So’nggi yangiliklar

01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  2 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  4 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:45ЕЧЛ учун кураш. "Аталанта" - "Рома"  19 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  0 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  2 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

Kelajak yoshlar qo'lida! "Odil Cup-2016" va vodiy bolalariga bag'ishlangan kun haqida Yangiliklar

Kelajak yoshlar qo'lida! "Odil Cup-2016" va vodiy bolalariga bag'ishlangan kun haqida

Teglar :  Odil Cup-2016
Bugun Namangan shahrida 2002 va 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Odil Cup-2016" bolalar futbol festivali start oldi.

Kunning birinchi yarmida xabar berib o'tganimizdek, bugun Namangan shahrida 2002 va 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Odil Cup-2016" bolalar futbol festivali start oldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasi imzolagan “Imkon Plyus” kompaniyasi bosh homiyligida tashkil etilgan bolalar futbol turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Saytimiz orqali kunning birinchi yarmidan o'rin olgan 2004 yil tug'ilgan futbolchilar ishtirokidagi o'yinlar natijasi va fotogalereyaga to'xtalgandik. Endi tushdan keyingi tadbir haqida malumot beramiz. 


Dastavval soat 16:00dan boshlab "Odil Cup-2016" turnirining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Odil Ahmedov ham ishtirok etib, musobaqada ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tiladi. 

So'zga chiqqanlardan viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Bahrom aka Xolmirzaev esa Namangan xalqi Odil Ahmedov bilan faxrlanishini alohida takidlab, kelajakda shu yoshlardan ham Odilga o'xshagan etuk futbolchi chiqishiga umid bildirayotganini malum qildi. 

- Yurtboshimizning tashabbuslari bilan, Respublikamizda bolalar sportiga berilayotgan imkoniyatlar kengayib borayapti. Bu borada bizning federaciyamiz ham O'FF bilan yaqindan aloqalarni yo'lga qo'ygan. Yil davomida mana shunday ko'plab turnirlarni o'tkazib boramiz. Aynan shunday musobaqalar orqali yangidan - yangi nomlarni kashf qilyapmiz. Bu borada, O'FF rahbariga viloyatimiz futbol federaciyasi va sizlarning nomingizdan o'z minnatdorchiligimizni bildiraman.

Bolalar futbol festivalining ochilish marosimi ko'ngildagidek tashkil qilindi. Yosh futbolchilarni ayniqsa Odil Ahmedovning tashrifi xursand qilib yubordi. Barcha ishtirokchi jamoalar, ularning murabbiylari, musobaqaga qiziqib kelgan muxlislar Ahmedov bilan esdalik suratga tushishdi, undan dastxat olishdi. Bundan tabiiyki, terma jamoamiz sardorining ko'ngli tog'dek ko'tarildi.


"Kosonsoy" - "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Odil Ahmedov turnirga oid o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bolalarni ko'zini quvonishini qarang. O'z paytida biz ham MTJ yulduzlarini ko'rsak ko'p kun gapirib yurar edik. Kecha yurtimizda, "1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" keng nishonlandi. Aynan mana shu bayram kuniga to'g'ri kelgan musobaqamizda ishtirok etish men uchun ham sharaf. Bugungi turnir ishtirokchilari, ertaga vodiy jamoalari, undan so'ng MTJ safida muvaffaqiyat qozonishlariga ishonaman. Mana bu yil turnirimizni birinchisini boshlab ham oldik. Bundan keyin to'xtash yo'q. Viloyatimizda, bolalar futboliga bo'lgan etibor ancha o'sgan. Mana bu o'yin bo'layotgan suniy maydonni olaylik, bu ham bir muvaffaqiyat. 



Musobaqa g'oyasi muallifi Nodirxo'ja Yuldashev esa shunday deydi:

- 2015 yil "Kelajak yulduzlari" musobaqasini o'tkazib, ota-ona va murabbiylardan yaxshi gaplar eshitganimizdan so'ng "ishtaha" ochildi. Mana bugun Odil Ahmedov va Namangan viloyati masullari bilan hamkorlikda chiroyli turnirni boshladik. Endi jurnalistikani biroz chetga surib qo'yaman shekilli, o'zimga bolalar futbolida ishlash avvaldan yoqqan, endi bu sohaga jiddiy kirishishni reja qildim. Namangandagi turnir bu hali boshlanishi. Keyingi ikki yilda rejamizga ko'ra har bir hududda yilda bir o'tkaziladigan ananaviy turnirlarni yo'lga qo'yib olish. Bu borada bizni O'FF ham qo'llab-quvvatlashini aytib o'tdi. Agar biz musobaqa o'tkazadigan hududlarga markaz vakillari o'z murabbiylarini selekciya uchun yuboradigan bo'lsalar, panada turgan biron bir istedodni payqashi mumkin bo'ladi. Biz uchun eng muhimi shu.


Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика