“Kecha, bugun, ertaga”. Vitaliy Denisov: "Yoshlikda ota-ona farzandining o'ziga qo'yib berishi kerak" (1-qism)
02 jan 2014 14:33
Yangiliklar
“Kecha, bugun, ertaga”. Vitaliy Denisov: "Yoshlikda ota-ona farzandining o'ziga qo'yib berishi kerak" (1-qism)
"Kecha, bugun, ertaga" loyihasining bu safargi mehmoni, O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi Vitaliy Denisov bo'ldi.
Har bir mehmonimizni o'zbek futbolida tutgan o'rniga qarab unga savollar tayyorlaymiz. Vitaliy bilan esa asosan bolalar futboli haqida gaplashdik. Zeroki, bu yosh futbolchi o'quvchilarimiz uchun maktab bo'lsin.
- Siz legionerlar intervyuga boshqacha yondoshasizlar, buni klub o'rgatadimi?
- Futbolchi OAV bilan muloqotda bo'lib turishi kerak. Aytilgan joyga vaqtida kelish bu ko'proq tarbiyaga bog'liq. CHet elda o'ynayapmiz degani kishilar bizning vaqtga qarab o'z rejalarini tuzishi kerak degani emas. Avvalo tarbiyani unutmasligimiz lozim.
- "Dnepr" va "Lokomotiv"da OAV bilan qanday ishlashadi, chunki bu borada bizda klublar bilan ishlash qiyin. Professional jamoalarda OAV matbuot xizmati orqali futbolchilarga chiqishadi...
- Har bir intervyuning o'z o'rni bo'ladi. OAV bilan ishlash ishimning bir qismi. "Lokomotiv" bilan tuzgan shartnomamga ko'ra, u erda har bir chiqishim klub orqali bo'lishi lozimligi haqida band bor. Kim qo'ng'iroq qilmasin, agar u premer-liga o'yinlari paytida bo'lsa, klub ruxsatisiz intervyu bera olmayman.
- Keling, yoshligingizni eslasak, siz afsonaning farzandisiz, tabiiyki ilk ustozingiz otangiz bo'lsa kerak. Keyin Dilshod Nuraliev qo'l ostida ishladingiz.
- Men sportchilar oilasida tug'ilganman. Onam ham futbolga befarq emasdilar. Akam esa basketbolchi. Ammo otam farzandlarining kasb tanlashiga aralashmagan. Hammasini o'zimizga qo'yib bergan. To'g'ri, otam bilan futbol haqida gaplashib turardik, ammo u menga futbol bunday o'ynaladi, unday qilish kerak deb bosim o'tkazmasdi. Xatolarimni aytardi, ammo chegaradan chiqmagan. Bazan mashg'ulotlardagi ota-onalarni ko'ramiz. Xuddiki professional murabbiy kabi hammaning oldida ko'rsatma berishadi...
- Bu gapga qo'shilaman, bugun futbolni ota-onalar o'ynashyapti...
- Yaqinda bir ayolni mashg'ulotlarga kiritishmayotganini eshitdim. Keyin bilsam, ular mashg'ulot va o'yin davomida farzandlarining ishiga aralashayotgan ekanlar. Siz farzandingizni futbolga berdingizmi, uning ishiga aralashmang. Buning uchun murabbiy bor. Murabbiyning saviyasi qanday bo'lmasin, bu uning ishi. Murabbiy har doim kerakli narsani o'rgatadi deb o'ylayman. Mening murabbiyim o'sha paytda men etishmagan bazani bergan va buning uchun murabbiyimdan minnatdorman.
- Maydondagi ampluangizni kim tanlagan?
- Yoshlikda bizni turli nuqtalarda sinab ko'rishardi. Nuralievning tarkibida ko'plab yaxshi futbolchilar bor edi. Yarim himoya chizig'ida ko'p to'p tepganman. Rossiyaga borgach, chap qanotdan muqim o'rin oldim.
- Yoshlikda qiziq voqealar ko'p bo'ladi. Uzoqqa to'p otishingizdan ancha yil avval Farg'onada bo'lib o'tgan turnirda Sarkisyan Nuraliev bilan aytishib qolganini bilaman. Xuddiki siz o'shanda yoshingizni kichiklashtirib musobaqaga borgansiz?
- Ha bunday bo'lgandi (kuladi). Balki otam to'pni uzoqqa otgan deb bu haqda otamdan so'raganman. Lekin undan emas ekan. Akam bilan basketbol o'ynaganim yordam bergan bo'lsa kerak. Men u bilan ko'chada rosmanasiga basketbol o'ynardim. Yuqoridagi vaziyatga kelsak, uni yaxshi eslayman. O'sha kuni Yuriy Vazgenovich o'yinni chetdan turib kuzatardi. Menimcha, u selekciya bilan shug'ullanayotgan edi.
- Mostovoyning kitobini o'qir ekanman, u erda uning faoliyatida tennis katta rol o'ynaganini aytgan. Futbolchi uchun sportning boshqa turlari qanchalik foydali, mana sizda basketbol katta yordam bergan?
- Avvalo sportni tanlayotgan kishi, o'zi uchun muhim bo'lgan qarorni qabul qilib olishi kerak, u aslida kim bo'lmoqchi? Men basketbol bilan bo'sh vaqtlarimda shug'ullanganman. Suzish ham menga katta yordam bergan. Dilshod Nuraliev bizni gimnastika to'garagiga olib borardi. Hozir o'sha kunlarni eslasam... Menimcha, bugun u mashqlarni bajara olmasam kerak (kuladi). Gimnastika orqali yiqilayotganda to'g'ri erga tushishni o'rganasiz. Bazan futbolchilar oddiy vaziyatlarda jarohat olishadi. Gimnastika esa bu borada sizga yordam beradi. Umumiy o'sish uchun sportning boshqa turlari ham kerak, ammo darajani ushlagan holda. Bazan kishilar o'z farzandini bittada bir nechta sport to'garaklariga berishadi, yo'q, bolangizni qiynamang. Futbolga berdingizmi, marhamat ozroq suzishga borsin. Bolalar futboli bu o'ta nozik davr. Baqirib yoki mashg'ulotlarda bosim berib, murabbiyning bola ajratishi va hakozo uni sindirib qo'yishi mumkin. Bugun bitta guruhdan uzog'i bilan 2ta, ko'p hollarda 1ta futbolchi chiqyapti.
- Lekin siz shug'ullangan avloddan ko'p futbolchilar chiqdi, siz, Sobir Usmonxo'jaev, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Tursunov...
- Marat Bikmaev ham bor edi. Bolalar futbolida 14-15 yoshgacha umuman boshqa o'yin ko'rsatasiz, ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonasiz, ammo keyingi o'tish bosqichidan to'g'ri o'tib olish kerak. Yuqorida aytganimdek, bu o'ta murakkab ishlardan biri. Undan tashqari men 1985/86 yillarda tug'ilgan bolalar bilan shug'ullanganman. "Paxtakor" stadioniga kirganingizda o'ng tomonda rezinali maydon bor. O'sha erda 10 yil davomida shug'ullandim.
- Moskva akademiyasiga o'tishingiz qanday kechgan?
- Konstantin Sarsaniya degan agent katta rol o'ynadi. Keyin bilsam, u otam bilan shaxsan tanish bo'lgan ekan. Qozog'istonga turnirga borganimizda u erda mening o'yinlarim ularga maqul kelgan ekan. SHu tariqa Rossiyaga ketdim.
- 14-15 yoshdagi futbolchilarimizning saviyasini Rossiyaniki bilan solishtirganda qanchalik tenglik bor?
- Solishtira olmayman. O'zbekiston yillar davomida qita chempionatlari va JCHlarda ishtirok etayotganini inobatga olsa, bizda istedodlar etarlicha. Mutaxassislarimiz ham oshib boryapti. Eng muhimi, chetda etirof qozonyapti.
- Kishining qarori qanchalik to'g'ri bo'lganini, yillar o'tib anglash mumkin. "Dnepr"ga o'tishingiz faoliyatingizda qabul qilingan eng to'g'ri qarorlardan biri bo'lganini ko'ramiz...
- To'g'risini aytsam, Ukrainaga o'tishim qanday kechganligini hozirgacha bilmayman. Viktor Patchenko degan kishi ishim bilan shug'ullangan. Ikki klub Giner (CSKA) va Kolomoyskiy ("Dnepr") do'st bo'lganliklari uchun transferim borasida muammo bo'lmagan. "Dnepr" yaxshi jamoa ekanligini bilardim. Protasov esa shunchaki familiya emasdi. "Dinamo" Kiev va Sobiq Ittifoq terma jamoasida o'z o'rniga ega futbolchi bo'lgan. CSKAda qolsam o'rinbosarlar safida o'ynashim kerak edi. Men esa katta futbolga chanqoq edim. Bir yil davomida "Nijniy Novgorod" safida birinchi ligada o'ynadim. Ammo menga katta futbol va oliy liga kerak edi.
- "Dnepr"da esa xuddiki mahalliylashib ketdingiz?
- To'g'ri, bazan muxlislar menga nega Ukraina terma jamoasida to'p tepmasligim haqida savol berishardi. Ularga men O'zbekiston terma jamoasi azosi ekanligimni aytganimda, hayron qolib, sen ukrainalik emasmisan deb ikkinchi savolni berishar edi. Balki ularga noodatiy soch turmagim yoqqandir (kuladi).
- Futbolda "xarakter" qanday rol o'ynaydi?
- (o'ylanib qolib) "Xarakter" sizni to'g'ri tarbiyalashda yordam beradi. Masalan, meni Ukrainada "o'zbek" deb atashardi. Men bundan faqat va faqat xursand bo'lardim. G'urur berardi, xattoki tashrif qog'ozim bo'lib qolgandi. Ammo begona odamga o'zimni bunday gapirishlariga yo'l qo'ymasdim. Bu mening principim va xarakterim. CHunki u mening do'stim emas, yoki maktabga birga bormaganman. Hattoki futbol o'ynamanganman. Men shunday kishiman. Keyin xarakterni qaerda ko'rsatish mumkin, qaerda mumkin emas, "Dnepr"ga kelganimda u erda o'zining qoidasi bor edi.
- "Dnepr"ga ancha yosh kelgansiz, jamoaning faxriylari sizga yordam berganmi?
- Men "Dnepr"ga kelganimda yaqqol faxriy yo'q edi. U erda jamoa bor edi. Hamma jamoa sardorining gapiga kirardi. Bu 3-4 yil ichida emas, yillarda davomida shakllangan inoq jamoa edi. Ko'p futbolchilar meni birinchi kundayoq o'zlariga uka sifatida qabul qildilar va bundan faqat yutdim. "Dnepr"ning yutug'i jamoaning axilligida bo'lgan. Bu ahil jamoa bilan har qanday raqibga qarshi qo'rqmasdan maydonga chiqardik. Buni qarangki, "Lokomotiv"da ham meni shunday ajoyib, inoq jamoa kutib oldi. Bundan faqat xursandman.
- "Dinamo" Kiev bu - brend! Bu jamoaga qarshi debyut o'yiningiz va SHackix bilan uchrashuvingizni eslay olasizmi?
- Ha, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragandik. SHackix bilan kulib ko'rishganmiz. O'yindan keyin telefon raqamlarimizni almashdik va shundan keyin suhbatlasha boshladik.
- SHackix bu payt Ukraina futbolida afsona bo'la olgandi...
- Albatta, uning "Dinamo" Kiev tarixida tutgan o'rni katta. Men esa bu paytda endi futbol o'ynashni boshlayotgandim.
- Bugunga kelib Ukrainada 4ta kuchli jamoa shakllanib bo'ldi. "Dnepr"dan boshqa etakchi klublar safida o'ynash imkoniyati bo'lganmi, yoki "Dinamo" Kievda o'ynash niyatingiz bo'lganmi?
- "Dnepr" bilan birinchi marotaba shartnomam yakuniga etayotganida "Metallist" rahbariyati agentim bilan muzokara o'tkazgan. Bundan xursand bo'lganman, chunki "Metallist" kuchli jamoa. Ammo men avval "Dnepr" bilan muzokara stoliga o'tirishimni aytib, agar jamoa bilan kelisha olmasam, birinchi bo'lib sizlarga qo'ng'iroq qilaman deganman. Menga "Dnepr"da o'ynash yoqardi.
- "Dnepr"da ko'p yillar to'p tepdingiz. CHempionlar ligasida ishtirok etish istagi bo'lmaganmidi?
- Menimcha, Evropa CHempionlar ligasida o'ynash barcha futbolchining istagi bo'lsa kerak. Albatta, istaganman, hozir ham buni xohlayman.
- Barcha insonlarda, futbolchilarda ham, boshqa kasbdagilarda ham shunday on bo'ladiki, u keyingi faoliyatingizga juda katta tasir qiladi.
- Boshqa kasbda qanday bo'lishini bilmayman, lekin futbolda ko'p narsa o'zingga bog'liq bo'ladi. Futbolchi ko'p mehnat qilib murabbiy va jamoaga yoqadigan o'yin namoyish etaversa rivojlanishda davom etaveradi. Futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin davrlar ham bo'ladi, unda boshqacharoq, aqlliroq, chiroyliroq o'yin ko'rsata boshlaysan. Futbolda agar mehnat qilishda to'xtasang yaxshiroq o'ynay olmaysan. Jarohat ketidan jarohat olaversang asta-sekin unutilasan. Oxiri faoliyatni tugatishga olib keladi. SHu bois futbolni tanladingmi, demak tinmay mehnat qilish kerak.
- Muxlislar faqat o'yinni ko'rishadi, o'yinga qadar bo'lib o'tadigan jarayonlarni ko'rishmaydi. Ko'pchilik tomoshabinlar mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni yomonlashadi, hushtakbozlik qilishadi. Yaqinda Kamoliddin Murzoev kelib shu borada o'z fikrini bildirib futbolchilarga ham mag'lubiyatdan so'ng alam qilishini, futbolga hayotimizni, borimizni berganmiz deb aytgandi. Lekin ko'pchilik buni tushunmaydi. Sizga ham alam qiladimi?
- Albatta, alam qiladi. Bu futbolning ajralmas qismi, kimdir buni tushunadi, kimdir esa futbolchilarni so'kadi. Bundan qochib qutulib bo'lmaydi. Ularga etibor qarataverish kerak emas, har bir odamga tushuntirib bo'lmaydi. Hammaga senga ham alam qilayotganini ko'rsata olmaysan, bazi futbolchilar o'zini bosiq tutadi, lekin ularning ichida bomba portlagandek bo'ladi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, so'nggi o'rindagi jamoa birinchi o'rindagi jamoani mag'lub etib qo'yishi mumkin. Buni shunchaki qabul qilish kerak, xolos.
- Rossiyada kuchli klublar bor, masalan, Ukrainada yana 4ta kuchli klub bo'lsa chempionatlar saviyasi tenglashadimi? Bu savolni berishdan maqsad bizning futbolchilar Rossiya klublariga o'ta olishmasa Qatar, BAAga ketishmoqda. Ukrainaga o'tish foydali bo'lmaydimi?
- Avvalo shuni aytishim kerakki, CHempionatlarni taqqoslash qiyin. Ukraina chempionati O'zbekistondan, Rossiya esa Ukrainadan kuchli. Agar futbolchi kuchliroq chempionatga ko'chib o'tsa bu ancha foydali. Masalan, kichikroq kompaniyadan boshqa kuchliroq kompaniyaga ko'chib o'tsang, yanada rivojlanasan, kattaroq maqsadlar qo'yasan. Ko'proq maosh olasan, bu hayot qonuni. Futbolda ham kuchliroq klubda, kuchli musobaqalarda o'ynashni istaymiz. Lekin kuchli klubga o'tgandan so'ng yanada ko'proq mehnat qilish kerak, shunda bejizga seni tanlashmaganini isbotlay olasan.
- Ko'pchilik mahalliy futbolchilarimiz shu erning o'zida ham etarlicha maosh olishmoqda. Hozirda barcha uchun birinchi navbatda pulni tanlashmoqda.
- Menda ham bir vaqtlar moliyaviy tomonlama kuchli klub taklif bilan chiqqandi. Biroq bu erda ham yaxshi maosh olayotganimni, bizda ham pul borligini aytdim. Bilasizmi, pul men uchun eng birinchi o'rinda turmaydi. "Dnepr"da o'zimga etarli darajadagi maoshni olayapman, klub bilan shartnomam borligini tushuntirdim. O'sha vaqt uchun juda yaxshi moliyaviy taklif edi bu.
Davomi bor…
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.

Fikrlar