: uchrashuv boshlanganidan yarim soat o'tgach CHarlz o'zini jarohat olganga soladi va uning o'rnini Ibrohim egallaydi. Ammo o'yin o'tkaziladigan kuni Entoni ahmoqlik qilib qo'ydi. U ertalabki tekshiruv chog'ida CHarlzdan o'zini kasaldek ko'rsatishi kerakligiga majburladi. Bu yangilik  Goddardning qulog'iga etib bordi va u yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalana oldi. Uchrashuv boshlanishi uchun hamma narsa taxt edi. Madhiyalar ijro etilishiga sanoqli daqiqalar qolgandi. CHarlz o'yindan chetlatilgani bois terma jamoalar Ibrohim boshchiligidagi hakamlar brigadasi bilan maydonga chiqishlari kerak edi.  Lekin Goddard hammasini o'zgartirib yubordi. U bahsni boshqa hakamlarga ishonib topshirdi. Uchta gol uchun pul tikkandik. Biroq JAR bor-yo'g'i 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Million dollarni yo'qotdik.
O'yindan keyin Entoni bilan uchrashib, uning po'stagini qoqib qo'ydim. Odatda juda xotirjam yuraman. Lekin yordamchim o'zini mendan aqlli deb hisoblab, keyin ishning pachavasini chiqargan taqdirda ruhiy muvozanatimni yo'qotib qo'yaman. Agar Entoni aytganlarimni bajaradigan bo'lsa, juda katta pulga ega bo'lardik.
- Sen jinnimisan? -deya o'nga baqirishga tushdim.- Hakam armiyaga chaqirilgan, ammo kasalligi tufayli urushga bormasligi uchun malumotnoma oladigan chaqiruv yoshidagi yigit emas. Hammasini qanday bajarish kerakligi haqida senga tushuntirgan edim. Sen bo'lsang, o'zbilarmonlik qilib barchasini rasvo qilding. Qanchalik ahmoqsan-a! Agar Goddard o'yin boshlanishiga yarim soat qolganda hakamning jarohati borligini bilganida ham bizga halaqit bera olmasdi.
Mehmonxonadan  Goddardga qo'ng'iroq qildim:
- O'rtamizda bitim bor. Mening hakamimni chetga surib qo'yishga kim sizga huquq berdi? FIFAning akkreditaciyasi bor bo'lgan hakamga nisbatan behurmatlik qildingiz. Ustingizdan sudga arz qilamiz.
Bu voqea matbuotning mulkiga aylanganidan keyin Goddard aytgan gaplarimni butunlay o'zgartirgancha talqin etdi. U buning uchun tahdid qilishgacha etib borganimni gapirib, yolg'on  bayonot berdi. Begona mamlakatga soxta pasport bilan keldim. Nahotki, keksa irlandga shunday muomala qilsam? Agar gansterlardek harakat qilganimizda bizga bonus tariqasida o'yin bermagan bo'lardilar. Ishning jiddiy tus olishidan qo'rqishdi shekilli, Nigeriya va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yinga o'z hakamimizni tayinlash imkonini havola qildilar. Bu orada Braziliyaning Tanzaniyaga qarshi o'tkazishi kerak bo'lgan o'yini ham yaqinlashib qolgandi. Barcha hakamlarim xuddi Entoni singari JARda band edilar. SHu bois Dor-us-Salomga Singapurdagi ikki nafar yangi yordamchimni yubordim. Muvaffaqiyat qozonadigan bo'lsak, ularga 60 ming dollar to'lashga vada berdim. Ular besh gol o'tkazib yuborishlari sharti bilan olti-etti nafar futbolchini sotib oldilar. Braziliya  5:1 hisobida g'alaba qozondi. Birgina gol bizga qimmatga tushdi. CHunki stavka gollar farqi uchun emas, balki total uchun tikilgandi.
Entoni ikkimiz Nigeriya - Janubiy Koreya o'yiniga bordik. Bosh hakamga ikkinchi bo'limda ikkita gol tashkil etishi kerakligini tushuntirdik. Danning ko'magi kerak bo'lmadi. Negaki, etarlicha pulga ishlagandim. SHunday bo'lsa ham unga qo'ng'iroq qildim. U uchrashuv kelishilgan ekanligini tushunib etdi va hakamimizni yana so'roqqa tutdi.
Xuddi o'chakishgandek Goddard yana xalaqit berdi. Agar u bo'lmaganida JARda tashkil etilgan o'rtoqlik o'yinlari biz uchun shunchaki sayrga aylanardi. Lekin Goddard har doim ishimizga burnini suqaverdi. Goddard uchrashuvga o'z hakamini tayinladi, lekin JAR FA start hushtagi chalinishidan bir soat oldin bu qarorni bekor qildi. Amaldorni stadionda ko'rdim. U yuzining oqligi bilan atrofidagilardan yaqqol ajralib turardi. Goddard taslim bo'lishni istamadi va nigeriyaliklarga murojaat qildi:
- Hakamning almashtirilishi sizlarga g'alati tuyulmayaptimi?
Keksa irland bu bilan rasmiy ariza berishni mo'ljallagandi. Biroq  nigeriyaliklarni yaxshi bilardim. Ulardan biri yonimga kelib shunday dedi:
- Bu sizning ishingizmi?
- Yutishni istaysizlarmi?
- Istaymiz, ammo o'zim uchun sendan yana bir narsa so'ramoqchiman.
Bu yaramaslarni jahon chempionatiga olib chiqqan bo'lsamu, ulardan biri o'zi uchun mendan yana qo'shimcha pul talab qilyapti. Lekin bu safar tavakkal qilishni istamadim va unga uch ming dollar berdim.
- SHuni besh ming dollarga etkaza olmaysizmi?
Yana ikki ming qo'shdim. Goddardning rejasi ish bermadi.  O'yinni Ibrohim boshqardi. Nigeriya 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Hakam bahs davomida faqat bir marta penalti belgiladi. Asosiysi, stavkamiz ish berdi.
Aynan shu kuni Zimbabve Yaponiya bilan o'ynashi kerak edi. Zimbabveliklar ham bizga ko'z tikib turgandilar. Aksiga olib bukmekerlar bu o'yin uchun pullarni qabul qilmadilar. Biz esa alo darajadagi bonusdan mahrum bo'ldik. Olti o'yindan uchtasi bizga foyda keltirdi. Bir uchrashuv uchun tikmadik, ikkitasida esa omadimiz chopmadi.   

(Davomi bor...)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика