Kel kechagi o'yinda kim gol urishini avvaldan bilgan
12 fev 2014 16:22
Yangiliklar

Kel kechagi o'yinda kim gol urishini avvaldan bilgan
Kecha bo'lib o'tgan "Ayntraxt" Frankfurt hamda "Borussiya" Dortmund jamoalari o'rtasidagi bahsda Obameyang tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi va shu tariqa "sariq-qoralar" Germaniya kubogi yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
O'yin qahramoniga aylangan gabonlik futbolchi uchrashuv taqdirini aynan u hal qilishini oldindan bilganligini aytib o'tdi:
- Men kechagi uchrashuvda gol kiritishimni avvaldan bilardim. CHunki jamoamiz sardori Sebastian Kel o'yin boshlanishi arafasida ushbu uchrashuv menga atalganini va o'yinda, albatta, gol kiritishimni aytgandi, - dedi hujumchi o'yin haqida fikr bildirarkan.

Fikrlar