So’nggi yangiliklar

12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  4 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  3 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  16 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  17 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  35 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12

Etibordan chetdagi SHodmon Mamatov va "Ayaks"ga aylanayotgan bugungi Kosonsoy haqida Nodirxo'ja bilan! Yangiliklar

Etibordan chetdagi SHodmon Mamatov va "Ayaks"ga aylanayotgan bugungi Kosonsoy haqida Nodirxo'ja bilan!

"Katta Xovli" filmining boshida shunday ajoyib jumla bor: "Kinoda hamma tanigan yuz yillik artistlar emas, haqiqiy qahramonlar o'ynashi kerak. Qilgan ishini ko'rgan odam yurak ushlab qolmasa hisob emas".

Bizning futbol OAVsida ham ko'pincha emas doim bir xil yulduzlar, o'sha tanish futbolchilar ekran yuziga chiqadi. Ularni ham o'rni bor. Lekin aytingchi asl qahramonlar qaerda? Kinoda aytilganidek yurganida o't chaqnaydigan, qilgan ishiga hamma havas qiladigan lekin ko'pchilik tanimagan murabbiy, sobiq futbolchi, rahbar va hokazolar oramizda. "Kelajak Yulduzlari Company" o'z odatiga ko'ra bu safar ularni yuzaga olib chiqish maqsadida Namanganning Kosonsoyi tomon yo'lga chiqdi. 

Kosonsoyga tashrif

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanini bemalol o'zbek Niderlandiyasi deb ayta olamiz. So'nggi 10 yil ichida bu erdan juda ko'plab yosh futbolchilar chiqib keldi. Tarix haqida g'azal o'qimoqchi emasmiz. Anatoliy Kozak, Ildar Sakaev, SHahzod Ubaydullaev, Xurshid Ubaydullaev va hokazo. "Kosonsoy" klubining o'z vaqtida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasidagi, keyinchalik istiqloldan so'ng Oliy Liganing ilk yillaridagi ishtiroklarini muxlislar yaxshi eslashadi. O'z vaqtida "Navbahor" jamoasi ham uy o'yinlarini Kosonsoydagi arenada o'tkazar, o'yin kunlari bamisoli qaynaydigan qozon kabi bo'lganini aytishadi. Baxtiyor Boboev ham ilk rahbarlik va murabbiylik faoliyatini shu erdan boshlagan. Bilmaganlar uchun o'tmish haqida qisqacha to'xtalib o'tdik. Nodirxo'ja Yo'ldoshev boshchiligidagi jamoa esa ishni Kosonsoy tumanidagi sport maktabidan boshladi. U erda hikoyamizning bosh qahramoni SHodmon aka Mamatov qarshi oldi. Bu murabbiyni bolalar futboli, terma jamoa yo'lida qilgan xizmatlari cheksiz. Esimda 2019 yil Italiyadan kuchli mutaxassis tashrif buyurgan, Namangandagi 10 kun davomida faqatgina SHodmon aka kelgan, o'rganishdan qochmagandi. O'shanda saytga kelgan ilk yillarim, Odil Junior, Nodirxo'ja Yo'ldoshevning bu boradagi loyihalariga qiziqishim boshlangan vaqtlar edi. "2015 yil turnir qilishni boshlagan bo'lsam, "Paxtakor", "Bunyodkor" turnirlarga bunday jamoalarni chaqirishmasdi. Men yangi tashkilotchiman. Bozorga kirishim uchun eng oddiy jamoalardan yig'ganman",- deya hikoya qiladi Nodirxo'ja Yo'ldoshevBu yilgi Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan "Navro'z Kubogi"da ham ularning ishtirok etishi kutilgandi. Lekin tobi qochib qolganligi uchun SHodmon aka jamoasi bilan kela olmadi.


 Robinzon Kruzo: "Kema daryo oldiga bormasa, daryo kema oldiga keladi". 


Aka SHodmon va u tarbiyalayotgan futbolchilar 

Kosonsoyda 20 yildan beri bolalar futbolida faoliya olib borayotgan aka SHodmon bugungi kunda 2003, 2006, 2007, 2008 yillar terma jamoalariga bir necha nafar futbolchilarni etkazib berdi. O'tgan yili Osiyo chempioni bo'lgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibida Po'latxo'ja Xoldorxonov, 2023 yil U-17 Jahon chempionatida qatnashgan Behruz Karimov aynan futbolga SHodmon Mamatov murabbiyligida kirib kelgan. Gap sonda emas, bu juda katta natija. Oldinda hali qirrasi ochilmagan 2008 yillar terma jamoamiz turibdi. Bu terma jamoaning sardori Mo'min Bahodirov. 2007 yillar terma jamoasida ikki nafar futbolchilar, Diyor Tojiboev va Zayniddin Yusufxonov ham bor. "Navbahor"da 2005 yilda tavallud topgan posbon Farruh Qurbonov faoliyat boshladi. Yosh Muzaffar Mo'minov ham aynan shu ustoz qo'l ostida "Navbahor" sharafini himoya qiladi. Hozirda u jarohatini davolash bilan band. Umumiy qilib aytganda kichik bir hudud futbolchilar fabrikasiga aylanmoqda. Lekin bitta muammo bor, bu erda futbolchilarni chiqib kelayotgani tizimni to'g'ri ishlashidan emas, mana shu murabbiyni borligidan. Agar u kishi nafaqa chiqadigan bo'lsa, bilmadik, yana bu erdan shunday terma jamoa o'yinchilari chiqadimi. Keyingi yillarda qolgan terma jamoalarda ham ularning shogirdlarini uchratishimizga ishonamiz. Bunday murabbiyning mehnatlari etirofsiz qolib ketmasligi kerak edi. Toshkentdan olingan sovg'alar, to'plar, oyoq kiyimlar, medallar o'z egalariga topshirildi. Aka SHodmonga esa alohida maxsus sovg'a tayyorlandi. Javobi videoda.




Kosonsoyning buguni, stadiondagi holat

Bir paytlar muxlislar bilan gavjum bo'lgan, Superligada katta jamoalarni o'zida qabul qilgan "Kosonsoy" stadioni qarovsiz qolib ketgandi. Viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqovning tashabbusi bilan bugungi kunda to'liq qayta rekonstrukciyadan chiqmoqda. "Stadionga kelgan muxlislar jamoaning natijasidan mamnun bo'lishlari uchun oxirigacha kurashar edik. Kosonsoydagi arena yodimdan chiqmaydi. "Navbahor" o'ynagan vaqtda ishqibozlar stadionni to'ldirib o'tirishardi", - deydi "Navbahor"da o'ynab ketgan moldovalik darvozabon Denis Romanenko1983 yil xashar yo'li bilan bunyod etilgan stadion katta futbolni sog'ingan. 

Biz futbol ichidagi ko'rinmas, lekin katta ishlar qilgan murabbiylarning faoliyatini yoritishda davom etamiz. Keyingi safar qaerga safar qilishimizni istaysiz?





"Aslida SHodmon akadek murabbiylar bizda to'lib yotibdi. Ammo biz birovning tahoratiga namoz o'qiydigan mutaxassislar ichida qolib ketdik. Bolalarni tarbiyalaydigan kimlaru, uning ortidan obro topadigan kimlar. Aslida bu kabi murabbiylar uchun katta katta sovg'alar shart emas, ularga etibor va munosabat bo'lsa bo'lgani. Viloyat sport maktablarida ishlaydigan murabbiylarga qancha yaxshi gapirsang shuncha kam. Mazkur loyiha bilan men eng yuqori rahbarlarga aslida futbol yo'lida mehnat qilayotgan insonlar kimligini ko'rsatib qo'yishni maqsad qildim. Bu loyihada men bilan birga ishtirok etgan Olcha Sayohat kompaniyasiga, Abdusalom va Oybek akalarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. SHaroitga qarab turli viloyat, tuman va qishloqlarni mana shunday holda aylanishni maqsad qilganman", - deydi Nodirxo'ja Yo'ldoshev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика