So’nggi yangiliklar

10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  6 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   2 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   7 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  6 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   10 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   12 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  3 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  4 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  4 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  6 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  11

"Keksa sinora" uyida "ajdarlar"ni jilovlashga urinib ko'radi Yangiliklar

"Keksa sinora" uyida "ajdarlar"ni jilovlashga urinib ko'radi

Bugun ECHL 1/8 finali doiasida Turinning "Yuventus" klubi uyda "Portu"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi.


Birinchi uchrashuv

Birinchi o'yinlarda "Yuventus" umumiy kartinadan ajralib qoldi. Bazi jamoalar esa javob bahsidan oldin safardan qulay natija bilan qaytmoqda, PSJ yoki "Bavariya" esa 99%ga chorak finaldan joy tayyorlab qo'yishdi.

Italiya chempioni "Portu"dan ikkita gol o'tkazib yubordi. Qizig'i, portugaliyaliklar har ikki bo'lim avvalida bittadan gol urishdi. 0:2 hisobida mag'lub bo'lib Turinga qaytish Pirlo shogirdlari uchun o'ta qoniqarsiz natija bo'lardi va bu pallada Federiko Keza yordamga keldi. Italiyalik yarim himoyachi 82-daqiqada bitta javob golini urishga erishdi. Endi "Yuve"ni 1:0 hisobi ham qoniqtiradi. "Portu" esa asabiy so'nggi daqiqalarni istamasa, albatta gol urishi zarur.


Muhim pallalar

"Yuventus"

1. "Yuventus" – ECHLning yangi omadsizi-mi? Ikki mavsumdan buyon Krishitanu Ronaldu "Yuventus"da va klub biror marta yarim finalga ham etib borolmadi. Evrokubokdagi omadsizlik global brend yaratilishi bo'yicha rejalarga mos tushmasligi aniq. "Yuventus" va Andrea Anelli tushlarida ham o'sha "shalpangquloq"ni Turinga olib kelishni ko'rib chiqishmoqda. Biroq bosh sovrin esa 2017 yildan buyon uzoqlashib bormoqda.

"Yuventus" qurada birinchi savatchadan joy oladi va birinchi o'rinni egallash uchun nominal qulay guruhdan joy egallaydi, bu esa tabiiyki 1/8 final bosqichida javob uchrashuvini uyda o'tkazish imkoniyatini beradi. Biroq aynan uy stadioni so'nggi yillarda alamli mag'lubiyatlarga guvoh bo'lmoqda. 2018/19 yilgi mavsumda "Atletiko" bilan Madriddagi birinchi o'yindan (0:2) keyin "kambek" ko'rgandik, lekin chorak finaldayoq Turinda 1:2 va "Ayaks"ga umumiy hisobda (2:3) imkoniyat boy berilgan. O'tgan mavsum "Lion" ustidan qozonilgan (2:1) g'alaba ham chorak final uchun etarli bo'lmagandi — francuzlarni Memfis Depayning goli qutqargandi.

"Ayaks" va "Lion"ga hurmatni saqlagan holda aytamizki, bu jamoalar Evropa futboli grandlari qatoriga kirmaydi. Va agar "Yuventus" "Portu"ga ham imkoniyatni boy bersa, futbol olami uchun NBAdagi "Yuta Jaz" bo'ladi.

2. Bor umid Krishtianu Ronaldudan. "Atletiko"ga 3ta gol, "Ayaks"ga ikkita, "Lion"ga ikkita gol — va faqat Federiko Keza yaqinda "Yuventus"ning so'nggi uch mavsum ECHL pley-off bosqichidagi gollari kartinasiga biroz rang-baranglik qo'shdi. Dunyoda hech bir inson Krishtianu Ronalduning kuch-qudrati va uzoq yillardan buyon namoyish qilib kelayotgan mahoratini inkor eta olmaydi. Krish vs Leo — bu erda bir jumla yodga keladi: "kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi...", ammo nima bo'lganda ham bu ikki futbolchi jamoasi o'yiniga katta tasir ko'rsatadi. Oxirgi yillarda esa biz "nima qilishni bilmasang, to'pni unga ber" taktikasi ish bermay qolayotgani guvohi bo'lyapmiz. Ronalduga raqib himoyachilari etibori qisman bo'lsa-da, o'ziga qarata oladigan top-darajadagi sheriklar zarur.

Krishtianu Ronalduga milliy chempionat doirasidagi "Lacio"ga qarshi bellashuvda dam berildi va zaxiradangina maydonga tushirildi. "Yuventus" bu pallaga kelib Adrien Rabo va Alvaro Morataning samarali harakatlari evaziga rimliklar darvozasini uch bor ishg'ol qilgan hamda final hushtagini kutayotgandi. "Portu"ga qarshi uchrashuvni portugaliyalik o'zini 100% tayyor his qilmasa ham ilk daqiqalardan boshlaydi.

3. Andrea Pirlo va murabbiylik mahorati. Qisqa masofada Andrea Pirloga bildirilgan ishonch oqlamadi, bir necha yil gegemonlikdan keyin birgina Italiya Superkubogi — bu ortga tashlangan bir necha qadam demakdir. Andrea Anelli shu kabi holatga tayyor edi va Pirlo shtabining malum vaqti bor. Ammo masalaning boshqa tomoni bor va murabbiy har bir o'yinda rahbariyat, muxlislar, futbol jamoatchiligiga o'zining salohiyatini isbotlashi talab qilinadi. Noqulay sharoitdagi ECHLning muhim o'yinlari Pirlo uchun yaxshi imkoniyat. Yoki sen faqatgina Ronalduning omadli o'yiniga umid qilasan yoxud 90 yoki 120 daqiqa davomida to'g'ri qarorlaring bilan KriRoga "Portu"ni tiz cho'ktirishda yordamlashasan.


"Portu"

1. Turinga safar oldidan ikkita jarohat. Serjiu Konseysauning boshi Italiyaga uchib ketish oldidan yaxshigina "og'rigan" bo'lsa ajab emas. Birinchi bellashuvdagi qulay 2:0 hisobi qo'ldan chiqarilgani etmagandek, Xesus Korona va Pepening jarohatlari qo'shildi. O'yindan avval tashkil etilgan matbuot-anjumanida "drakonlar" murabbiyini xursand qiluvchi aniq malumot yo'q edi — Pepe va Koronadan hech yo'q biri katta ehtimol bilan bu o'yinni chetdan kuzatib boradi.

Etakchilarni ehtiyot qilib zaxirada qoldirish — u qadar yaxshi fikr emas. Birinchidan, jarohatlardan hech kim kafolatlanmagan. Ikkinchidan, Portugaliya chempionatida ham vaziyat u qadar yaxshi emas, "Sporting" bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil etyapti, ECHLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi ikkinchi o'rin uchun esa bir nechta jamoa davogarlik qilmoqda.

Xesus Korona va Pepe — shubhasiz asosiy tarkib vakillari, ularning ikkinchisi esa olamga mashhur "yomon yigitlar"dan va u raqiblarini "do'stona" kutib olishida sariq kartochka bilan qo'rqita olmaysiz. "Yuventus" hujumiga jismonan ham qarshilik qilish zarar qilmaydi.

2. "Portu" gol urishi zarur. Boshqa variant yo'q. Uydagi 2:0 va 2:1 o'rtasida farq juda katta. Safardagi gol qoidasiga ko'ra, birinchi o'yindagi 2:1dan keyin portugaliyaliklar "avtobus" qo'ymoqchi bo'lishsa faqatgina 0:0 uchun o'ynashlari talab qilinadi. Tarkibida Krishtianu Ronaldu bor jamoa esa o'yini qovushmagan taqdirda ham 90 daqiqa davomida nishonni bir bor aniq nishonga olishi hech gap emas. Turindagi 1:0 esa "Yuventus"ga chorak final yo'llanmasini taqdim etadi.

Turin klubining avvalgi (omadsiz) mavsumlariga qarasak, "Lion" ham, "Ayaks" ham Italiyada gol urgan. Ispaniyaning "Atletiko"si esa "avtobus"ni ishga solaman deb sharmanda bo'lgandi — 0:3.

Oldinda Serjiu Konseysauda tanlash imkoniyati mavjud, Mexdi Taremi va Mussa Marega intensiv futbolga mos keladi. Qo'shimchasiga bugungi kunda "Yuve" himoyasi ham juda ideal deb bo'lmaydi. Himoya markazida faqat Merix Demiral to'liq sog'lom, Jorjo Kellini, Leonardo Bonuchchi va Matteys De Ligt uchligining har biri bugungi bellashuvda to'liq kuchi bilan harakat qila olishi katta so'roq ostida.

Taxminiy tarkiblar va taktik sxemalar


"Yuventus" sxemasi 4-4-2 ko'rinishida bo'ladi. Turli insaydlarning malumotlariga qaraganda, Andrea Pirlo ixtiyorida Kellini-Bonuchchi juftligi bor, biroq bu o'rinda Demiral chiqishi mumkinligini ham inkor etib bo'lmaydi. Matteys De Ligt katta ehtimol bilan o'ynamaydi. Oldinda Krishtianu Ronaldu o'rni muhokama qilinmaydi, Alvaro Morata va Federiko Keza ham boshlang'ich tarkibda maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Portu" Serjiu Konseysau qo'l ostida muntazam ravishda 4-4-2 sxemasidan foydalanmoqda va muhim uchrashuvda, kuchli raqibga qarshi odatiy sxemani o'zgartirish u qadar yaxshi fikr bo'lmasa kerak. Biroq jarohatlar kutilmagan o'zgarishlarga majbur qilishi mumkin. Himoyada ko'p narsa Pepening holatiga bog'liq, agar faxriy tayyor bo'lsa, u tarkibda bo'lishi shubhasiz. Portugaliya chempionatidan farqli ravishda ECHLda "drakonlar" ko'proq to'psiz o'ynashiga to'g'ri keladi. Uyda jamoa o'z imkoniyatlardan juda alo darajada foydalangandi.

Ishonavering, nima bo'lganda ham bizni murosasiz va qiziqarli bellashuv kutib turibdi.  


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика