So’nggi yangiliklar

20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  1 19:50ОК-2025 саралаши. Мафтуна Шойимованинг бенефисига айланган баҳсда вакилларимиз Туркманистонни 6:2 ҳисобида мағлуб этишди ва Осиё Кубоги "чипта"сини қўлга киритишди  14 19:40"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 19:12"Реал" — "Лас-Пальмас". Вальверде, Беллингем ва Мбаппе асосий таркибда  9 18:58Гвардиола Ҳоланднинг профессионаллигини юқори баҳолайди  2 18:37"Манчестер Сити" ҳимоячиси Аканжи: "Чемпионлик ҳақида гапиришни хоҳламайман"  14 18:18Қозоғистонлик ўзбек футбол функционери Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида фикр билдирди  8 17:53АПЛ. МЮ, "Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва бошқа жамоалар таркиби маълум  5 17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  8 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  5 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  19 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  2

Kechagi mag'lubiyat yangi futbolchilarning termaga kirishib keta olmagani bilan bog'liqmi? Yangiliklar

Kechagi mag'lubiyat yangi futbolchilarning termaga kirishib keta olmagani bilan bog'liqmi?

Kecha milliy terma jamoamiz Olmaliq shahrida Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'rtoqlik bellashuvilarida natija muhim emas, bunda murabbiy ko'pincha yangi futbolchilarni sinab ko'radi, muhimi, rasmiy bahslarda g'alaba qozonsak bo'lgani kabi gaplar ko'p bor yangraydi. SHundan kelib chiqib mag'lubiyatdan balki fojea yasash kerak emasdir, lekin har qanday milliy terma jamoa o'z muxlislari qarshisida to'p surar ekan, doim g'alabani o'ylaydi. SHu orqali ishqibozlarni xursand qilishga intiladi.

Albatta, yakuniy hisob biz kutganchalik ko'rinish olmadi, mag'lubiyatga uchrash har doim alamli. Ammo kecha namoyish etilgan futboldan kelib chiqib mulohaza yuritsak, bu o'yin bilan raqibni mag'lub eta olarmidik? Yani, biz g'alabaga loyiq tarzda harakat qildikmi? Mana bunday savollar ko'ndalang qo'yilganda baribir mulohaza yuritishga to'g'ri keladi. Kishini bahs-munozaraga chorlaydi.



O'yinning umumiy kartinasidan kelib chiqib aytganda, yigitlar o'rtacha o'yin ko'rsatishdi. Albatta, g'alabaga harakat qilindi, lekin nima uchundir futbolchilar og'ir harakat qilishdi. Hujumda rang-baranglik aytarli kuzatilmadi, futbolchilar o'yinida tezkorlik va shiddat yarq etmadi. Bu esa yakuniy hisobdan ham jiddiy masala hisoblanadi. Futbolchi termaga chaqirildimi, murabbiy unga imkon berdimi, futbolni butun borlig'i bilan o'ynash kerak. Futbol - ehtiroslarga boy sport turi. Agar sen ishtiyoq va ehtiros bilan to'p tepmas ekansan, muxlislar o'yiningdan zerika boshlaydi.

Kechagi uchrashuvda tanlangan tarkib va taktika uchun ko'p gapirish niyatida emasmiz. Futbolda shunday gap bor: natija uchun murabbiy javob beradi, o'yin uchun futbolchi. Kechagi bahsda Mirjalol Qosimov bir nechta yangi futbolchilarni sinab ko'rdi, lekin afsuski, ularning aksariyati ishonchni oqlamadi. Klubda yaxshi o'ynayotgan futbolchi terma jamoaga kelganda birdaniga o'z o'yinini yo'qotib qo'ygandek tuyuldi. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali yangilarni sinab ko'rish yaxshi, ammo sinov shunday bo'lishi kerakki, futbolchi o'z o'yinini ko'rsata olmagan taqdirda “sinib” qolmasin va “Men terma jamoada o'ynay olmas ekanman” degan xulosaga bormasin.



Evropa futbolida ko'p bor kuzatganmiz, milliy terma jamoaga chaqirilgan yangi va yosh futbolchilarga murabbiy birdaniga asosiy tarkibdan joy bermaydi. Yangilar odatda bahs tugashiga besh-o'n daqiqa qolganida maydonga tushib, o'z o'yinlarini charxlab borishadi. Va shu orqali terma jamoaga kirishib ketish ham oson kechadi. Biz esa bu borada boshqacha vaziyatga guvoh bo'ldik. Kechagi bahsda asosiy tarkibning deyarli yarmi yangi futbolchilardan iborat bo'ldi. SHuningdek, zaxiradan tushganlardan ikki nafari milliy termada o'z debyutlarini o'tkazishdi.

To'g'ri, Ummonning tarkibini ham asosiy tarkib deb bo'lmasdi, ammo shunga qaramay, ular bemalol o'yin ko'rsatishdi. Biznikilarda esa ko'pincha bir-birini tushunmaslik, qolaversa, yigitlarning individual jihatdan kuchli emasligi ko'rinib qoldi. Futbolda har qanday jamoa uchun muqim o'yin uslubini yo'lga qo'yib olish natijadan ham muhim hisoblanadi. CHunki tayinli o'yiniga ega bo'lmagan jamoa bitta yutib, keyin to'rt marta yutqazib yuraveradi. Lekin o'z uslubiga ega jamoalar bir bor mag'lubiyatga uchrab, keyingi beshta bellashuvda g'alaba qozonishlari mumkin.



Kechagi bahsda o'ylangan taktika ustida ishlangani, hujumda xilma-xillikni amalga oshirish borasida ish olib borilgani unchalik ko'zga tashlanmadi. Qo'pol qilib aytganda kecha hamma o'z bilganicha futbol o'ynadi. Biz ko'pincha arablar vaqtni cho'zadi deymiz-u, lekin payti kelganda ular futbol o'ynashni qoyillatishyapti. Ular chiroyli hujumlarni tashkil qilmoqda. Maydon markazidan yorib kirishni esa allaqachon o'rganib olishdi. Ular har bir hujumni puxta o'ylab yuzaga keltirishyapti, bizga o'xshab zarbam chiqib qolar qabilida tavakkal tepishayotgani yo'q.

SHunday ekan, bazan o'ylanib qolasan kishi: kechagi mag'lubiyat yangi futbolchilarning terma jamoaga kirishib keta olmagani bilan bog'liqmikan deb. Ha, to'g'ri kecha asosiy tarkib bo'lganida butunlay boshqacha futbol guvohi bo'lardik, lekin asosiy tarkib o'ynamaganidan keyin bu borada gapirishdan foyda yo'q. Qolaversa, kechagi bellashuvdagi tarkibni ham bosh murabbiy tanlagan.



Biz yigitlarning har biriga alohida to'xtalib, kimnidir tanqid qilish, kimnidir maqtash niyatimiz yo'q. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani uchun ham natijaga unchalik etibor bermayapmiz. Faqat shuni aytishimiz mumkin, terma jamoamiz namoyish etayotgan futbol haliyam ancha g'o'r ekan. Go'zallik ko'zga tashlanmayapti, g'alabaga bo'lgan chanqoqlik ko'rinmayapti. Terma jamoamiz o'yini juda oddiy va sodda bo'lib qolibdi. Kechagi bahsda Odil Ahmedov bilan Husniddin G'ofurovni hisobga olmaganda, qolgan hamma o'yinchilar oliy liga klublarida to'p tepayotgan futbolchilar bo'ldi. Oliy ligamizning ko'zga ko'ringan futbolchilari terma jamoa libosini kiyganda nimaga qodirligini ko'rdik.

SHaxsan menga himoyachilardan Egor Krimec bilan Bobur Yo'ldoshevning harakatlari maqul keldi. SHuhrat Muhammadiev ham chakki emas ekan, o'zbekchasiga aytganda tarbiyalasa odam bo'ladi. Lekin Oleg Zoteevning ko'rsatgan o'yini umuman tushunarsiz. Garchi ko'pchilik tanqid qilayotgan bo'lsa-da, Azim Ahmedov yaxshi taassurot qoldirishga harakat qildi. Azimning menga yoqqan jihati to'pni qabul qilib olgach, ko'pincha oldinga uzatishi bo'ldi. Har holda u zaxiradan tushgan Fozil Musaevga o'xshab to'pni orqaga yoki yonga uzatish bilan maydonda o'tkazgan vaqtini behuda sarflagani yo'q.



Qolgan futbolchilar esa yaqqol ajralib turishmadi. Xususan hujumda to'p tepganlardan hech kim nayzaning uchi vazifasini bajarib bera olmadi. Igor Sergeevning ikkita imkoniyatni yo'qqa chiqargani, Ivan Nagaevning nuqul tezligiga ishonib amalda hech narsa qila olmasligi kechagi bahsda ham ko'zga tashlandi. Mana endi ertaga Ummonga qarshi yana bitta uchrashuv bo'lib o'tadi. Bu o'yin to'g'risidagi fikrlar bilan indinga tanishasiz.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика