So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  6 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  7 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

"KECHA, BUGUN, ERTAGA" mehmoni - Ilyos ZEYTULLAEV (II qism) Yangiliklar

"KECHA, BUGUN, ERTAGA" mehmoni - Ilyos ZEYTULLAEV (II qism)

Ilyos Zeytullaev bilan bo'lib o'tgan suhbatimizning ikkinchi qismini mutola qiling.
DEVORDAGI SURATLAR BILAN MAYDONDA

- Yuqorida aytib o'tdingiz, devoringizda osilib turgan Zidan va Nedved kabi yulduzlar bilan ko'p o'tmay bir maydonda mashg'ulot o'tkazdingiz. Ilk tasurot qanday bo'lgan edi?
- TVda tomosha qiladigan o'yinchilaring bilan bir maydonda mashg'ulot o'tkazishni unutib bo'lar ekanmi. Men nafaqat ularning mashg'ulotlariga, balki insoniy jihatlarini ham kuzatar edim. Ular maydodagina chempion edilar, maydon tashqarisida sening kasbing ular uchun ahamiyatsiz. Jamoaning kir yuvuvchi xodimiga ham, maydon sug'oruvchisiga ham bir xilda ilq muomula qilar edilar. Ular, futbolda chempion bo'lish uchun komil inson sifatida etuk bo'lish kerakligini o'zlariga shior qilib olganlar. Del Peroning muvaffaqiyati nimada? SHu kungacha u biron marotaba sariq matbuotning bosh sahifasidan joy olmadi, sababiki klubi va oilasiga sodiq qoldi. Ayoliga xiyonat qilmadi.



- Do'stni cho'ntakdagi daromadga qarab tanlash kerak emasligida hikmat katta ekan?
- To'g'ri. Bu futbolchilar agar shunday hayot yo'lini tanlaganlarida, bunday imkoniyatga ega edilar. Keling, bir voqeani aytib beraman. Yomg'ir yog'ayotgan edi. Budyanskiy bilan kir holatda mashg'ulotdan chiqdik. Faoliyatining asosiy qismini Yuventusda o'tkazgan urugvaylik Monteroning eslasangiz kerak? A-Seriyaning eng kuchli himoyachisi edi. Oldimizda bir mashina to'xtadi va Montero bizga qarab, mashinaga chiqishimizni aytdi. Endi kelgan emasmizmi, tilni yaxshi bilmayman. Unga mashinani loy qilishimizni aytib, o'zimiz ketishimizni tushuntirdim. SHunda Montero biz bir jamoa ekanligimizni takidladi va keyinchalik mashg'ulotlarda ham bizga yordam bera boshladi. Keyin bilsam bu jamoaning ananasi ekan. Unga ham qachonlardir jamoaning faxriysi shunday munosabat bildirgan, bugungi yoshlar esa yillab o'tib shunday yo'l tutadi.
Davids haqida eslasam, juda ham yopiq inson edi. Ammo mashg'ulot paytida o'z maslahatlarini ayamasdi. Bu yosh futbolchi uchun juda muhim.

- Sodiqlik bo'yicha italiyalik futbolchilarga etadigani yo'q. Buning asosiy sababi nimada, masalan Tottini olaylik, qanday grand jamoalar uni o'z safida ko'rishni istamadi?

- Buni Bandiera deydilar, yani jamoaning yuragi. Roma deganda Totti, Yuventus deganda esa Del Pero tilga olinadi. Interda Zanetti. Rimda yashash va Rimning sardori bo'lish Totti uchun ulkan sharaf. Uni Romano deyishadi. Del Pero esa Yuventusning timsoli.

- Sizga ko'proq kimni kuzatish yoqardi, Zidan yoki Del Pero, Ronaldoni ham unutmagan holda?

- Zidan men uchun boshqa olam. Mashg'ulotlardan keyin Del Pero maydonda qolib jarima to'plarini tepardi. Nedved va Davids ham. Ularni tomosha qilar ekanman, nimanidir olishni istar edim. Zidan o'ta murakkab bo'lgan harakatlarni, juda osonlik bilan amalga oshirar edi.



- Bazan mashg'ulotlarda futbolchi murabbiydan o'ziga kerakli mashqlarni olmaydi. SHunda qo'shimcha mashg'ulotlarning foydasi katta bo'lsa kerak?
- Yakshanba kuni o'yin deylik, Del Pero uchun jarima zarbalarini tepish juda muhim, ammo u mashg'ulot davomida bunday imkoniyatga ko'p ham ega bo'lmaydi. SHunda u 15 daqiqa qolib, toki o'z maqsadiga etishmaguniga qadar jarima zarbalarini tepar edi. Davids esa maxsus elementlardan  foydalangan holda, to'p bilan tezlik bilan harakat qilishni mashq qilardi. Ular qachon, qay tartibda mashg'ulot o'tkazishni bilardilar. Bazan haftasiga uchta o'yin bo'ladi. Bunday paytda qo'shimcha mashg'ulot o'tkazishmaydi. Aksincha tiklanish ishlariga jiddiy etibor qaratishadi.
SHu fursatdan foydalanib, men yoshlarga biron bir jiddiy maqsadga erishishni istasalar, uyalmasdan mashg'ulotlardan keyin qolib ishlashlariga maslahat bergan bo'lar edim. Balki atrofingizda sizni harakatingizdan kuladiganlar bo'lar, ammo siz o'zingiz uchun ishlang va uyalmang.

PALOV YOKI SPAGETTI?

- Biroz hazil savol beraman. Agar Italiyada ham choyxona bo'lganida Del Peroni ko'rgan bo'larmidik? Nega bunday savolni beryapman, istedodli yoshlarimiz bugun qo'lga kiritayotgan yutuqlaridan sarmast bo'lib qolyaptilar. Xorij matbuotini o'qiymiz, eshitamiz, u erda ham ichkilikka berilgan futbolchilar bo'ladi, ammo maydondagi ishni ham qoyillatishadi...
- Futbolchi shunday insonki, u el nazarida bo'ladi. Muxlislar unga taqlid qilishadi. SHunday ekan masuliyatni xis qilish kerak. Alkogol mahsulotiga kelsak, men unga qarshiman. Balki, Italiya va Franciyada choyxona yo'qdir, ammo restoranlar ko'p. Bu ko'proq futbolchining o'ziga bog'liq. Bir bakal vino ichishingiz mumkin, ammo bu ananaga aylanib qolsa yomon. Kuni kecha belgiyalik mutaxassisning intervyusini o'qidim. SHunday davr bo'ldiki, bu mamlakatning futboli na o'smirlar, na MTJ doirasida biron bir natijaga erishdi. Bugun esa yana etakchilar safiga qo'shila oldi. Bir kuni o'smirlar terma jamoasining hujumchisi besabab mashg'ulotga belgilangan vaqtda kelmaydi. SHunda Belgiya FF ikkilanmasdan uni 2 yilga diskvalifikaciya qiladi. Ko'plab tanqidlar bo'ldi. Agar shu ish qilinmaganida, ikkinchi futbolchi hayolidan o'tkazardi, nega u kech keladi-yu, men vaqtida kelishim kerak degan. Natijada tizim buziladi. Yoki Franciya terma jamoasini olaylik, butun tarkibni almashtirib tashlashdi. Futbolda almashtirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q.

- Bizning MTJ JCHga chiqishni istayotgan ekan, demak yoshlikdan tartibimizni yaxshilashimiz kerak?
- Futbol shunday narsaki, unda o'rganishdan to'xtab qolish kerak emas.



- Yoshlikdan topilgan pul futbolchini qanchalik buzishi mumkin?
- Agar yoshlikda futbolchiga biz kattalar to'g'ri yo'l ko'rsata olsak pul uni buzmaydi. Pulni to'g'ri sarflashni yoshlikdan o'rganish kerak.

- Italiya futbolidagi OAVning o'rni qanday? Bizda hamma futbol kishilari ham OAVni hurmat qilmaydi?

- Nega?

- Bilmasam, lekin so'nggi ikki yilda oldinga qadam tashlangandek.
- To'g'risini aytsam siz meni mehmonga taklif qildingiz, hammasi professional ko'rinishda bo'ldi. Ofisingizga tashrif buyurdim, o'sish katta. Siz kabi yoshlar bugun OAVda ko'rinmayotgandirsiz, lekin yillar o'tgach qanchalik katta ish qilganingizni ko'rasiz. Futbol kishisi o'zini OAV xodimidan ustun qo'yish kerak emas. U ham shu sohaning vakili. Futbolchi OAVsiz o'z nomiga ega chiqa olmaydi. OAV bo'lmasa na muxlis, na xorijdan skaut seni payqaydi. Futbolni tana deylik, OAVsiz futbol, bu qo'lsiz tana.

- Klublarning matbuot xizmatiga bo'lgan etibor ham yuqori emas. Bazan xorij klublarining rahbarlari o'z jurnalisti bilan bir tovoqdan taom eyishini ko'rib havasimiz keladi. Italiyada matbuot kotibiga bo'lgan etibor qanday?

- Italiyada hamma jamoada ishlar zo'r yo'lga qo'yilgan deya omlayman. U erda ham endi o'sishga erishayotgan klublar bor. Lanchanoni olaylik. Matbuotimizda bir qiz ishlardi. C-Seriyada ishtirok etayotganimizda u o'zining qiziqishi bilan klubga yordam berib yurdi. Bazi suhbatlarimizda puldan qiynalishini aytardi. Unda ham moliya tomonidan qiyinchilik bo'ldi. B-Seriyaga chiqqanimizdan keyin Lanchano o'z imidjini himoya qilishi va Italiyada nomiga ega bo'lishi uchun matbuot xizmatiga katta etibor bera boshladi. Agar bizning klublarimiz ham matbuot xizmatiga katta etibor berishsa va saytlarida o'z shaharlarini chiroyli qilib yoritib bersalar, yurtimizga kelishi mumkin bo'lgan legionerlarning sifati oshadi. Masalan ko'hna shahar Samarqandning Dinamo jamoasi. Agar klub saytida buni ochib bera olinsa, bu erga keladigan yaxshi o'yinchilar soni oshadi.

AGENTNING ALDOVI

- Italiyada ko'p marotaba jamoa o'zgartirgansiz, buning sababi nimada?
- Yoshlikda xato qilasan. Atrofdagilarning gapiga ham kirganman. Lekin aybni ularga to'nkash niyatida emasman, boisi so'nggi qarorni o'zim qabul qilar edim. Veronada qolishimni muxlislar ham istashar edi. Agentim esa Peskaraga ketishimni aytdi. Keyin Jenoaga o'tdim. Futbolchi uchun ko'p jamoa almashtirish yaxshilikka olib kelmaydi.

- Siz tark etgan klublar keyinchalik A-Seriyaga chiqqanlar, alam qilganmi?
- Jenoada o'ynaganimda A-Seriyaga chiqdik. B-Seriyada yaxshi mavsumni o'tkazganimni eslayman. Yoki Veronani olaylik, menga Italiyada eng yoqqan shahrim.

- Nima uchun Yuventusda muammoga duch keldingiz?

- Bu erda men va Budyanskiy ikkimiz xato qilgan edik. Biz Yuventusga tegishli bo'lib turgan paytimiz, agentimiz Rossiyadan taklif borligini aytadi. Biz esa Budyanskiy bilan uning gapiga kirib Rossiyaga ketdik. Agentimiz yoshlar bilan 5 yillik shartnoma imzolash mumkin emasligini aytib, aynitdi. Aslida, Yuventus qonun doirasida ish qilgan bo'lgan. Yuventus azosi bo'lganligimiz uchun Rossiyaning ko'plab jamoalari bizni o'z safida ko'rishni istagan edi. Biz esa bunga aldandik. Modji ikkimizga noto'g'ri ish qilayotganligimizni aytgan edi, ammo endi hammasi haqida gapirishdan foyda yo'q. SHundan keyin turinliklarning ishonchini yo'qotdik.



- Redjina safida A-Seriyada harakat qildingiz. O'tkazgan ikki o'yiningizdan biri Inter, ikkinchisi Yuventus bo'ldi. Nega Mocari sizni o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'yinlarda sinamagan?
- Aniq bilmayman. Uyimizda Parma bilan o'ynaganmiz. Stadion to'la muxlis. Har doim maydonga tushishni istar edim, ammo...

- Kalchopoli voqeasini eslasangiz?
- Bu paytda men tatil o'tkazish uchun uyga kelgan edim. Italiyadagi do'stlarimdan biri saytdagi xabarlar haqida o'qishimni aytdi. CHunki men tatil paytida futboldan tashqarida, oilam davrasida bo'lishni yoqtiraman. Bu voqealarni, achinish bilan yodga olaman. Bu ishda ishtirok etgan kishlar ro'yxatida men bilan birga futbol o'ynagan futbolchilar ham bor edi.

- Vino, spagetti, moda yoki opera?
- Avvallari yoshligimda modaga qiziqar edim. Spagettini esa boshida yoqtirmadim, keyin esa un oddiy makaron emasligini tushundim.

- Agar spagetti ringda palovga qarshi chiqsa?

- Palov nokaut qiladi, chin so'zim (kuladi).

BIZNIKILAR ITALIYADA TO'P TEPA OLADILARMI?

- B-Seriyadagi o'rtacha maosh haqida axborot bera olasizmi? Istedodli yosh o'yinchimiz u erda 20 000 AQSH dollari miqdorida maosh ishlay oladimi
- Yiligami?

- Yo'q, oyiga.
- Hozir B-Seriyada 1 yilda shuncha summani ishlash katta natija bo'lib qoldi. Avvalo Italiyaga keladigan futbolchi o'zini shu summaga mos o'yinchi ekanligini isbotlashi kerak. Jamoamizda Yuventusdan ijaraga kelgan futbolchilar bo'lar edi. Ular maoshni turinliklardan olishardi, oyiga 1500 evro. Agar hozir unga 20 000 evro maosh bersangiz, ertaga u o'yinchini topa olmaysiz.

- O'zbekistonga kelayotgan legionerlarning maoshi 10 000 AQSH dollarigacha etadi. Undan katta oladiganlar ham topiladi. SHu pulga, B-Seriyadan yaxshi italiyalik futbolchini olib kelsa bo'ladimi?
- Menimcha, ha. Lekin avval ularga taklif bilan chiqish kerak. Hayotda puldanda muhim narsalar bor. Masalan, O'zbekiston tarixiy mamlakat. Italiyanlar esa tabiatan qiziquvcha bo'ladilar. Men jamoadoshlarimga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarni suratlarini ko'rsatsam hayratga tushadilar. SHunday o'yinchilar borki, 1-2 yillik faoliyatini tarixiy shaharlarda o'tkazishga yo'q demaydilar. SHahsan men O'zbekistonda tug'ilganim bilan faxrlanaman. Jamoadoshlarim O'zbekiston haqida so'rasalar, darhol Roberto Vekkonini eslayman. Bu qo'shiqchini Buyuk ipak yo'li markazi Samarqand shahri haqida aytgan qo'shig'i Italiyada xit bo'lgan. Ular nahotki bu sening yurting bo'lsa deb hayratlanishadi. Agar taklif bo'lsa, ular O'zbekistonga kelishadi.

- Faoliyatingizni yakuniga etkazganingizdan so'ng aynan shu borada O'zbekiston futboliga hissa qo'shish niyatingiz yo'qmi? Bizning klublarimizga qaraganda, sizni Italiyada tanishlaringiz juda ko'p.
- Har bir kishining o'z rejasi bor. To'g'risini aytsam, men bu haqda o'ylab ko'rmaganman, xohish ham yo'q. Meni rejam boshqacharoq. O'zbekistonda Italiyada o'rganganlarim bilan o'rtoqlashmoqchiman, buning uchun faoliyatimni bolalar futbolidan boshlashni istayman. Ko'pchilik meni Italiyada qolib ketsa kerak deb o'ylaydi. Yo'q, men O'zbekistonni shu qadar sog'inganmanki, uning havosi, odamlari juda ham etishmayotganligini xis qilaman. SHuncha yil vatandan ayro yurganim etadi. Xalqobodda Sohibkorning sobiq bazasi bor. Nega shu erni oyoqqa turgazmay? Bu erda bolalarni futbolga jalb qilib turnirlar o'tkazsam deyman. Xalqoboddagi bazani ukamga tashlab ketgan edim. Islom Inomov bilan shu bazaga kelib yoshglimizni eslayman. Tennis o'ynar edik. Faoliyatimni yakunlasam, bu erda futbol maktabim bo'ladi.



Suhbatimiz yakuniga etgach futbolchi tahririyat xodimlari iblan yaqindan tanishdi. Hattoki men bilan Sony Plastation-3 o'ynab, yo ataylab, yo rostan mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvda Barselona Madridning Real jamoasi ustida 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Faoliyatini deyarli O'zbekistonda davom ettirishi aniq bo'lib turgan futbolchiga, bir kun o'tib Torino jamoasidan, Xorvatiyaga ijaraga berilishi sharti bilan taklif tushdi. Tabiiyki Zeytullaev bu taklifni rad etmadi va 3 kun o'tar o'tmas yana Evropaga uchib ketdi.


Futbolchining 11 kishidan iborat tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Rafael
Himoyachilar: Kassani, Amenta, Montero, Inomov
Yarim himoyachilar: Kamoranezi, Pesotto, Isroilov, Zeytullaev
Hujumchilar: Geynrix va Del Pero


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика