Kechagi kun qahramoni SHahzod Nematjonovdan 90 sekundlik intervyu "Murabbiy ishonchini oqladim deb o'ylayman"
27 may 2023 07:49
Yangiliklar


Kechagi kun qahramoni SHahzod Nematjonovdan 90 sekundlik intervyu "Murabbiy ishonchini oqladim deb o'ylayman"
- SHahzod dubl va keyingi bosqich yo'llanmasi muborak bo'lsin, o'yin haqida nima deya olasiz?
- Bugungi o'yin qiyin bo'ldi, xudoga shukur g'alaba qozondik. Alhamdulilloh! Qiyin o'yin bo'ldi, raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik.
- Gollarni kimga bag'ishlaysiz?
- Ota-onam, buvam, bobom, amakilarim, tog'alarim va hamma yaqinlarimga bag'ishlayman. Murabbiy menga ishondi, ishonchni oqladim deb o'ylayman.
- Bekobodda ertaga oshmi?
- Ha, ertaga Bekobodda osh (kuladi).
Eslatib o'tamiz, Nematjonov Gvatemala bilan o'yinning 9 va 20-daqiqalarida ikkita gol urdi.
Uzbekistan U20 Shakhzod Nematzhonov - 9', Shakhzod Nematzhonov - 20' |
World Cup U20 Grp. A . 3-tur 27/05/2023, 03:00 0
:
2
Tugadi
|
Guatemala U20 |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar