"KECHA, BUGUN, ERTAGA" mehmoni - Ilyos ZEYTULLAEV (I qism)
26 fev 2014 13:55
Yangiliklar
"KECHA, BUGUN, ERTAGA" mehmoni - Ilyos ZEYTULLAEV (I qism)
Saytimiz rejasida kichik o'zgarish bo'lganligi uchun, Kecha, bugun, ertaga loyihasi kichik tanaffusga chiqqan edi.
Gap shundaki, endi mazkur loyiha bir oyda bir marotaba o'quvchilar etiboriga taqdim etiladi.
Ilyos Zeytullaevni NBU Osiyo mashg'ulotlarida ishtirok etayotganligini bilib, jamoaning “Oq-Tepa” stadionidagi mashg'ulotlariga tashrif buyurdik. Maqsad, qahramonimizni uchrashuvga taklif qilish edi. Futbolni OAVsiz tasavvur qilib bo'lmaydigan Italiyada, tabiiyki OAVga bo'lgan munosabat alo darajada. SHunday bo'lsa kerak, ilk tanishuvimizning o'zidayoq, Zeytullaev intervyuga rad javobini bermadi. Kelishilgan kun futbolchi tahririyatimiz mehmoni bo'ldi.
YOSHLIGIM...
Yoshlik davrimda Angrenda futbol avjiga chiqqan edi. Hattoki ikkinchi liga musobaqalari qiziqarli kurashlarga boy bo'lardi. Otam 5-6 yil davomida ikkinchi liga jamoasida murabbiylik qilgan. Men Aleksandr Geynrix va Rufat Isroilov kabi do'stlarim bilan mashg'ulot o'tkazardim. Toshkent viloyati jamoalariga qarshi ko'plab o'yinlarda qatnashib tajribamizni oshirdik. 12 yoshimda ko'rikdan o'tish uchun ROZSKga keldim. 1998 yili murabbiyimiz Bahodir Toshmuhamedov qo'l ostida Germaniyada tashkillashtirilgan yig'inda ishtirok etdik. ROZSKga kirish oson bo'lmagan. Tanlovda Respublikamizning eng sara istedod egalari qatnashdilar. Germaniyadagi musobaqada jamoamiz sharafini Geynrix va Nesterov himoya qilgan edilar. U erda mamlakat o'smirlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqqanmiz. SHundan keyin meni Moskvaga, Akademika klubiga taklif qilishdi. U erdagi sharoitlar meni to'liq qoniqtirdi va jamoada qoldim. Avvaliga meni ROZSKdan qo'yib yuborishni istashmadi, ammo men o'zim uchun qaror qabul qilib bo'lgan edim. Moskvada havo sovuqligi bois, biz asosan xorijda mashg'ulot o'tkazib, turnirlarda qatnashar edik. Ayniqsa Franciyadagi musobaqalarda kuchli raqiblar bo'lar edi. SHunday turnirlar samarasi o'laroq Bordo ko'rigida bo'ldim. Jamoada qolishim aniq bo'lib ulgurgan bir paytda, klub Akademika bilan kelisha olmadi. Ko'p o'tmay Igor Korneev to'p tepayotgan Fiorentina klubi mashg'ulotlarida qatnashdim. Fiorentina safida kichik turnirda qatnashdim va Yuventus skautlarining nazariga tushdim. Men bilan Budyanskiy va Kovalenko ham Yuventus ko'rigidan o'tishdi. Bizning harakatlarimiz murabbiylarga maqul keldi va uch futbolchi 2001 yilning 1 iyunidan etiboran Yuventusning yoshlar jamoasi azosiga aylandik, - deydi Zeytullaev.
- Avvallari ROZSKga kirish juda qiyin edi. Tanlovda Respublikaning eng sara yoshlari qatnashar edilar. Hozir esa deyarli barcha viloyatda futbol akademiyalari ochilyapti. SHuning uchun ROZSKdagi raqobat u qadar katta emasdek, sizning davringizni eslasak...
- Bugungi holat haqida axborotga ega emasman. Ammo 15 yil avvalgi vaziyatni yaxshi eslayman. ROZSKga o'qishga kirish biz yoshlar uchun sharaf edi. Hammasi tabiiy va halol yo'l bilan amalga oshirilar edi. Haqiqatdan ham kuchli va istedodli bo'lgan futbolchilargina yakunda imtihondan muvaffaqiyatli o'tar edilar. Ayniqsa Surxondaryo va Namangan viloyatidan keladigan futbolchilar kuchli edilar.
- Daraxt kukunidan (opilka) iborat maydonni eslasangiz kerak?
- Albatta (kuladi). Kukunlarni Kamazda olib kelishar edi. Biz futbolchilar uni maydonga bir tekisda yoyib chiqar edik. Yomg'irli havoda undan chiqadigan hid kishiga zavq bag'ishlar edi. ROZSK haqida gapirsam, tartib qoida kuchli edi. Rusiyzabonlar o'zbek tilini, o'zbeklar esa rus tilini o'rganar edilar. Murbabiylarimiz ham kuchli mutaxassis edilar.
- O'zingizdan kattalarni mashg'ulotlarini kuzatar edingizmi?
- Bizdan katta yoshdagi jamoalarda Qayrat O'taboevni eslayman. 1982/83 yillarda tavallud topgan futbolchilarning o'yinlarini kuzatar edik. Huddi shunday, 1986/87 yillardagi yigitlar bizning mashg'ulotlarimizga kelishar edi.
- Siz uchta davlatning maktabini ko'rdingiz. O'zbekiston, Rossiya va Italiya. Deylik, uch davlatning 12 yoshli futbolchilari bir xildagi sharoitga egalar. Moddiy texnika bazasidan tortib, to murabbiyigacha. Bizning istedodlarimizni Italiyada bo'lgani kabi to'g'ri tarbiyalasak, o'z Tottilarimizga ega bo'la olamizmi?
- Men bir necha marotaba o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning jahon chempionatlaridagi o'yinlarini ko'rdim. Doimo o'zimiznikilarga ishonaman. O'zbekistondagi bolalarda istedod bo'yicha ko'plab davlatlarnikiga solishtirganimda ustunlikni ko'raman. Faqat texnikani aytmayman, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ham kamchilikni ko'rmayapman. 16-17 yoshga qadar O'zbekiston o'smirlari Italiya va Angliya bilan bir xil darajadagi saviyada bo'ladilar. Nima uchun Germaniyanini misol qilmayapman, ular biroz ustunlikka egalar. CHunki Germaniyada soat 9ga kelgin deyishdimi, 1 daqiqaga ham kechga qolmay borishadi. Senga yaxshi munosabatda bo'lishlarini istasang, sen avvalo atrofingdagilarga yaxshi munosabatda bo'lgin. Bugungi kunda biznikilar Italiyada ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishlariga ishonaman. Ammo, u erda o'ynab keta olish boshqa. Bunda ko'plab faktorlarni ko'rsatishim mumkin. O'zimdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, men tug'ma futbolchi emasman. Men bilan o'qigan Geynrix esa haqiqiy istedod sohibi. U bilan birga o'qidim, uni tomirida futbol qoni oqadi. Bunday o'yinchilar, nafaqat bizda, xorijda ham kam topiladi. Menda istedod yo'qmi, demak men asosiy tarkibga tushishim uchun mehnat qilishim kerak. Agar mehnatdan qochsam, meni oddiy fubolchidan farqim qolmaydi.
Mehnat orqasida yulduzlar orasida o'ynaganlar ko'p. Men sizga Yuventus himoyachisi Pesotto haqida aytib beraman. Bir safar u jarohat olib biz bilan shug'ullandi. Agar bizga uni Pesotto ekanligini aytishmaganida, biz uni o'sha Italiya terma jamoasi himoyachisi ekanligini bilmagan bo'lar edik. Ammo u bizdan kam bo'lmagan mehnatni qildi. Terma jamoaga nomzod futbolchi sifatida o'rinbosarlar bilan mashg'ulot o'tkazishni o'ziga ep ko'rmasligi mumkin edi, ammo bizning murabbiyimizning aytganlarini bajarardi.
Mashg'ulotlarimizga Braziliya va Argentinadan juda kuchli o'yinchilar kelishar edi. Ammo legioner bo'lish uchun yaxshi o'yinni o'zi kifoya emas. Oilangizni sog'inasiz, vatanni qo'msaysiz. Hayolingiz chalg'iydi. Legioner bo'lish uchun ruxan tayyor bo'lish kerak.
XATO
- So'nggi yillarda Italiyada katta transferlar kamayib ketdi.
- 20 yil avval futbolchilarga katta-katta summalar sarf qilinar edi. Hozir bunday imkoniyatga Ispaniyaning ikki klubi va Angliya jamoalari egalar. Bugun Italiyada mamlakat terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushib, 5-6ta gol urmagan yosh o'yinchiga katta summani sarf qilishmaydi. Mamlakat futbolida katta inqirozni kuzatyapmiz. Hozir Italiyaga kelayotgan futbolchi kamida 1 yil o'zini ko'rsatishi kerak. Pogbani misol keltirishim mumkin, avvaliga u Yuventus yoshlari safida juda ham kichik bo'lgan summaga o'ynadi, toki turinliklar uni to'liq asosiy tarkibga mos ekanligiga amin bo'lmaganliklariga qadar.
Agar bizning futbolchilarimiz ham Italiyada o'ynashini istasak, klubimiz rahbarlari ularning transferidan keladigan puldan voz kechishlari kerak. Yoki Feynord, Anderlext kabi klublarga berib yuborish orqali, ulardan keyinchalik O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun foydalanishimiz lozim. Hozirdanoq yosh futbolchilarning transferidan pul ishlasak, bu bino qurilishini tomidan boshlagandek gap. Hammaga malum, binoni qurish uchun, avvalo poydevor qo'yish kerak.
- Yaxshi legionerni etishtirishimiz uchun, yaxshi oliy ligaga ega bo'lishimiz kerak. SHuningdek, yoshlar turnirida ham saviya bo'lishi lozim. Ammo bugungi kunda asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilar, o'rinbosarlar safida yoshlarni o'rnini egallab qo'yishyapti.
- Yillar o'tib men ham yoshligimda qilgan xatolarni anglab etdim. Yuventusdagi yillarimni eslasam, navbat bo'yicha Anchelotti va Lippi bizga ustozlik qildi. Asosiy tarkibda Zidan, Tyuram, Trezegi va Del Pero kabi futbolchilar harakat qilishar edi. 2 yil avval ularning rasmlari meni ROZSKdagi xonamda osilib turardi. Yoshlar tarkibidagi musobaqalar ham kuchli bo'lar edi. O'rinbosarlar safida yoshim ulg'ayganidan keyin B-Seriyaning biron klubiga borib qo'shilishim yoki Rossiyaga qaytishim mumkin edi. Mening xatoim shunda bo'ldiki, Rossiyaga ketishni niyat qilib yarim yilni yo'qotdim. Aslida bu yoshda futbolchi uchun qaerda bo'lmasin, asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak. Keyin Redjina safiga kelib qo'shildim va bor yo'g'i 2ta o'yinda maydonga tushdim. Jarohatlar ham pand bera boshladi. Jarohatdan qutulib A-Seriyada yana asosiy tarkibga kirish bu juda qiyin ish. Keyin B-Seriyaning Krotone jamoasiga o'tib o'ynay boshladim va futbolchining faoliyatida o'yin qanchalik muhim rol o'ynashiga yana bir bor amin bo'ldim. 17-19 yoshda futbolchi haftasiga kamida ikkita o'yinda maydonga tushishi kerak.
Islom Inomovni misol qilib keltirishim mumkin. Uni internatdan ketkazib yuborishadi. Angrenda mashg'ulot o'tkazib yurganida Semurg' nazariga tushib, oliy ligada 30ga yaqin o'yinda maydonga tushdi. U paytlar oliy liga juda kuchli bo'lgan. 17 yoshida katta futbolda o'yin amaliyotiga ega bo'lib, avval Buxoro, ko'p o'tmay Paxtakor azosiga aylandi.
- Demak, yoshlik paytida o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchi, keyinchalik katta futbolda muvaffaqiyat qozona oladi?
- Atalanta yoshlarida to'liq o'ynagan futbolchi bu jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushmasligi mumkin, ammo u Empolidan o'rin oladi. O'z navbatida, yaxshi yosh futbolchi degani, bu keyinchalik asosiy tarkibda tushding degani emas. Men o'z yosh toifamdan kelib chiqib mashg'ulotlarda yaxshi harakat qilganligim uchun Redjinaning 18talik tarkibiga tusha boshladim. O'yin qaydnomasidan o'rin olgan futbolchi o'rinbosarlar jamoasida ishtirok eta olmas edi. Asosiy tarkibda esa maydonga tushmadim. Missi Rolli esa asosiy tarkibga kira olmas edi va o'rinbosarlar safida harakat qildi. Keyinchalik katta o'yin amaliyotiga ega bo'lganligi uchun bugungi kunda A-Seriyada faoliyat olib boryapti.
- Agar bir so'z bilan aytsangiz, Evropada murabbiy kim?
- Agar bir so'z bilan o'zim ishlagan murabbiylarimga tarif bersam, Maccarri - ruhshunos. Lippi esa yaxshi do'st. Anchelotti - o'yinchi. Gaspirinini filosof deb atagan bo'lar edim. Bu murabbiyimiz hayotdan ko'p misollar keltirar edi. Har bir murabbiyning o'z ish uslubi bo'lar edi. Maccarri asosiy tarkibning beshga yaqin futbolchisi chaqirib suhbatlashardi. Bir mavsumni chempionatni Redjina 11 ochko minus bilan boshlab, kuchlilar safida qolishni uddalagan. Bu mo'jiza edi. SHu jihati bilan ham Maccarri kuchli mutaxassis.
Davomi bor...

Fikrlar