So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Kecha, bugun, ertaga: Sanjar Tursunov: Hech qachon, hech qachon demayman (2-qism) Yangiliklar

Kecha, bugun, ertaga: Sanjar Tursunov: Hech qachon, hech qachon demayman (2-qism)

Loyihamizning bu safargi mehmoni, ko'p yillardan beri Rossiya chempionatida faoliyat olib boryotgan, O'zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi Sanjar Tursunov bo'ldi.
Futbolchi bilan tashkil etilgan intervyuning birinchi qismini sizlarga taqdim etgandik. Navbat ikkinchi qismga.

– Ko'plab davlatlar jamoa uchun ajratiladigan pullarni klubda teng taqsimlanadi, har bir soxasiga bir xil etibor berishadi. Bizda esa ko'plab klublar ajratilayotgan pullarni faqat murabbiy va futbolchiga tikayapti. Siz aytgan yuqoridagi klublargina, pullarni klubni boshqa shtat va xodimlariga ham teng taqsimlayapti…
– Haqiqatdan ham pul ajratiladi. Har yili ozgina-ozginadan klub infrastrukturasini oshirib borsa bo'ladi. Bir yili chiroqlarni to'g'irlasin, bir yili maydon chimini. Guliston bilan o'yinni olsak, 45 daraja issiqda maydon qotib qolgan, etarlicha sug'orilmagan. Echinish xonasi ham talab darajasida bo'lmagan edi. Lekin shunda ham natijaga erishayotgan klub va klub muxlislariga raxmat aytishim mumkin. Agar stadionlar zo'r bo'lsa futbolchini kayfiyati ham ko'tariladi. Nasafga borganimizda hammamiz xursand bo'lgan edik.

– Yil boshidaPaxtakor tarbiyalanuvchilariga master klass ko'rsatib ketdingiz. Yoshlar uchun yulduzlar bilan uchrashish manaviy ozuqa bo'la oladimi?
– Albatta. Biz ham bir paytlar Paxtakorni Qibraydagi bazasida mashg'ulot o'tkazar edik. SHunda asosiy tarkib jamoalasini mashg'ulotlarini tomosha qilib, bazan stadionlarda to'pni olib berardik. Ulardan o'rganib o'zimiz ham shu narsalarni qaytarishga harakat qilardik.

– TVdan ko'rib ham futbolchi o'ziga nimadir oladimi?
– Ko'p narsani. Har bir chempionatni o'ziga yarasha plyuslari bo'ladi.

– Qaysi chempionatni ko'rib o'zimga ko'proq bilim oldim deb o'ylaysiz?
– Ispaniya chempionatini ko'rib pas oshirishni, Angliyada tezkor harakat. Har bir chempionatni o'ziga yarasha ustun tomonlari bor.

– Ahmedov bilan birga Lokomotivda faoliyat olib bordingiz. Ammo keyinchalik terma jamoani ikki nafar etakchi futbolchisini murabbiylar ko'ra olmadi. Bugungi kunda ko'plab murabbiylar bolalarni bucasini qimmatbaholigiga qarab baho beryapti. Ko'plab istedodlar erta faoliyatini tugatib yuborishyapti…
– Odil bilan o'ynagan paytlarimiz, o'rinbosarlar jamoasini hech kim tomosha qilmasdi. O'yin o'tsa bo'ldi edi. O'yin o'tmasa ham mayli, ortiqcha harajat. SHunchaki reglamentdan kelib chiqib o'yinni o'tkazish lozim edi. O'yindan keyin Ahmadjon aka Musaev bizga yordam berar edilar. Boshqalar uchun biz kerak emas edik. Hozir u odamlar klubda emaslar. Masalan, Rossiyada o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yinlarni jamoani deyarli barcha vakillari borib tomosha qiladilar. O'rinbosarlarga katta etibor qilish orqali katta miqdordagi pulni tejash mumkin. Agar siz yoshlarga qaramasa sizni kim ko'radi, yoniga borib o'ynamaysizku!

– Tengdoshlaringiz orasida Sizdan kuchli ammo faoliyatini tugatib yuborganlar bormi?
– Ko'p! Mahallada ham bazi do'stlarim bo'lar edi, bizdan yaxshi o'ynashar edi. Endi hammani o'z yo'li bor, bazi birlar o'zi yalqovlik qiladi, bazilarni esa murabbiylar payqamaydi.

– Rossiyaga ketishingiz qanday bo'ldi?
– O'sha yili jamoam Toshkentga yig'inga kelgan edi. Tanishlarim o'zimni sinab ko'rishim, ammo tanish-bilishchilik qilib o'rtaga tushmasliklarini aytishdi. Mashg'ulotlarim murabbiy Kuznecovgaga maqul keldi va meni olib ketishdi. Murabbiyimiz o'sha paytda Rossiyani 1986 yillarda tavallud topgan o'smirlariga ham usozlik qilgan. SHu bilan birga Irtishda ham ishlagan.

– Ikkinchi ligadan premer-ligaga chiqib borishingiz ancha omadli kechdi…
– Uch mavsum ikkinchi ligada o'ynadim. Mavsum tugaganidan keyin mintaqalar bo'yicha terma jamoalar o'rtasida musobaqa bo'ldi. Bu musobaqa yil davomida bo'ladi va unda deyarli barcha elit jamoalarni skautlari kelishadi. SHunda meni Volga murabbiylari o'z jamoalarida ko'rishni istashdi. Bu paytda menga Bunyodkor jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. O'sha paytda jamoa sharafini Rivaldo himoya qilar edi. Men esa Volgada qolishni maqul ko'rdim.

– Volgadagi ilk mavsum ham yomon chiqmadi…
– Ilk mavsumdayoq to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Afsuski u paytda 4 o'rin egasi bugungidek premer-ligaga chiqish imkoniyatini bermasdi. Lekin 4 o'rindan hamma qoniqish xosil qildi, kelasi yili esa kuchlilar safiga qo'shildik. Qisqa qilib aytganda, faoliyatimni eng zo'r paytlarini Volgada o'tkazdim.

– Keyin MTJ. Ilk marotaba O'zbekiston terma jamoasidan taklifni qanday kutib oldingiz?
– Ko'plab futbolchilar o'ynaydigan jamoalarga faks keladi. Menda esa bunday bo'lmadi, Vadim Abramovning o'zi birinchi liga o'yinini ko'rish uchun kelgan edi va o'yindan keyin MTJning kengaytirilgan ro'yxatiga kiritishini, Osiyo Kubogi oldidan bo'ladigan yig'inda ishtirok etishimni aytdi. Albatta bu men uchun eng katta baxt edi. Ayniqsa g'alabalarga erishganimizda muxlislarni quvonchini ko'rib xursand bo'lasiz. Buni bir so'z bilan ifodalab bera olmaymiz.

– Osiyo Kubogi so'nggi 4 yillikdagi eng zo'ri bo'ldi. Menimcha bu turnirni bundan 5 yil o'tib ham eslaymiz…
– O'sha musobaqada biz Barselona taktikasiga o'xshab o'ynashni boshladik. O'yin sayin Abramovni tushuna boshladik va o'yinimiz ham chiqdi.

– Abramov ko'p vaziyatda himoyachilarga ko'p etiroz qilar edi. Himoyachini vazifasini to'pni maydonda chiqarib yuborish emas, hujum boshlash lozimligini aytar edi. O'zim guvoxi bo'ldim, so'nggi o'yinlarda himoyachilarga, mana sizlar endi futbol o'ynashni o'rgandingiz deb aytgan edi. Himoyachini pas o'ynashi, yarim himoyachiga engillik tug'diradimi?
– Rossiyada ham ko'pincha himoyachilar to'pni tepib yuborishadi. Bizda esa himoya bilan yarim himoyani birlashtira olgan edik. Agar himoyachi to'pni tepaversa, yarim himoyachi ko'prik ostida qolib ketgandek bo'ladi. To'p ustizdan o'tga, bo'tga uchib yuraveradi. Huddi tennisdagi setka rolini bajarib qolasiz.

– Bo'lar ish bo'ldi. JCH saralashida muvaffaqiyacizlikka uchradik. Endi hatolarni qidirish, u bu kimga aybni ag'darishdan naf yo'q. Endi Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgalik ko'rishimiz kerak. O'zizdan kelib chiqib, hatolarimdan yakuniy xulosa chiqardim deb o'ylaysizmi?
– Biz ishtirokchimiz, demak, bizni ham aybimiz bor. 14 ochko yig'ib ham JCHga chiqa olmaslik, to'plar nisbatini kamligi omadsizlikdan boshqa narsa emas. Ikkita o'yinda hakamlarga etiroz bo'lmadi, qolganlarida… Hammasini unutish qiyin bo'ladi, ammo bu narsa hamma MTJga befarq bo'lmagan odamlarni qalbida qolib ketdi. Livandan keyingi o'yindan keyin biz o'zimizni JCHda deb tasavvur qildik.

– Agar Osiyo Kubogiga chiqa olmasak, buni muxlislar ko'tara olishmaydi. Aynan so'nggi Osiyo Kubogi orqali bizni raqiblar jamoa sifatida hurmat qilishni boshlashdi…
– Bu narsani biz o'ylay olmasak ham kerak. Osiyo Kubogiga chiqa olmaslikni hayolimizga ham keltirmasligimiz kerak. Aybimizni shu musobaqada yaxshi natija bilangina yuvishimiz mumkin.

– Juda ko'pchilik uchun bu saralash bosqichiga so'nggi imkoniyat bo'ldi. Yarim yil davomida O'zbekistondagi bazadan kelib chiqib, O'zbekiston terma jamoasi avlodlar almashinuviga tayyormi?
– Bu savolizga men javob bera olmayman. Buni ko'proq murabbiy hal qiladi. So'nggi yig'inda bir qator yoshlar chaqirildi. Kozak, Iskanderov va Sergeevlarni kelajagi bor, ammo ular bittada qo'shilib keta olmaydilar. Ularni oldida bari-bir tajribali o'yinchilar bo'lishi kerak. Bazi o'yinlar asabiy o'tadi bunday vaziyatda faxriylarni roli katta.

– Meni cho'chitayotgani, Eron va Koreyani axvoliga tushib qolish. Lekin ular shunda ham o'z maqsadiga erishdi. Biz esa kuchga to'lga paytimiz imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Osiyo Kubogida yoshlar bosimga bardosh bera oladimi yo'qmi?
– Buni vaqt ko'rsatadi. Rossiyada yoshlar Evropani yutganidan ko'pchilik, mana shu yoshlar Rossiya milliy terma jamoasini kelajagi bo'ladi dedi. Lekin hozir o'sha tarkibdan bor yo'g'i 2-3 nafar futbolchi asosiy tarkibga kirdi.


Ilk marotaba kecha, bugun, ertaga loyihamiz mehmoniga  xalqaro jurnalistika fakultetining 4-kurs talabalari Diyora Otaxonova va Asal Sobirova tomonidan blic savollar berildi.
– 11 metrli nuqtaga yaqinlashayotganingizda hayajonlandigizmi?
– Rossiyada ham kubok doirasidan o'rin olgan uchrashuvda penaltini ura olmagan edim. Bu safar ham ataylab beshtalikka kirmadim. Jamoadoshlarimga Sizlar tepaveringlar, vaziyat taqozo qilsa men ham borishimni aytdim. Men seriya qo'shimcha futbolchilargacha boradi deb o'ylamagan edim. Gol urganimdan keyin esa, elkamdan tog', aniqrog'i tog'lar ag'darildi.

– Yoshligingizda siz to'p tepishni istagan stadion?
– Paxtakor Markaziy stadioni.

– Futbolchi bo'lmaganingizda…
– Bu borada o'ylamadim ham, balki bozorchi bo'lar edim (kuladi)

– O'z irimingiz bormi?
– Har bir futbolchini o'zini irimi bo'ladi, ammo buni aytib bo'lmaydi.

– O'yinga chiqishdan avval aniq bir qo'shiqchini musiqasini eshitasizmi?
– Qaysi biri xit bo'lsa, o'shani eshitib ketaveraman.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика