Kecha JCH-2018 saralashidagi guruhdoshimiz Malayziya bilan o'ynadi FOTO
23 avg 2017 14:11
Yangiliklar


Kecha JCH-2018 saralashidagi guruhdoshimiz Malayziya bilan o'ynadi FOTO
O'zbekistonning JCH-2018 saralashidagi guruhdoshi Suriya terma jamoasi Malayziya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Unda Suriya 2:1 hisobida zafar quchdi. Suriyaliklar 26 avgust kuni Iroq bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.
JCH-2018 saralashi doirasida 31 avgust kuni Qatar, 5 sentyabr kuni Eron bilan o'ynaydigan Suriya hisobida ayni paytda 9 ochko bor. Jamoa O'zbekistondan 3 ochkoga ortda qolmoqda.
Malayziya - Suriya 1:2
Gollar: Darren 90+5 penalti - Muhammad Marmur 83, Rafat Moxtadi 85
O’xshash yangiliklar

Fikrlar