Keyn iyun oyida U-21 Evropa chempionatida ishtirok etadi
30 mar 2015 19:32
Yangiliklar
Keyn iyun oyida U-21 Evropa chempionatida ishtirok etadi
Yozda "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn yoshlar o'rtasidagi (U-21) Evropa chempionatida qatnashadi.
O'tgan juma kuni Xarri Angliya milliy terma jamoasida debyut qildi va gol urdi. Keyn Litvaga qarshi o'yinda maydonga tushganidan 79 soniya o'tib to'p kiritdi.
Seshanba kuni Italiyaga qarshi bahsda 21 yoshli Keyn "uch sherlar" safida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Biroq Garet Sautgeyt baribir Xarrini iyun oyidagi tatildan ayirmoqchi.
"Roy Xojson va men katta terma jamoada o'ynash qanday tajriba ekanini bilamiz. Lekin CHexiyadagi chempionatda o'ynasa Keyn yanada kuchayadi".
"Uning tajribasi bizga yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida as qotadi", - deydi Sautgeyt The Telegraph nashriga.

Fikrlar