"Kelajak Yulduzlari"-2016. 1-tur prevyusi
07 noy 2016 17:24
Yangiliklar
"Kelajak Yulduzlari"-2016. 1-tur prevyusi
Ertaga festivalning Toshkentdagi Respublika bosqichi boshlanadi. Musobaqaning ilk turida Leonid Koshelev boshchiligidagi paxtakorchilar, "Mega Sport Football” klubini qabul qiladilar. Ikiknchi turda, SHuhrat Raxmonqulov boshchilik qilayotgan BO'SM-16 jamoasi Odil Ahmedov tomonidan ochilgan, "Odil Junior" jamoasi bilan bahs olib boradilar. Turning eng qiziq o'yini, "BFK Asia" - "Spartak" jamoalari o'rtasida kechadi. Bu o'yinni tomosha qilgan kishi afsuslanmaydi, andijonlik Inestaning harakatlari ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi aniq.
2006 (U-10)
1-tur. 8 noyabr.
9:00. "Paxtakor" - "Mega Sport Football”
10:00. "Odil Junior" - BO'SM-16
11:00. "BFK Asia" - "Spartak"

2007 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqani ochilish o'yinida, "Lokomotiv" jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Lokomotiv-Boysun" klubi, Dilshod Irsaliev boshchiligidagi BO'SM-1 jamoasiga qarshi zalga chiqadi. Aleksandr Xvostunov va uning jamoasi "Chelano" klubini sinovdan o'tkazsa, Anvar Xafizov shogirdlari "Mega Sport Football” bolalar klubiga qarshi bahs olib boradilar.
2007 (U-9)
1-tur. 8 noyabr.
9:00. "Lokomotiv-Boysun" - BO'SM-1
10:00. "Bunyodkor" - "Chelano"
11:00. "Paxtakor" - "Mega Sport Football”
Uchrashuvlar, "Paxtakor" Markaziy stadioni hududidagi, "Yoshlik" sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Musobaqa homiylari: "Oreo", "ZIZI", "START" quruq nonushtalari, "Copp Cofee" va "Camera.uz" savdo brendlari.
Axborot hamkorlarimiz: "Sport TV", "MY5", "Futbol Eksprees" va "O'zbekiston Futboli" gazetalari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar