So’nggi yangiliklar

10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  1 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  1 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  6 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1

"Keldim, ko'rdim, g'alaba qozondim" shioriga mos ish olib borgan murabbiyning shartnomasi tugadi Yangiliklar

"Keldim, ko'rdim, g'alaba qozondim" shioriga mos ish olib borgan murabbiyning shartnomasi tugadi

Eron milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund bahslarini yuqori notada yakunladi.

Markazlashgan tartibdagi musobaqadan oldin eronliklar juda qiyin vaziyatda qolishgandi. CHunki guruhda Iroq termasi 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan, Bahrayn 9 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallab turgan hamda Eron 6 ochko bilan uchinchi o'rinda edi. 

Bahrayn poytaxti Manamada tashkil etilgan o'yinlarda Eron terma jamoasi boshdan baland sakrab, qolgan to'rtta o'yinning hammasida g'alaba qozondi. Forslar dastlab Gonkongni 3:1, undan keyin Bahraynni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Oxirgi ikkita uchrashuvda ham g'alaba qo'lga kiritildi. 

Eron terma jamoasi Kambodjani 10:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, hal qiluvchi final o'yinida Iroqni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHunday qilib oxirgi 4 o'yinda 4ta g'alaba qo'lga kiritildi. Natijada forslar guruhdan birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi. Mana jahon chempionatiga borishni xohlaydigan jamoa qanday bo'lishi kerak!

Endi bo'lsa Eron bosh murabbiyi Dragan Skochich bilan bog'liq muammoli vaziyat yuzaga kelgan. Sababi ushbu murabbiyning shartnomasi tugadi. 52 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2020 yilning fevral oyida Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Qizig'i shundaki, uning qo'l ostida Team Melli futbolchilari oxirgi 7ta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashdi.

Aytib o'tganimizdek, oxirgi 4ta rasmiy bahsda g'alaba qo'lga kiritilgan bo'lsa, ungacha o'tkazilgan uchta o'rtoqlik uchrashuvida ham g'alabalar qayd etildi. Bu o'yinlar O'zbekiston, Suriya va Bosniyaga qarshi kechdi. Eron terma jamoasi tarixida ketma-ket 7ta o'yinda g'alaba qozonishni bungacha oxirgi marta 1974 yil Frank O'Farrel qayd etgan. 

Eron futbol federaciyasi Dragan Skochich bilan shartnoma uzaytiradimi? Federaciya rahbari Azizi Xademning aytishicha, shu kunlarda bu masala ko'rib chiqilayotgan ekan. Jurnalistlar esa terma jamoa ruliga Karlush Keyrush yoki Branko Ivankovich qaytishi mumkinligi haqida yozishmoqda. CHunki hal qiluvchi oxirgi raundda o'yinlar yanada qiyin kechadi. 

SHunday ekan, buyog'iga nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Eslatib o'tamiz, Osiyoda JCH-2022 saralash bahslari 2 sentyabrdan davom ettiriladi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика