"Kecha, bugun, ertaga" loyihasida 1 aprel hazili...
01 apr 2014 13:54
Yangiliklar

"Kecha, bugun, ertaga" loyihasida 1 aprel hazili...
Ishga kelib bolalarga bugun Jamshid Iskanderov "Kecha, bugun, ertaga" loyihasi mehmoni bo'ladi, dedim.
Undan avval xonani eshigini ocha turib, o'zimcha telefonda gaplashayotgandek bo'ldim.
- Ha, bo'ldi soat 13:00ga kel. SHokolad esingdan chiqmasin faqat. Buni bolalar eydida.
Odatdagidek kun... Soat 12:50da ikkinchi telefonimga o'zim qo'ng'iroq qildim.
- Jamshid, qaerdasan, ha, bo'ldi... hozir yigitlardan biri chiqadi.
- Tolib, institut oldiga chiqib tur, 5 daqiqa ichida kelishi kerak.
Tolib chiqib ketdi.
- Narzulla, tez "Akbar" choyidan damla. Zoir, sen piyolalarni mehmonlar uchun mo'ljallangan xonaga olib kir. Ilhom, sen kamerani tayyorla.
Hamma ish-ishiga yo'naldi. Hazil yanada tabiiy ko'rinish olishi uchun, uyda qolib ketgan fotoapparatimni eslab, o'zimni-o'zim koyigandek bo'ldim. Hamma laqqa ishondi.
5-daqiqa o'tar-o'tmas, Tolibdan qo'ng'iroq bo'ldi.
- Nodir aka, qaysi tomonda ekan, aytgan joyingizda ko'rinmayapti?
- Tolib, bir daqiqa sabr qil, hozir bilib aytib yuboraman.
5 daqiqa o'tib, Tolibga qo'ng'iroq qildim va bo'ldi, kelaver, boshqa tomondan kelibdi, dedim...
Biroz o'tib suhbatxonada hamma jam, faqat Jamshid kam ))
.. Boshqa chiday olmadim, kulib yubordim...
SHunday ajoyib ijodiy guruhimiz bor bizni... Ha aytganday Xayrullo Xoliqov Iskanderov uchun mahsus savollar tayyorlashga kirishgan edilar...
Nodirxo'ja Yuldashev

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar