So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Kelajakka poydevor qo'yish - o'tmishdagi ayrimlarni jazolashdan boshlansa-chi? Yangiliklar

Kelajakka poydevor qo'yish - o'tmishdagi ayrimlarni jazolashdan boshlansa-chi?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Jazo muqarrar bo'lgandagina odamlar noqonuniy ishlardan tiyiladi. Jinoyatdan qochish uchun kichik bir darcha qoldirilsa ham, odamlar o'ziga o'sha teshikdan panoh topmoqchi bo'ladi.

Saudiya Arabistonida juma namoziga chiqishni istagan sotuvchi do'koniga qulf osishi shart emas. CHunki mollariga hech kim tegmaydi. Tekkanlarning qo'llari chopiladi. O'g'ri ham, kazzob ham jazo shavqatsiz ekani haqida biladi.

“Sokker klub” asosan 4 ta mavzuni ilgari surgandi:

Kelishilgan o'yinlar;
Futbolchilar yoshini kichiklashtirish;
Axborot shaffofligini taminlashga erishish;
Futbol ortidan noqonuniy pul ishlash masalasi.

Ko'rsatuvning taqdiri keyin qanday bo'lgani hammaga malum. Hozirdanoq kelajakda qanday o'zgarishlar bo'lishi haqida aytolmayman. Biroq biz istagan mavzular yuzasidan harakat boshlanganini his qilayotgandekman. Ko'ramiz, O'FF bu ishni oxirigacha olib boradimi yoki yo'q. Tashkilotning hamma qarorlariga qo'shilmayman, biroq yaxshilari bor ekanini tan olaman. Birinchisi, yoshini kichiklashtirayotgan futbolchilarga qarshi kurashish masalasi.

“Sokker klub”da kamida 4 ta futbolchining nomlari sanab berilgandi. De yure ularni bemalol aniqlash mumkin. De fakto yana o'nlab shunday futbolchilar haqida bilamiz. Tegishli organlar masalaga aralashsa, barchasining tagiga etishiga shubha yo'q. Hozir bilishimcha, bu masala yuzasidan Adliya vazirligi tekshirish ishlarini boshlangan. Ko'rinishidan, tomoshaning kattasiga tayyor turishimiz kerak.


O'tgan ish o'tdi bo'lsa, biz oldinga qadam bosa olmaymiz. Qing'ir ishning qiyig'i 40 yilda chiqqani kabi, biz hatto o'sha Meksika qahramonlari bo'lgan yigitlar orasidan ham kimdir noqonuniy ishga qo'l urgan bo'lsa, ularni jazolashimiz shart. Toki shu ishni rejalashtirib yurganlar in-iniga kirib ketsin. Buning boshqa muqobil variantini ko'rayotganim yo'q.

O'FF prezidenti shu vaqtgacha qo'lga kiritilgan yutuqlar yoshi katta futbolchilarning mehnati ekani haqida fikr bildirdi. SHuning o'zi hozircha katta gap. Fikrlar faqatgina qog'ozda qolib ketmay, amalda ham amalga oshishishi Fair Play qoidalariga amal qiluvchi minglab muxlislarni quvontirishi tabiiy.

SHuning uchun ham bolalar, o'smirlar va yoshlar futbolidagi natijalar kerak emas deb jar soldik. Mutlaqo kerak emas. Yaxshisi, yoshi “o'qlanmagan” hamda kelajagi bor yigitlar juda zarur. Men o'sha-o'sha poziciyamda qolaman. Toki biz toza futbol o'ynamas ekanmiz, haydovchilik guvohnomasi yo'q futbolchilarga Spark berib, ularni yo'qotaveramiz. SHu vaqtgacha jinoyatining isi chiqmay yurgan futbolchilar, sizlarga alangali salom. Kelajakka poydevor qo'yilishi uchun ham endi sizlar javob berishingiz kerak bo'ladi.

Muallif :
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика