So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  80 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IX bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IX bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining to'qqizinchi bobini taqdim etamiz.
Perumalning o'zi etirof qilganidek, o'rtoqlik maqomidagi bellashuvlar kelishilgan o'yinlarni tashkil etish bilan shug'ullanuvchilar uchun ayni muddaodir. CHunki bunday kezlarda FIFA o'sha o'yinlarga o'z nazoratchilarini yubormaydi, balki amaldorlar uchun shunchaki natijalardan voqif bo'lish muhimroq. Bu esa o'z navbatida kelishilgan o'yinlarning qirollariga qo'l kelib, ular kissalarini yanada ko'proq pullar bilan to'ldirib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Baxtga qarshi Raj Perumal va unga o'xshaganlar faqat o'rtoqlik ruhidagi uchrashuvlar bilan cheklanib qolmaydilar.

FIFA faqat rasmiy maqomdagi uchrashuvlarga o'z vakillarini yuboradi. Ular hakamlarning ishiga baho beradilar va uchrashuv bayonnomasini tuzadilar. Mabodo o'yinni o'tkazish uchun tashqi tasir imkon bermasa shunday vakillar hammasini bekor qilib, uchrashuvni boshqa muddatga ko'chirishlari mumkin. Bahrayn FAda o'tirgan chog'imda nazoratchi singapurlik hakamning ishiga baho bergandi. U bir kun oldin bo'lib o'tgan uchrashuvning videoyozuvini u yoq bu yoqqa aylantirardi. Baxtimizga o'rtoqlik o'yinlarida nazoratchilar kamdan-kam holda shunday ishlaydilar. Bunday kezlarda bukmekerlar o'rtoqlik maqomidagi barcha bellashuvlar uchun pullarni o'zgacha xursandchilik bilan qabul qiladilar va tikishning turli usullarini taklif qila boshlaydilar. Ular foyda olish uchun imkon qadar ko'proq variantlarni ishlab chiqib, o'yinchilarni jalb etishga kirishib ketadilar. Ular butun jahon bo'ylab o'tkaziladigan o'rtoqlik bahslarini qamrab oladilar. FIFA xalqaro uchrashuvlar uchun alohida kun belgilab qo'ygani bois klublar bunday paytda maydonga tusha olmaydilar. Futbolchilar uchun til topishning yagona usuli o'rtoqlik o'yinlarida qatnashish bo'lib qoladi. Ularga bunday pallada kimlarga qarshi o'ynashning qizig'i yo'q.
SHunday chog'larda qanday yo'l tutaman? Dastlab futbol associaciyasining vakiliga qo'ng'iroq qilib shunday deyman:
- O'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashishingiz uchun raqib kerakmi? Agar ruxsat bersangiz, shu ish bilan o'zim shug'ullanaman. Raqib jamoani olib kelish uchun chiptalar va ularning mehmonxona xarajatlarini ko'taraman.
Odatda uyda o'ynaydigan terma jamoa bunday taklifga jon deb rozi bo'ladi. CHunki uchinchi tomon barcha sarf-xarajatlarni o'z zimmasiga olib, ularni bir qator muammolardan xalos qilib turibdi. Aytaylik, Dubayga Germaniya yoki Braziliyani taklif etishga to'g'ri kelsa, buning uchun kamida 2 million dollar kerak bo'ladi. SHu bois futbol associaciyalari menga o'xshagan kishilarning xizmatlarini jon deb qabul qiladilar. Biror-bir futbol associaciyasi bilan kelishib oladigan bo'lsam, buning uchun o'yinchilar va rasmiy shaxslarga 30ta aviachipta sotib olishim kerak. Afrikaliklar juda sekin ishlaydilar. Qolaversa, ular delegaciya tarkibini tez-tez o'zgartirib turadilar. Bir terma jamoani Afrikadan Osiyoga olib kelish o'rtacha 50-70 ming dollarga tushadi. Futbolchilarni mehmonxonaga joylashtirish uchun salkam 15 ming dollar kerak bo'ladi. Ko'pincha ularning eb-ichishiga ham to'lashingizga to'g'ri keladi. Tarkibdagi bir qancha o'yinchilarni sotib olishingiz uchun bonus to'laysiz. Qisqasi, sarf-xarajatlar 80 ming dollargacha etishi mumkin. Bu ham etmaganidek, ko'pincha futbolchilar telefon orqali qilgan suhbatlari yoki arzimas sarf-xajaratlari uchun ham qo'shimcha pul talab qiladilar. SHu tariqa xarajatning keti ko'rinmaydi. Masalan, olib kelgan terma jamoangiz to pulni qo'lga kiritmaguncha maydonga chiqishni ham istamay qoladi.

KELISHILGAN O'YIN BILAN BOG'LIQ IKIR-CHIKIRLAR

Zambiyaliklarga o'xshash yigitlar uchun mening pullarim turmush tarzini sezilarli darajada yaxshilab olish imkoniyatini beradi. Ularning prezidenti Robert Mugabe iqtisodiyotni mahalliylashtirib, oq tanli investorlarni quvib  solgandi. Endi bu mamlakatdagi ahvol yanada og'irlashgan. SHu bois pullarni ko'rsatgan zahotim zimbabvelik o'yinchilar har qanday talabimga so'zsiz bo'ysunardilar. Uchrashuv o'tkaziladigan kuni bukmekerlar ham garov pullarini qabul qilishni boshlashlarini yolvorib so'rashga tushasan. Aks holda barcha urinishlaring zoe ketadi. Umuman o'yinga tayyorgarlik ko'rishning o'zi haqiqiy bosh og'rig'idir. Ammo hammasi sen kutgan darajada kechsa, foyda sarf-xarajatingni butunlay qoplaydi. O'rtoqlik maqomidagi o'yinni tashkil etish 200 ming dollar turadi. Agar omading chopsa, teng barobar foyda olishing mumkin. O'yinlar uyi yoki tanish agent bilan ishlar ekansan, foydang bir necha barobarga o'sadi. CHunki ularning yordamida kattaroq summadagi pulni tikishing mumkin.
2009 yilning martida Bahrayn va Zimbabve terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinini tashkil etgandim. Avvaliga zimbabveliklarning o'z vaqtida etib kelishlari uchun uzoq vaqt qog'ozbozlik bilan shug'ullandim. Ularning hammasi uchun chiptalar sotib olishimga pul etmay qoldi. O'rtamizdagi ziddiyatga qaramasdan Danni bu ishga jalb etish niyatida unga qo'ng'iroq qildim:
- Dan, menga pul juda zarur bo'lib qoldi.
- Hozir pulim yo'q.
Suriya chempionatidagi o'yinlar sabab u hamon mendan achchiqlanib yurardi. Nima ham qila olardim. Bir qancha restoranlarga egalik qilayotgan va kelib chiqishi xitoylik - singapurliklarga taqaladigan CHa Bi Xon ismli ishbilarmonga murojaat qildim. U menga kerakli bo'lgan summani bera olmasligini, lekin bu ishda yordami tegishi mumkin bo'lgan odamlar bilan tanishtira olishini aytdi. Dan har bir qadamimni diqqat bilan kuzatar va kunda qo'ng'iroq qilardi. Vaqt juda tig'iz edi va men Yap bilan Tanaga qo'ng'iroq qilishga tushdim. Ular kelishilgan o'yinlar o'tkaziladigan Joxorda yig'ildilar. Biz uchrashdik, ular yordam berishga vada berdilar. Biroq kutilmaganda yo'qolib qoldilar.
So'nggi pallada Admir menga qo'ng'iroq qildi:
- Uchib borishing va joylashishing uchun pul beraman. Qolganini o'zing hal qilasan.
- O'yin uchun stavkalar qabul qilinishiga yuz foizga ishonmayapman.
- Nima ham qila olardik, buyog'i tavakkal.
- Stavkalar bo'lmasa, mehmonxona uchun to'lamasak ham bo'laveradi.
- Yo'q, hammasi uchun to'laymiz. Bizga muammolar kerak emas.
CHiptalarga buyurtma berib bo'lganimdan so'ng Zimbabve FAda ishlaydigan Rozmari hayajonlangancha qo'ng'iroq qildi:
- Uilson, Yap Jambojumbo bilan bog'landi. U terma jamoaning Bahraynga uchib borishini man etib qo'ydi. Bizga zudlik bilan boshqa futbolchilar kerak.
- Boshqa familiyalar uchun 20ta chiptani qanday qilib bron qilishim mumkin?
Rozmari FAda yuqori lavozimda ishlasa-da, FIFA tasdiqlagan rasmiy sanalardan boshqa kunda o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlari uchun Jambojumboning roziligini olishi kerak edi. Jambojumbo esa klublarga ularning futbolchilari kelishilgan o'yinda ishtirok etish uchun yo'l olayotganlarini etkazishi mumkin edi. Lekin u meni nazar-pisand qilmay qo'ydi. CHunki Jambojumbo pullar Yapdan kelayotgani, men esa unga bo'ysuna boshlaganimni tushunib etgandi. Rozmari xonim tashkilotning miyasi kim ekanligini bilardi. Aslida Jambo boshqalar bilan bo'lishishni istamay qolgandi. Mana sizga afrikaliklarga xos mentalitetning yana bir ko'rinishi: o'zingga ham emas, boshqalarga ham emas.
Men yakson qilingandim. SHuncha qilgan mehnatimni Yap birgina qo'ng'iroq bilan barbod qildi. O'sha yaramas bilan gaplashishimga hojat yo'q edi. Yapni jon deb o'ldirgan bo'lardim. Tanaga qo'ng'iroq qildim:
- Ablahlar, Uilsonni ahmoq qildim, deb o'ylayapsizlarmi? Oldingizga borib, sizlarni ezib tashlashim mumkin.
- O'zingni bos, og'ayni. Yapning Zimbabvega qo'ng'iroq qilganidan bexabarman.
Fikrimni bir joyga jamlab, muammolardan qutilib ketish chorasini izlashga tushdim va yana Rozmarining raqamlarini terdim:
- Jambojumboga borib terma jamoani qo'yib yuboradigan bo'lsa, unga 10 ming dollar berishimni ayt.

ZAXIRA O'RINDIG'IDAN BERILGAN KO'RSATMALAR

Uning rozi bo'lishiga ishonmasdim. Bahraynda Admirning ko'rsatmalariga binoan meni nazorat qilish topshirilgan Dino bilan uchrashdim.  Kerakli summadagi pullarni yig'ish bilan ovora ekanman, Singapurning teng yarmi kelishilgan o'yinni rejalashtirganim haqida gapirishga tushgandi. Odamlar Zimbabve Uilsonning cho'ntagida derdilar. Baxtimga Bahrayndagi o'yinni qoldirdilar. SHunda singapurlik o'yinchilarning kompyuterlari ekranida onlayn ko'rinmay qoldi. Ular stavkalar qabul qilinmayapti shekilli, degan o'yga bordilar. Uchrashuv belgilangan muddatdan bir soat kech boshlandi.
Men zaxira o'rindig'ida Zimbabve terma jamoasining bosh murabbiyi bilan yonma-yon o'tirardim. Bah-  raynda hech kim bunga etibor bermaydi. Dino tribunadan joy olgandi, Admir esa o'yinni Singapurdan kuzatardi. Start hushtagi chalinganidan uch daqiqa o'tganidan so'ng stavkalar qabul qilina boshlanganini elon qildilar. Hammamiz asabiylashardik. Rozmari shundoqqina yonimizda o'tirardi. Butun jamoa nima qilish kerakligini bilardi. Yaxshi pulga ega bo'lishim mumkinligidan ich-ichimdan quvonardim. Tanaffus chog'ida Admir qo'ng'iroq qildi, bu paytga kelib Bahrayn 2:0 hisobida oldinda borardi:
- Ikkinchi bo'limda bizga to'rtta gol kerak.
- Juda soz.
Zimbabveliklar beshinchi golni kiritishganda Admir  etadi, deya qo'ng'iroq qildi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida Zimbabve terma jamoasi hisobni 5:2 ko'rinishiga keltirdi. Dinoni mening zaxira o'rindig'ida o'tirgan holda ko'rsatmalar berganim juda quvontirib yubordi. Biz bir uyum pulga ishladik. Ertasi kuni biz -Dino, men va Rozmari nonushtada uchrashdik. Dino Rozmari bilan JCH-2010 chiptalarini olib-sotish borasidagi masalani muhokama qilardi. Zarur ish bilan ulardan uzoqlashib ortimga qaytgan paytimda Dino salfetkaga elektron pochtasining manzilini yozib, Rozmariga berayotgandi. Dinoning ketishini kutib turdim va o'sha salfetkani g'ijimlab chetga uloqtirdim.
- Mana shunaqa ishlarni yoqtirmayman-da,-dedim Rozmariga. - O'zimga bildirmasdan ortimdan bunday o'yin qilma. Agar men ham senga nisbatan shunday yo'l tutsam, qay ahvolga tusharding?   
Bundan xafa bo'lganim yo'q. Qolaversa, Rozmarining sadoqatiga shubha qilmasdim. Lekin o'yinimizning qoidasi shunaqa. Ertasi kuni Dubay aeroportiga yutuqni keltirishdi. Dino bilan birga ishlashning afzalligi shundaki, pullar borasida muammo bo'lmaydi.  Rozmariga vada qilingan 100 ming dollarni berdim va u telefon orqali Admirga pullarni olganini malum qildi. Menga 50 ming Singapur dollari berdilar. Bu sindikatdan olgan eng katta ulushim edi. CHunki bu ish bilan Admir shug'ullangandi.

KANGNING TAKLIFI

Ishimning baroridan kelgani haqidagi xabar Xitoyga ham etib bordi. Kang shaxsan uchrashish taklifi bilan chiqdi.
- Navbatdagi rejang nimadan iborat? - deya savol berdi Kang.
- JCH-2010 saralash bosqichida Trinidad va Tobago aprelda AQSHga qarshi o'ynaydi. SHu o'yinni ko'zlab turibman, - deya javob berdim.
- Kel, birga ishlaymiz. Senga qancha  pul kerak bo'ladi?
- Salkam 180 ming dollar. 30 ming dollar xarajatlarimga ketadi, qolgani esa futbolchilarga. Ularga 40 mingdan beramiz, agar penalti kerak bo'lsa yana pul tashlashimizga to'g'ri keladi.
- Kelishdik, ammo menga 3:0 yoki undan yirikroq hisob kerak bo'ladi.
- Hech qanday muammmosiz.
- Nega Xitoyga kimnidir yuborib, qanday ishlayotganimiz bilan qiziqmaysan?
SHunda qamalgunimga qadar o'zim tez-tez borib turgan tungi klubga egalik qiladigan Prasad ismli do'stimni esladim. Prasad xitoychani juda yaxshi bilardi. U ikki kunga Kangning  shtab-kvartirasi joylashgan Ksimen shahriga borib kelishga rozi bo'ldi.  Uning shtab-kvartirasi tashlandiq ahvoldagi sanoat binolari orasida joylashgan ekan. Prasad menga u erda o'n kishi kompyuterlar qarshisida o'tirib, ko'rsatmalarni kutishini va Kangning biznesi qonuniy ekanligini gapirib berdi. SHtatlarga safar uyushtirishdan oldin Panamaga to'xtab o'tishga qaror qildim. U erda mahalliy terma jamoa Gaiti bilan uchrashardi. Bu orada Kuba terma jamoasining AQSHda o'tkaziladigan KONKAKAF Kubogi -2009da futbolchilar  qochib ketishlari mumkinligidan cho'chib ishtirok etishdan bosh  tortgani haqida malumot paydo bo'ldi. Afsuski, Yamaykadagi turnir oldidan kubaliklar uchun pul to'lagandim. Baxtimga Kubaning o'rniga  bungacha o'zim o'rtadagi munosabatni yo'lga qo'-yishga ulgurgan Gaitini oldilar. 

Francuzchani bilmasdim. SHu bois gaitiliklar bilan muzokara olib borish uchun tanishimni o'zimga hamroh qilib olgandim. Panamaning alo darajadagi joy ekanligini bilmagandim. Oldin bu er giyohvand moddalarning sotuvchilari tomonidan pullarni yuvish uchun qulay hisoblanganidan xabarim borligi uchun bundan sira ajablanmadim. Birinchi navbatda biz Panama va Gaiti FA prezidentlari bilan uchrashdik. Dastlabki uchrashuvdayoq muddaoga o'tmadik. Qolaversa, ularning meni eslab qolishlarini istamadim. O'zim aloqaga chiqqan birinchi odam darvozabon Dominik Jan-Zefirin bo'ldi. U boshqa futbolchilarni ham mehmonxonaga yig'di. Ularga oddiy savollar bilan murojaat qildik. Janning yonida britaniyalik taniqli qo'shiqchi Aleksandra Bark bor edi.
- Osiyoda o'ynashni istarmiding? - deya so'radim undan. - Bu erda sizlarga qancha haq to'laydilar?
Terma jamoa saviyasidagi o'yinchilar oyiga 2-3 ming dollar maosh oladilar. SHu sabab ularga bir o'yindagi ishtiroklari uchun 15 ming dollardan vada qilsak, futbolchilar hayratga tushadilar.
- Sizlarga g'alaba kerakmi? - deya asl maqsadga o'ta boshladim. - Buning nima keragi bor? Agar aytganimizni bajaradigan bo'lsangiz, uyingizga kissangiz pullarga to'la holda qaytishingiz mumkin.
Suhbatning bunday bosqichida futbolchilar ancha ehtiyotkor bo'lib qoladilar. Ular hammasini obdon o'ylashga tushishadi. Oxir-oqibat shartingizga ko'nadilar. Panamaga uyushtirgan qisqa safarimiz chog'ida gaitiliklar bilan shunday holat yuz bergandi. Afsuski, Panamada o'tadigan  bahslar bukmekerlar etiboridan chetda qolib ketadi. Salvadorda ham shunday holat yuzaga kelgan. Biz hech qanday pulga ishlamadik, ammo KONKAKAF Oltin Kubogi boshlanishidan uch oy oldin kerakli shaxslar bilan aloqa o'rnatdik.

SHTATLARDAGI SARGUZASHTLAR

Ertasi kuni biz tarjimon bilan Tennesi shtatida joylashgan Neshvill shahriga uchdik. U erda AQSH va Trinidad o'rtasida saralash bahsi o'tkazilishi kerak edi. Uchrashuvdan oldin Trinidad va Tobago terma jamoasidagi tanish yigitlarga ularning uch to'p farqi bilan engilishlari o'zimizni qoniqtirishini aytdim. Ularning ikkisi bunga rozi bo'lmadi, bir o'yinchi esa gapimga jiddiy yondashdi. Uch nafar himoyachini sotib oldim. Darvozabon halol o'ynadi. Lekin baribir tavakal qildim. CHunki AQSHning har qanday holatda kamida ikki to'p farqi bilan yutishiga ishonardim. Men tanlagan yigitlardan uchinchi golni taminlab berish talab qilinardi xolos. Kang hatto qaysi chiziqlarda o'ynaydigan futbolchilarni sotib olganim bilan qiziqib ko'rmadi.
Jozi Altidor dublni rasmiylashtirdi. 90-daqiqada u jarima maydoni bo'sag'asida u qadar kuchli zarba yo'llamagan bo'lsa-da, buni kutmagan darvozabon to'pni o'tkazib yubordi. Uni sotib olmagandim. Lekin chetdan kuzatgan odamga shunday tuyulishi tayin edi. Stavkamiz ish berdi. Kang bundan juda mamnun bo'ldi. AQSHga maksimum darajada 100 ming dollarni o'zingiz bilan olib kirishingiz mumkin. Trinidadliklarga 30 ming to'lashim kerak edi. Ammo ularga pullarni tez orada olib kelishimni vada qildim. Singapurga  qaytgan chog'imda menga  Kangning mahalliy dollar qiymatida yuborgan 100 ming dollarni topshirdilar. Dan erishgan natijamizga hasad qila boshladi. U o'zidan pastroq tursangiz, yaxshi yigit. Biroq o'zib ketgan taqdiringizda Dan har qanday razillikka tayyor turadi. Bolalikdagi do'stimni 30 ming dollar bilan Trinidadga yubordim. Ammo Buyuk Britaniyaga to'xtalib o'tish chog'ida u yo'qolib qoldi. Aftidan bu kreditorlarning ishi bo'lsa kerak.

SURIYANI ZABT ETISH ISTAGI

SHundan keyin o'z omadimni yana Suriya chempionatida sinab ko'rishni rejalashtirdim. Kang barcha xarajatlarni ko'tarishga rozi bo'ldi.
- Dan o'sha chempionatdagi o'yinlarga pul tikib uch marta yutqazib qo'ygandi,  - dedi Kang. - Bu safar hammasi boshqacha bo'lishiga ishonasanmi?
- Danning yutqazishiga o'zi aybdor, - dedim unga javoban. - CHunki qo'limda futbolchilarga ko'rsatadigan pulning o'zi yo'q edi.
- Senga qancha pul kerak bo'ladi?
- 100 ming dollar.
- Yaxshi, men senga aytgan pulingni beraman.
Oldindan tasavvur qilganimdek, naqd pullarni ko'rgan futbolchilar meni iliq qarshi oldilar. Menga shu erlik Samir ismli yigit yordam berdi. Uning Al Vahda va Al Navair klublari bilan yaxshi aloqasi bor bo'lib, Samir besh yoki olti nafar futbolchini sotib olgandi. Yaman yoki Ozarbayjon chempionatlari uchun stavkalarni qabul qiladigan bukmekerlik idoralariga qoyil qolish kerak. SHunday kuchsiz ligalar qatoriga Suriya chempionatini ham qo'shsa bo'ladi. Samir bilan o'ziga xos tizimni ishlab chiqdik: birinchi bo'limda bir gol, ikkinchisida esa ikkita gol. Total uchun 2,5dan ortiq taklif qilmagandik. Navbatdagi gol kiritilishi kerak bo'lgan pallada Samir tribunada o'tirgan joyida hushtak chalishi kerak edi. Darvozabon biz o'tirgan joyga qaradi va hammasini tushundim, degancha bosh irg'ab qo'ydi. Pullarni stol ustiga yozganingizdan keyin futbolchilar bilan ishlashingiz juda osonlashib ketadi. Bir o'yin, ikki o'yin, uchinchisi... Suriya premer-ligasida juda omadimiz chopdi. Singapurda meni Suriya qiroli deya atashga tushdilar. CHunki bir hafta ichida chempionatdagi o'yinlar orqali 200 yoki 300 ming Singapur dollariga ishlardim. Limitlar past bo'lgani uchun o'z yonimdan tikmasdim. O'yinlar uchun katta pullarni tikishga to'g'ri kelsa, Kangga murojaat qilardim. Endi faqat o'zim uchun ishlardim. Hech qanday bosslarning keragi yo'q. Bundan Danning achchig'i chiqardi. Ko'p o'tmay u menga qo'ng'iroq ham qilmay qo'ydi.
Kang bilan hamkorlik qilib Suriya, Bahrayn va Misrda o'rtoqlik o'yinlari hamda kichik turnirlarni tashkil etdim. Francuzcha gapiradigan afrikaliklar yordamida Bahrayn bilan Iordaniyada terma jamoalar ishtirokida o'rtoqlik o'yinlarini uyushtirdim.   

(Davomi bor)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика