“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. Kirish
07 avg 2014 17:00
Yangiliklar
“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. Kirish
Totalizatorlarda kelishilgan o'yinlar tashkil qilishda gumon qilinayotgan Uilson Raj Perumal tomonidan yozilgan "Kelishilgan o'yinlar qiroli" nomli kitobni o'zbek tilidagi tarjimasini taqdim etishga qaror qildik.
So'zboshi
Perumal ushbu kitobni Alessandro Rigi va Emmanuele Piano kabi jurnalistlar bilan birgalikda yozgan. Biz ushbu kitobni tarjima qilishda bir qancha qismlarini tashlab ketdik. Masalan, bosh qahramonning qarindoshlari haqidagisi, uning maktabda engil atletikada erishgan muvaffaqiyatlari va boshqa joylarni.
Muallifdan
2012 yilning yozida Invisible Dog nashri jahon OAVlarida shov-shuvga sabab bo'lgan “Kelishuv” nomi ostidagi surishtiruv natijalarini chop etdi. “Kelishuv”da futbol o'yinlaridagi natijalarga tasir ko'rsatadigan jinoiy to'da haqida gap boradi. To'da azolari Singapurdagi o'z qarorgohidan turib kelishilgan o'yinlarga katta miqdorda pul tikishgan.
Biz Uilson Raj Perumalning jinoiy to'dadagi sheriklari bilan uchrashish uchun Singapurga yo'l oldik. U bizni Uilson bilan tanishtirib qo'ydi. Uilson ushbu to'daning qamoqqa tushgan ilk azosi bo'ldi. Uni Finlyandiya shimolidagi kichik shaharchalardan birida hibsga olishgan. SHuningdek, u evropaliklarga jinoiy to'daning jinoyatlarini fosh qilishga yordam bergan. Biz u bilan uchrashmaganmiz. Faqat elektron pochta orqali muloqotda bo'lganmiz. Bir yil o'tganidan so'ng esa ushbu tarix yozishga arzigulik ekanini tushunib etdik.
Budapeshtda uning ko'rsatmalari paytida aytib o'tgan o'yinlarni eshitib shok holatiga tushib qoldik. Biz u aytgan o'yinlarni ko'zdan kechirib chiqdik. Biz nafaqat uning haqiqatni ochib tashlayotganidan (har holda haqiqatni aytgan bo'lishi kerak) hayron qolardik, balki o'z Pandorasi sirini ham malum qilayotgandi. Bu narsa futbol muxlislari uchun professional futboldagi iflosgarchilikning yaqqol namunasi edi.
Biz Uilson tomonidan keltirib o'tilgan faktlarni tekshirib, tayyorlanguncha ishimizni chop etish maqsadida nashriyot topish uchun odam yo'lladik. Biz Uilsonning ko'rsatmalari kitob do'konlarida muammosiz sotilishiga to'liq ishonch hosil qilgan edik. O'nga yaqin nashriyot ushbu kitobimizni “yuridik boshog'riq” deya baholadi. Ularning quyonyurakligi ham bizni to'xtatib qo'ymadi va biz kitobni o'zimiz, mustaqil tarzda chop etishga qaror qildik.
Endilikda javobgarlik to'lig'icha bizni elkamizda edi (o'z o'rnida Uilsonning ham). Biz vaziyatni hisobga olgan holda insonlar, associaciyalar hamda kompaniyalar nomini o'zgartirib keltirib o'tishga qaror qildik.
Alessandro Rigi i Emmanuele Piano
Muqaddima
Men Finlyandiyada hibsga olingan vaqtim barcha ushbu voqea mening Singapurga ekstradaciya qilinishim bilan yakuniga etadi, meni besh yilga “o'tqazib” qo'yishadi deb o'ylagandi.Ular kelishilgan o'yinlarning siri ochilishi, policiya mening telefonim va noutbukimni tekshirib ko'rganidan so'ng barcha narsa fosh bo'lib ketishini tasavvur ham qilmaganlar.
Meni Rovaniemi shaharchasiga uchib ketishimdan oldin Xelsinki aeroportida to'xtatishganidayoq ko'nglim qandaydir noxushlikni sezgandi. Ha, bu hech qanday tasodifiy tekshiruv emasdi. Ular meni kuzatishayotgandi. So'ngra meni o'tkazib yuborishdi. CHunki meni o'sha payt uchib ketadi deb o'ylashgan. CHunki, uchar paytim yana aeroportga borganimda policiya meni qo'lga oldi, bo'limga olib borib pasportimni tekshira boshladi.
- Siz qalbaki pasport bilan sayohat qilib yuribsiz.
U qo'lida suratimni ushlab olgandi. Oficer bir menga, bir qo'lidagi suratga diqqat bilan tikildi.
- Bu boshqa bola...
Eski surat.
U mening peshonamdagi chandiqlarni qidira boshladi. Kichik chandiqlar sochim tufayli sezilmas, ko'zga uncha ham ko'rinmas edi.
- Yo'q, yo'q, yo'q, - deya boshini qimirlatdi policiyachi, - Bu boshqa odam.
Rovaniemidagi policiya talab qilgani uchun meni Xelsinki aeroportidagi bo'limda ushlab o'tirishdi. Bir kun avval ular Rovaniemidagi bo'limda kelib chiqishi hind bo'lgan kimnidir ushlashgandi.
- Ey, sen Uilson Raj Perumalmisan?
- Men Perumalman, - deya ikki qo'lini ko'targancha javob berdi u kishi, - lekin men Uilson Raj emasman.
Kimdir fin policiyasiga meni tasvirlab bergan: singapurlik, kelib chiqishi hind, haqiqiy ismim va suratimni ham aytgan. Policiya shahardagi barcha mehmonxonalarni bu haqda ogohlantirgandi.
- Agar u sizlarning mehmonxonaga borib ro'yxatdan o'tsa sekin bizga qo'ng'iroq qilib qo'ying.
Kimdir meni dog'da qoldirish maqsadida eski rasmimni asrab qo'ygan ekan. Lekin bu kim bo'lishi mumkin? Ushbu voqeadan bir-ikki kun oldin men internetda Benni laqabli Makaodagi singapurlik bilan bahslashgandim.
Balki Bennidir, u etarli darajada nufuzli shaxs.
Biz men unga berishim zarur bo'lgan 1,1 million singapur dollari haqida gaplashgan edik. Men APL o'yinlaridan biriga qo'ygan stavkamda yutqazib qo'ygan va Benniga 800 ming atrofidagi pulni qaytargandim.
- Men 300 mingni ham qaytaraman, menga vaqt bergin.
- Yo'q, buning uchun meni o'ldirishadi.
- 800 mingni to'ladim-ku, 300 mingni qaytarmaydi deb o'ylayapsanmi? Menga ikki oy muhlat ber.
- Men seni qanday pasport ishlatishingni bilaman sen Raja Morgan CHella nomidan ish ko'rasan.
- Bor yo'qol! Qo'lingdan kelganini qil.
Haaa... Bu lanati sotibdi-da. Lekin bu bilan nimaga erishmoqchi? Agar meni hibsga olishsa pulni qaytarmayman-ku.
(Davomi bor...)
Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Fikrlar