Keyrush terma jamoamizni yonini olgani uchun jarima to'laydi

Nadirkhuja Yuldashev
19 yanv 2015, 10:32
Mashhur portugaliyalik, Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush OFKga 3000 AQSH dollarida jarima to'laydi.
Boisi, mutaxassis O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuviga o'zining betaraf sharhini bergan.

"Bugungi o'yin juda ham qo'rqinchli bo'ldi. Bitta xato, ikkita xato. Hakam o'zini qo'lga oladi mana hozir desam, xatolar soni 8-9taga yetib keldi. Penalti va O'zbekiston terma jamoasi tomonidan urilgan goldagi ajabtovur harakatlar musobaqaga yarashmaydi", - deydi "Real"ning sobiq bosh murabbiyi. 

Avstraliyalik hakam, Benjamin Uilyams kecha o'yinni qanday boshqarganini o'zi bir o'tirganda taxlil qilib chiqsa yomon bo'lmasa kerak.

Shuningdek, Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Xonda ham, hakam manzili tomon aytgan gaplari uchun 5 ming AQSH dollariga tushdi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia