So’nggi yangiliklar

12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  3 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  3 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1 10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  1 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  9 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  6 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  5 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  3 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  1 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  12 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  3

“Kecha, bugun, ertaga”: Nikimbaev bilan suhbat yoxud BAA va O'zbekiston pro ligalari haqida Yangiliklar

“Kecha, bugun, ertaga”: Nikimbaev bilan suhbat yoxud BAA va O'zbekiston pro ligalari haqida

Terma jamoamiz bilan BAAdagi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish bahonasida, BAA PRO Ligasida faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaev bilan uchrashgan edim.
Avvallari asosan ishdan bo'sh vaqtidan keyin futbol bilan shug'ullangan bu mamlakatda bugun futbolga etibor juda katta. O'zbekistonda esa aksincha, avvallari professional ish bo'lgan-u, bugunga kelib ularning aksariyati havoga uchgan.

Uzoq tanaffusdan so'ng yana “maydon”ga qaytgan “Kecha, bugun, ertaga” loyihasi ham intervyu, ham tahlil ko'rinishida bo'ladi.

Avvaldan yozib o'tay, tahlildagi fikrlar menga tegishli. Nima uchun buni aytayapman, suhbatdoshimga nisbatan ayrim mutaxassislar igna “sanchishmasin” dedim.
Xuddi 2007 yildan etiboran BAAda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham 2008 yili PRO Liga ish boshladi. Bu OFKning talabi bo'lib, unga ko'ra OCHLda ishtirok etishni istagan davlatlar o'zlarining professional ligasiga ega bo'lishlari lozim.

BAA chempionatining ilk chempioni “Al SHarja”. Jamoa 1973/74 yilda o'tkazilgan birinchi mavsum g'olibi bo'lgan. Solishtirish uchun, bu yillarda “Paxtakor” sharafini To'lagan  Isoqov, Birodar Abduraimov kabi super futbolchilarimiz himoya qilib kelayotgan edilar. BAAda esa aksincha. Hozir esa ularning PRO Ligalarida yuqori saviyadagi futbolchilar harakat qilyaptilar, bizda esa sifat keskin tushib ketdi.

Intervyudan avval quyidagi malumotlarni keltirib o'taman. BAAda PRO Liga qoshida ikkita asosiy musobaqa bor, PRO Liga kubogi (Arabian Gulf Cup) va PRO Liga chempionati (UAE Arabian Gulf League) yani bizning oliy ligamiz. Undan tashqari yoshlar liasi va Superkubok kabi musobaqalar mavjud. Federaciya MTJga qarashdan tashqari yana ikkita jiddiy musobaqaga bosh qosh, bular mamlakatning birinchi ligasi va birinchi hamda PRO Liga jamoalari o'rtasida o'tkazilinadigan kubok o'yinlari. PRO Liganing kubogida faqat PRO Liga ishtirokchilari qatnashadilar.

O'zbekistonda PFL oliy liga, birinchi liga, O'zbekiston Kubogi va bu yildan boshlab Superkubokni o'tkazishni boshladi.



BAA futbol federaciyasi va PRO Ligasining shtab kvartirasi Abu Dabida joylashgan bo'lishiga qaramay, Dubayda ham o'z faoliyatini yuritidi. FFda faoliyat yuritadigan xodimlarning birontasi PRO Liga ishlariga aralashmaydi. Bizdagi asosiy muammo matbuot xizmatida bo'lib turibdi. O'FF va PFLning matbuot xizmati umumiy ko'rinishda. BAAda esa buni aksini ko'rishingiz mumkin. Xuddi shunday marketing xizmati xodimlarining o'rtasida ham farq mavjud.

“Bu erda hamma narsani hisoboti olingan. Masalan, terma jamoa o'ynayotgan payt qolgan klublar bekor o'tirmasligi uchun liga kubogi bo'lib o'tadi. Noyabrda “Ko'rfaz Kubogi”, yanvarda esa Osiyo Kubogi tufayli PRO Ligada katta tanaffus yuzaga keladi. Terma jamoaga hamma klubdan ham futbolchi jalb qilinmaydi-ku, shuning uchun liga futbolchilarini doimiy o'yin amaliyoti bilan taminlash uchun kubok o'yinlari yo'lga qo'yilgan. Liga kubogi quraga ko'ra bir davradan iborat bahslar bo'ladi”, - deydi Alisher Nikimbaev suhbatimiz boshida.

– PRO Liga jamoalarining matbuot xizmati vakillari qanday tartibda ishlaydilar?
– Reglamentga asosan har bir jamoada bir nafar xodim faoliyat olib borishi lozim. Ammo bu erdagi klublar 3 nafargacha mutaxassislarning xizmatidan foydalanadilar.  CHempionatda o'z oldiga maqsad qo'ygan klublar bu borada ancha professional ishlaydilar. Bir kishi to'liq saytga javob bersa, ikkinchisi matbuot xizmatidagi tashkiliy ishlar bilan band bo'ladi. Fotomuxbirlari ham bor. Agar matbuot xizmati vakillari uy yoki safar o'yinlarida ishtirok etmasalar PRO Liga tomonidan jarimaga tortiladilar.

– BAA PRO Ligasida kommisarlik tizimi qanday yo'lga qo'yilgan?
–  O'yinlarni yuqori sifatda tashkillashtirishni nazorat qilish uchun PRO Liga komissar, matbuot kotibi va tashkiliy ishlar bo'yicha ishlarni nazorat qiluvchi uch nafar mutaxassisni o'yinlarga yuboradi. PRO Liganing ayrim talablari OCHLnikidan ham jiddiyroq. Ularning birontasi PRO Ligada faoliyat yuritmaydilar. Betaraflikni saqlab qolish uchun turli idora vakillarini jalb qilamiz. Ular maxsus instruktraj asosida ishlaydilar. O'yinlarga borib kelish va kundalik harajatini BAA PRO Ligasi ko'taradi. Ularning bari o'yinlar davomida mezbon jamoaning ishlashini nazorat qiladi, kamchiliklarini o'ziga belgilab olgan holda hisobot tarzida bizga topshiradi. Masalan, bironta klub matbuot kotibi o'ziga yuklatilgan vazifani masuliyat bilan bajara olmayotganligini bizga malum qilsalar, keyingi yilga uni ro'yxatdan o'tkazmaymiz. Huddi shunday boshqa bo'lim rahbarlarini ham. Bitta o'yinga komissar 2000 dirham (1 500 000 so'm) haq oladi.

Deylik, har bir stadionda OAV uchun ajratilgan sektorda televizorlar bo'lishi shart. Yil boshida komissiyadan o'tish uchun hamma TV qo'yib qo'yishi mumkin, ammo biz ularni yil davomida borib tekshira olmaymiz. SHuning uchun matbuot xizmatining ishlarini tekshiradigan komissiya bor. SHuningdek, internet bormi yoki yo'q, o'yin qaydnomalari o'z vaqtida chiqyaptimi, matbuot xizmati boshlig'i o'z paytida stadionga kelganmi...

- Birinchi ligaga federaciya masul ekan, ammo u erdan chiqqan jamoa sizlarga qo'shiladi, ikki tashkilot o'rtasidagi ish boshqa-boshqa bo'lsa, bunda jamoa qiynalib qolmaydimi?
 - Kuchlilar orasiga chiqqan “Fujayra” hozir muammoga uchrayapti. Boisi bizdagi talablar birinchili ligadan ancha qiyin. Doimiy ravishda quyi liga vakillari bilan uchrashiladi, ammo har doim ham bunga jiddiy munosabat bildirmaydilar. Keyin bu erda akkreditaciyalar turli yo'nalishlarga bo'lingan, huddi JCH va olimpiada o'yinlari kabi. Akkreditaciyada 9ta raqam bor. Kimning hujjatida qaysi raqam bo'lsa, faqat o'sha hududga kira oladi. Hech qanday yo'l bilan taqiqlngan huduga kira olmaydi.

- TVga o'yinlar majburiy sotiladimi yoki ularning o'z qiziqishi bilan?
- Albatta o'z qiziqishlari bilan. Biz hozir “Abu Dabi sport” bilan ishlayapmiz. Agar ochiq tender elon qilinadigan bo'lsa “Begin Sport” (sobiq “Jazira TV”) katta pul evaziga sotib olishi mumkin. Boisi ularning pullari ko'proq. Ammo “Begin Sport” BAAga tegishli emas, Qatarniki. Qatar kanallari esa BAAda pullik. TV futbolni sotib olgan pulini chiqarib olishdan tashqari foyda ham qiladi.

- OAVga bo'lgan munosabat qanday, ulardan hayiqishadimi?
- Albatta. Ular aytganini qildirishga o'rganib bo'lishgan. SHuning uchun ularga katta etibor beriladi. Har bir klub OAVga yaxshi munosabat bildirishga harakat qiladi.

- Asosiy tanqid nimaga qaratiladi, o'yinlargami yoki tashkiliy ishlar?
- Istagan narsangizga, o'yinni ham tahlil qilishadi, moddiy texnika bazalargacha gapirishadi. Masalan 4ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotganiligi uchun terma jamoa bosh murabbiyini jiddiy tanqid qilishyapti. OAV vakillarini terma jamoa bilan birga yurishi odat tusiga kirgan. Federaciya o'z hisobidan jurnalistlarni olib yuradi. Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi o'yinda 20 nafarga yaqin jurnalist bordi. Yana bu erda saytlardan ko'ra ko'proq, gazetalarning saviyasi va darajasi katta. Saytlar deyarli yo'q, O'zbekistonda esa aksincha, gazetalarda cho'kish, saytlarda o'sish kuzatilyapti. Bir tomondan qaraganda, yaxshi jurnalistlar ham kamayib ketdi. Bu esa tirajlarni tushishiga sabab bo'lyapti.

-  BAAda yaxshi jurnalistlar gazetalar tomonidan “talash” bo'ldilarmi?

- Ha, shunday.

- Klub xodimlari uchun maxsus seminarlar o'tkazib boriladimi?
- Har mavusmning boshida uch kunlik seminar o'tkazilinadi. Huddi OFKning OCHL seminariga kabi. Reglamentlar ikki, arab va ingiliz tillarida chop etiladi.
 
- Akademiyalar borasida ish qanday yo'lga qo'yilgan?
- Har bir klub o'z akademiyasiga ega. Birinchi liga klublarining oldida bunday talab bo'lmasada, ular ham o'z maktablarini ochishni boshlab yuborganlar.

- Ular asosan qanday chempionatlarda qatnashadilar?
- Har bir yosh uchun o'zining BAA milliy chempionati bor. 12 yoshdan boshlab huddi PRO Liga kabi uy safar tizimidagi mamlakat chempionati mavjud. Akademiya vakillari huddi oliy liga klublari kabi bir xil ekirpirovkaga egalar. Eb-ichishlari  va shifokorlari ham oliy toifada. Har bir jamoada Evropadan kelgan mutaxassislar faoliyat olib borishadi.

- Kuchli turnirlar soni ham ko'p bo'lsa kerak?
- Aprel oyida Al Aynda bitta musobaqa bo'ldi, “Gamburg” keldi. Undan tashqari Xitoy va Yaponiyaning kuchli jamoalari ham kelishadi. “Arsenal” bilan yaqin aloqalar ylga qo'yilgan. Bugunga kelib ko'plab BAA firmalari Evropa klublarining titul homiysiga aylanganlar. SHartnomada klublarni BAAga kelib master klass o'tib ketish kabi bandlari mavjud.

- SHunday musobaqalarda biznikilar ham qatnashishlari mumkinmi?

- Nega endi yo'q? Faqat bizdan harakat bo'lishi kerak. Ular istasa Angliya, Ispaniya, Germaniyadan kuchli jamoalarni chaqirishadi. Biznikilarga esa ularning o'yinlari kerak. SHuning uchun ko'proq O'zbekistondan biron-bir klub rahbari kelib muzokara o'tkazsa, bu erda barcha harajatlarni BAA klublari ko'taradilar. Yaqinda “Bunyodkor” vakillari Al Ayndagi yangi stadionni ochilish marosimiga keldilar. Afsuski faqat stadion xodimlari BAAga tashrif buyurishdi. Agar klub rahbariyatidan biron kishi kelganida muzokara o'tkazib ketishi mumkin. BAA klublari uchun O'zbekistonga borish ham qiziq. O'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yib olsa yaxshi bo'ladi. CHunki O'zbekistonni Osiyo futbolida tutgan o'rni katta. Bizni ko'p erda hurmat qilishadi, bundan esa foydalanishimiz kerak.
 
Alisher Fayzullaevich bilan aslida ancha suhbatlashdim, ko'proq o'zim uchun kerakli bo'lgan malumotlarni, yani keyinchalik as qotishi mumkin bo'lgan bilimlarni oldim desam ham bo'ladi. Endi u erda ko'rganlarimni o'zimizning oliy ligamizga solishtirib chiqsam degandim.



OAV
O'zbekiston PRO Ligasning reglamentida matbuot xizmatlariga oid quyidagi bandlar mavjud:
3.12. Matbuot xizmati va veb saytiga ega bo'lish.
19.15. Klubda matbuot xizmati faoliyat olib borishi shart.

Ammo reglamentda juda ko'plab kamchiliklar mavjud. Bu maqolani tanqid yuzasidan qabul qilmang. SHunchaki PFL direktori kelasi yil uchun amal qiladigan reglamentiga o'zgartirishlar kiritsin deymiz. BAAda bor, bizda yo'q bo'lgan reglament bandlari quyidagicha ko'rinish olgan:
A) Matbuot bo'limidan bir nafar vakil jamoaning uy va safar o'yinlarida qatnashishg majbur.  Matbuot xizmati vakili qatnashmagan o'yinlar uchun klublar jarimaga tortilishi shart qilib belgilansin.
V) Har bir stadion simsiz internetga ulangan bo'lishi shart. Bu haqda yil boshida Farhod Magometovga aytib o'tgan edik, ammo foydasi bo'lgani yo'q.
S) 2015 yilgi oliy liga uchun maxsus jiletkalarga buyurtma berilsin va OCHLda bo'lgani kabi har bir klubga 20tadan tarqatilsin. Ha, aynan tarqatilsin, klublarga majburiy tiktirilmasin. Bizning chempionatimizda OAV vakillari OCHL, JCH saralash o'yinlaridan qolgan jiletkalarni kiyib yuradilar.
D) Ijodkor jurnalistlar uchun bahor va kuz fasillarida yomg'irdan himoya qilingan hududda media tribuna OAVga taqdim etish. Klublar media tribunada, yozish uchun stol, texnika vositalari uchun elektr quvvati bo'lgan sharoitni taqdim etishlari shart bo'lsin va unda galstuk taqqan amaldorlar emas, qo'liga qalam olgan jurnalistlar o'tirsin.

KOMISSAR
PFL o'z xodimlarini o'zi uchrashuvlarga kommisar etib tayinlaydi va tashkilot hisobidan 500 000 so'm miqdorda haq oladi. Komissarning vazifasi nimalardan iborat? OCHLda bu quyidagicha ko'rinish olgan:

A) Komissar uchrashuvga kamida bir kun qolganida tur bo'lib o'tadigan stadionga tashrif buyurishi va uni nazoratdan o'tkazishish.
V) O'yin boshlanishi avvalida OAVning barcha xodimlarini yuniforma bilan taminlanganligini tekshirishi, agar yo'q bo'lsa uni uchrashuvga qo'ymasligi.
S) O'yin davomida barcha xodimlarni o'z ishiga qanchalik masuliyat bilan yondoshayotganligini nazorat qilishi shu bilan birga ikki jamoani maydonga chiqib kelishi va ularni, agar uchrashuvda fotomuxbir bo'lsa jamoaviy suratga tushishini taminlashi
D) Uchrashuv diskini tashkilotga olib ketish
E) Maydon maysasini kuzatish, ikkita darvoza o'lchamini tekshirib chiqish (oliy ligada faqatgina bir shu ishni guvohi bo'ldim)

Bular hammasi emas, komissarlar uchun ishlab chiqilgan dasturda yuqoridagi bandlardan boshqa yana bir necha bo'limlar mavjud, bu shunchaki komissar tomonidan qilinishi kerak bo'lgan ishlarning parchasi xolos.  Bugungi kunda bizda uch nafar komissar, Alisher Mo'minov, Sanjar Rizaev va Olim Arifov xalqaro maydonda faoliyat olib boryaptilar. Ammo ularning xizmatlaridan ichki maydonlarda foydalanmaymiz. Bu esa mantiqqqa to'g'ri kelmaydi, komissarlik qilishni biladiganlar ishlamay, bu soxani umuman bilmaydigan mutaxassislar esa komissarlik bilan shug'ullanyaptilar.

Bir marta, “Paxtakor” – “Qizilqum” o'yinida haqiqiy komissar ishladi, u ham bo'lsa Alisher Mo'minov. Rizaev va Orifov hozircha biron marotaba oliy liga o'yinlariga tayinlanmadilar.

PFL mutaxassislari oliy liga tur o'yinlari paytida komissarlik bilan band bo'layotganliklari uchun, aynan shu kunlarda bironta xodimni PFL binosidan topa olmaysiz. Har kim o'z ishi bilan shug'ullangani maqul.  Menimcha PFL vakillari pul uchun o'zlarini komissarlikka tayinlamaydilar. Gar shunday ekan, haqiqiy komissarlarning xizmatlaridan foydalanish kerak. Undan keyin bironta klub komissarga, komissar sifatida emas, PFL vakili sifatida qarayaptilar. Bizda komissarlar soni oz ekan, yangilarini o'qitish kerak. Buning uchun avvalo komissarlar aslida nimalarga etibor berishi va tekshirishini bitta kitobcha qilib chiqarish va shu asnoda komissarlikka o'qishni istagan mutaxassislarni tayyorlash lozim. Buning uchun vaqt etarli, qo'limizda OFKning tayyor dasturi bor, faqat uni o'zbek va rus tillariga tarjima qilib, mart oyiga qadar mutaxassislarni tayyorlab borish kerak. Balki birinchi yil yoshlar ishlay olmaslar, ammo 2016 yil uchun ular tayyor kadrga aylanadilar. Agar shu ish yo'lga qo'yilsa, keyinchalik yurtimizda o'tkazilinishi mumkin bo'lgan turli musobaqalarga mutaxassislarni tayyorlab borgan bo'lamiz.  

Bu masalaga ayniqasa Farhod Magometov jiddiy yondoshishi kerak. CHetdan, PFL direktorini pastda komissarlik qilib yurishi juda ham hunuk ko'rinadi. Direktor degan kishi, VIPda salobat bosib o'tirishi kerak deb o'ylayman.



OAV bo'yicha hamkasblarim va o'zimga achinaman. Bazan o'yinlarda stadion to'lishi natijasida mobil internet ishlamaydi. Majbursiz uyga borib o'yin hisobotini saytga yoki gazetaga ancha sovub qolgandan keyin yozasiz. Yil boshida Magometovga barcha stadionlarni simsiz internet bilan taminlash kerak degan murojaatim, o'sha majlisdan 5 daqiqa o'tiboq unutildi. O'yin qaydnomalari vaqtida chiqish tugur, chiqmaydigan holatlar ham ko'payib keytgan. Televizor faqatgina “Paxtakor”da bor, u ham bo'lsa doim o'rnatilmaydi. Mana shu holatlar yuzasidan komissar ishlashi lozim edi aslida joriy mavsum. Ammo hech nima o'zgargani yo'q.

Bizda oliy liga reglamenti joriy mavsum faqat rus tilida chop etildi. Davlat tilimiz, o'zbek tili deb elon qilinganiga 25 yil bo'lgan bir paytda, reglamentimizni o'zbek tilida o'qiy olmaymiz. Oliy ligada faoliyat olib borayotgan barcha-barcha, OAVdan tortib futbolchi va murabbiylargacha musobaqa reglamenti bilan yaqindan tanish bo'lishlari kerak. Reglamentni ham aslida targ'ib qilish lozim deb o'ylayman. Ayniqsa OAV. Afsuski reglament har doim ham OAV qo'liga etib kelmaydi. Bu yil hamkasbim Xayrulla Xoliqov reglamentni qo'lga kiritish uchun roppa-rosa 2 oy harakat qildi, oxiri borib tipografiyadan o'zi uchun bitta buyurtma berdi.

MARKETING
BAAdagi asosiy kuch bu marketing. Bizda bu haqda juda ko'plab maqolalar yozilgan, yozilyapti, yoziladi. Ammo uzog'i 2ta klub bunga jiddiy etibor beradi. PFLda esa kelib turgan pul bor, shuning uchun ortiqcha ish qilishga vaqt yo'qdek. BAA Pro Ligasining juda ko'plab hamkorlari bor, masalan “Audi” kompaniyasi katta miqdorda pul beri bilan birga, PRO Liganing har bir xodimini yilda bir “Audi”ning yangi markadagi mashinasi bilan taminlaydi. TV borasida aytmasam ham o'zingiz bilasiz.

XULOSA
Yaqinda “Futbol sharhi”da Diyorning bitta gapi menga maqul keldi, “Biz ham sizlarni har doim ham tanqid qilishni maqsad qilmaymiz...” To'g'ri gap, huddi shunday biz ham. Ammo oddiygina muammolarni ham hal qila olmayotgan paytingiz hammani achchig'iga sabab bo'lyapsizlar. Agar echimi yo'q muammo ichida qolganingizda boshqa gap edi. Bir harakat bilan oliy ligani gullatib yuborishingiz mumkin. Bu yil oliy ligada tomoshabinlar tashrifi oshibdi. Aslida bu xato malumot. Hech qanaqasiga tomoshabinlar soni oshgani yo'q. Aksincha kamaydi. Bu haqda keyingi maqolada gaplashamiz.

Kuni kecha Turkiyaning Ataliya shahrida 16 va 8ta jamoadan tashkil topgan katta turnir bo'lib o'tdi. Unda “Lokomotiv”, “Paxtakor” qoshidagi BO'SM va “Bunyodkor” jamoalari qatnashdilar. Asosan Rossiya klublari ishtirok etgan musobaqaning ikkisida ham O'zbekistondan finalchilar bo'ldi. “Lokomotiv” va “Paxtakor” garchand finalda imkoniyatni boy bergan bo'lsalarda, raqiblar bilan tengma-teng o'ynadilar. Bu yoshda biz bironta terma jamoadan kam emasmiz, bironta klub bizdan ustun emas. Ammo, bizning yoshlar yanada kamol topishlari uchun yuqoridagi turnirlarga muxtojmiz. Buni hammamiz bilamiz-u, bilmaganga olamiz.
 

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика