Kechagi kun qahramonlari FOTO
28 sen 2015 12:02
Yangiliklar
Kechagi kun qahramonlari FOTO

"Uotford" - "Kristal Pelas" 0:1
Qahramon: PSJdan "Kristal Pelas"ga o'tgan Yoan Kabay o'yindagi yagona golni penaltidan mezbonlar darvozasiga urdi.

"Marsel" - "Anje" 1:2
Qahramon: Mehmonlar vakili Tomas Mangani penaltidan gol urdi va ikkinchi golga hammualliflik qildi.

"Gengam" - "Monako" 3:3
Qahramon: Nikolya Beneze "Monako"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli pas oshirdi.

"Borussiya D" - "Darmshtadt" 2:2
Qahramon: Obameyang jamoasi mag'lub bo'layotgan vaqtda dublga erishdi. Biroq Dortmund baribir ikki ochko yo'qotdi.

"Jenoa" - "Milan" 1:0
Qahramon: Belerim Jemaili o'yindagi yagona gol muallifi bo'ldi.

"Inter" - "Fiorentina" 1:4
Qahramon: Mehmonlar hujumchisi Nikola Kalinich "San Siro"da xet-trikka erishdi.

"Deportivo" - "Espanol" 3:0
Qahramon: Mezbonlar yarim himoyachisi Lukas Peres dublga erishdi.

"Xetafe" - "Levante" 3:0
Qahramon: Alvaro Vaskes ikkita gol urdi va golli pas oshirdi.

"Beshiktosh" - "Fenerbaxche" 3:2
Qahramon: Mario Gomes "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda dubl rasmiylashtirdi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar