So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Kelasi yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan musobaqaga saralash boshlandi Yangiliklar

Kelasi yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan musobaqaga saralash boshlandi

2020 yilning 14-31 oktyabr kunlari O'zbekiston katta musobaqaga mezbonlik qiladi.

Tarixda birinchi marta mamlakatimizda 19 yoshgacha futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Esingizda bo'lsa, sentyabr oyida OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa rasmiy tashrif bilan yurtimizda mehmon bo'lib, tashrif davomida muhtaram yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev bilan ham uchrashgan edi. Albatta, bu kabi uchrashuvlar o'z-o'zidan bo'lmaydi. SHu bois uchrashuvdan so'ng OFK rahbari O'zbekiston uchun qandaydir imtiyoz bermasa bo'lmasdi. Oradan ko'p o'tmay bizga bog'liq ajoyib xabar chiqdi: 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionati O'zbekistonda bo'ladi. 

Buni bemalol yaxshi yangilik deyish mumkin, zero keyingi yil yurtimizga 15ta jamoa keladi va biz birinchi marta yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilamiz. SHu paytgacha ikki bor o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Toshkentda o'tgandi, mana endi yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligini OFK ishonch bilan O'zbekistonga topshirdi. O'zbekiston rasman mezbon deb elon qilingach, biz saralash bahslaridan ozod bo'ldik. Yani, o'yinlarni o'tkazganimiz bilan rasmiy maqomga ega bo'lmaydi. 


Hozircha faqat Tojikiston masalani ijobiy hal etgan 

Demak, kelasi yil O'zbekistonda bo'ladigan Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi va musobaqa yakunida kuchli to'rtlikka kirgan jamoalar 2021 yil Indoneziyada o'tadigan U-20 jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

Saralash o'yinlarida qatnashishga OFKga azo 47 mamlakatdan 46tasi o'z roziligini bildirdi, faqat Filippin qatnashmaslikni lozim topdi. OFK o'z odatiga mos ravishda saralashni ikki mintaqaga bo'lib o'tkazishni maqul ko'rgan: SHarqiy va G'arbiy mintaqa. SHarqda 21, G'arbda 25ta jamoa kurashadi. 

Saralash bosqichi jamoalarni 11taga guruhga bo'lgan holda o'tkazish belgilab qo'yildi: 

"A" guruhi - Iroq (mezbon), Ummon, Falastin, Quvayt, Pokiston. 

"B" guruhi - Qatar (mezbon), Yaman, Turkmaniston, SHri Lanka. 

"C" guruhi - Tojikiston (mezbon), Livan, Suriya, Maldiv.  (Bu guruhda barcha uchrashuvlar o'z yakuniga etgan) 

"D" guruhi - Eron (mezbon), BAA, Qirg'iziston, Nepal. 

"E" guruhi - Bahrayn (mezbon), Iordaniya, Bangladesh, Butan. 

"F" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), O'zbekiston, Hindiston, Afg'oniston. 

"G" guruhi - Kambodja (mezbon), Tailand, Malayziya, Bruney, SHimoliy Mariana orollari. 

"H" guruhi - Xitoy Taypeyi (mezbon), Avstraliya, Makau, Laos. 

"I" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur. 

"J" guruhi - Vetnam (mezbon), Yaponiya, Mo'g'uliston, Guam. 

"K" guruhi - Indoneziya (mezbon), KXDR, Gonkong, Timor Leste. 

Har bir guruhdagi bahslar mezbon sifatida ko'rsatilgan mamlakatlarda bo'lib o'tadi. Tojikistonda allaqachon saralash musobaqasi o'z yakuniga etib, Tojikiston U-19 terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallagan holda Toshkentga yo'llanmani eng birinchi naqd qilgan. SHunday ekan, buyog'iga etiborimiz boshqa guruhlarga qaratiladi.

 

Boshqa guruhlarda o'yinlar boshlandimi? 

Hozircha faqat "G" guruhida 2 noyabrdan o'yinlar boshlandi. Iroqda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "A" guruhi uchrashuvlari bazi sabablarga ko'ra nomalum muddatga qoldirildi. Qolgan guruhlarda o'yinlar ertaga boshlanadi. 

SHu o'rinda saralash bosqichi formatini yodga olib o'tsak. 11ta guruh g'olibi hamda 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari keyingi yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Saralashda konkursdan tashqari o'ynaydigan O'zbekiston o'z guruhida birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda ikkinchi o'rindagilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega beshinchi jamoaga qo'shimcha imtiyoz beriladi. 

Aytib o'tganimizdek, O'zbekiston mezbon bo'lgani uchun Saudiya Arabistonida kechadigan saralash katta ahamiyatga ega emas. SHunga qaramay Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlaridan bo'shashmaslikni va ijobiy natija bilan qaytishlarini kutib qolamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика