Kecha, bugun, ertaga. Kamoliddin MURZOEV: Muomalani puldan ustun qo'yaman II qism (video)
03 sen 2013 12:00
Yangiliklar
Kecha, bugun, ertaga. Kamoliddin MURZOEV: Muomalani puldan ustun qo'yaman II qism (video)
Kamoliddin Murzoev bilan bo'lib o'tgan intervyuning birinchi qismini mutola qilgan o'quvchilarimizni ikkinchi qismga taklif etamiz.
SOG'INCH, DAVLATOV, “BUNYODKOR”...
– SHunday asabiy paytlarda yoshligingiz o'tgan Metallurgdagi hayotingizni sog'inasizmi?
– Nafaqat bunday pallada, har doim sog'inaman. Bazan yosh bola bo'lib faqat futbol o'ynashni sog'inasiz.
– Metallurg mavzusini eslasak, 17 yosh uchun yaxshi natijaga erishgansiz…
– Bekobodda SHavkat Saidov degan ustozim juda ko'p maslahatlarni berganlar. Atrofimda yaxshi odamlar ko'p bo'lgan. Bazi murabbiylar meni o'ynatmasdi, ammo bir gap bilan katta maslahat berib ketishardi. Metallurgda Kaprov, Valickiy, Rustam aka Mirsodiqov, Sakaev, Hikmat aka Ergashevning maslahatlaridan kam bo'lmadim.
– Paxtakor va Mashal. Yakuniy tanlov Mashal bo'lgan…
– SHavkat aka Saidovning maslahatlari bilan Bahrom Davlatovning taklifini qabul qilganman. Hali mavsum yakuniga etmasdan avval muborakliklar menga qiziqish bildirishgandi. Taklif birinchi bo'lib Mashaldan kelgan edi.
– Har qanday binoni qurish uchun katta vaqt talab qilinadi. Lekin uni buzishdan osoni yo'q. Davlatov ko'p yillar davomida Mashalda katta baza yarata oldi, ammo u ketgach… Mashal hozir quyi ligada. Umuman, Bahrom Davlatovni o'zbek futbolida tutgan o'rni. Davlatov futbolchilarni ko'ra biladi. Bu esa mutaxassisdan katta bilim talab qiladi. Qolaversa, avvalgi Mashal hozirgi Bunyodkorni chempionliklarida katta hissa qo'shib kelyapti.
– Mashal ko'p futbolchilarga tramplin bo'ldi-yu, o'zi katta maqsadlarga erisha olmadi. O'z tarbiyalanuvchilarini saqlab qola olmadi. Lekin Mashalning o'z bazasi bor va u sinmaydi. Bahrom Davlatov u erda haqiqatdan ham katta maktabga asos soldi. Vaqt o'tgani sayin Mashal tarbiyalanuvchilari ko'plab klublarimizda o'ynayverishadi. Bunday jamoa yo'q bo'lib ketmaydi.
– Bahrom Davlatov kabi mutaxassisning o'zbek futbolidan chetga chiqib qolishini men minus deb hisoblayman. Agar bizning futbolimizda mutaxassislar ko'pchilikni tashkil qilsaki, uning yo'qligi bilinmasa…
– Ko'p bo'lgan taqdirda ham u mutaxassis! Odamning ichidagi bilimi uchun ham xurmat qilish kerak. Balki biz bilim borasida kattalardan ustundirmiz, ammo ko'rish borasida ulardan ortdamiz. Aytishadi-ku, bitta bo'lsa ham ko'p ko'ylak yirtgan deb. Bahrom Boyjonovich ham ko'p narsa qila oldi. Har kim ham unday yoshlarga katta etibor bera olmaydi. U mutaxassis va o'z sohasida ishlashi kerak.
– Bo'lib ham,Muborakda maktab yaratish, cho'lning markazida. SHahar markazida bu ish oson kechadi, ammo hamma ham cho'lga boravermaydi, to'g'rimi?
– Kamdan-kam futbolchi uzoq masofada to'p tepishni istaydi. Mashalda to'p tepadigan futbolchi asosiy vaqtini yo'lda o'tkazib qo'yadi.
– Sizning faoliyatingizga eng katta tasir o'tkazgan murabbiy kim?
– Deyarli hamma. Har bir davrim uchun yaxshi murabbiylarga uchradim. Yoshligimda ham, oliy liga klublarida ham. Har bir paytda menga ustozlik qilgan murabbiylar katta yordam berishdi va buning uchun ularga minnatdorchiligimni bildiraman.
– Hozir ham faoliyatingizni Bunyodkorda davom ettirishingiz mumkinmidi?
– Mumkin edi. Lekin o'zim Mirjalol aka Qosimovdan ruxsat berishlarini so'radim. Yaratilgan sharoit borasida hech qanday muammo yo'q edi. Ammo gol ura olmayotganim uchun qiynaldim. Bu borada murabbiyimizdan maslahat ham oldim. Klubni almashtirishim pul uchun emas, inson sifatida o'sishimga kerak ekanligimni tushungan edim.
– Ijara asosida yarim yil Bunyodkorda o'ynadingiz, qaytish hato bo'lmaganmidi?
– Nima deb aytsam ekan, futbolchi doim yaxshi narsaga intiladi. Nasafda ham qolishim mumkin edi, ammo kelishuv davrida shartnoma tuza olmadik. Menga aytilgan gaplar qog'ozda aks etmadi. Qaytishim esa xato bo'lmadi, aksincha, bu erda yaxshi davrlarni o'tkazdim. OCHLda o'ynadim, umuman yaxshi bo'ldi.
SAVIYA, OAV, MUXLIS...
– Afsuski, so'nggi yillarda oliy liganing saviyasi ko'plab omillarga ko'ra orqaga qarab ketayapti. Muxlis uchun oliy ligani qizig'i qolmayapti…
– Muxlislar TV orqali ko'rishayotgan Ispaniya va Angliya chempioatini oliy liga bilan solishtirishni boshlashdi. Biz ham maydonga chiqib kelganimizda muxlis bo'lmasa kayfiyatimiz buziladi. Struktura borasida Qozog'istondan juda katta ustunlikka egamiz. Klublarga berilayotgan etibor tufayli deyarli barcha klublarimizni o'z stadioni va bazalari mavjud. Lekin bazi jabhalarda ortda qolayapmiz.
– Menimcha, oliy liga jamoalarida yangi tizimni qabul qila olmayotgan va qabul qilishni istamayotgan rahbarlarning ko'pligi. Qon almashtirish davri kelgandek... O'z paytida Babayan va Davlatov futbolimizga kelishganida ancha yosh bo'lishgan. Yuqorida takidlaganingizdek, bizda struktura, baza va eng muhimi istedodlar bor. Klublarni yoshlarga topshirish vaqti kelgandek…
– Futbolga yangilik kiritish shart emas. Reklamaga etibor berilmaydi. Yoki olaylik, bir turda oliy liganing nechta o'yini TV orqali namoyish qilinyapti? Afrikada Bekxemni qaerdan tanishyapti, hammasi targ'ibot orqali-ku! Bir yilda Paxtakor yo Bunyodkor bilan bo'lib o'tadigan o'yinlarda muxlis futbolchisini ko'rishi mumkin yoki MTJ tarkibida. Bekobodlik muxlis o'z jamoasidan boshqa klubning futbolchisini taniydimi?
– FIFA.uz qiziqish ortirdimi?
– Albatta. Avvaliga tanimagan o'yinchingiz Sizga katta ochkolarni keltirdi, keyin u bilan ishtirokchi tanishishni boshladi. Men o'zim yoshligimda O'zbekiston futboli degan gazetada jamoalarning ro'yxati bilan tanishar edim. Hozir TV rivojlangan davrda Namanganda turib, SHo'rtan futbolchisini tanimaymiz. Bazan yoningizda bir futbolchi turadi, ammo Siz uni tanimaysiz.
– Lekin ko'p futbolchilar tadbirlarimizda ishtirok etishdan bosh tortishadi…
– OAV va futbolchi birgalikda futbolni rivojlantirishi kerak. Bazi futbolchilarimiz tadbirlarda ishtirok etishdan uyalishadi. Aksar vaziyatlarda esa OAVning bazi vakillarini futbolchilarga bo'lgan munosabati yaxshi emas. Menimcha, birlashadigan payt keldi.
– To'g'ri, katta xato nimada bo'lyapti-ki, muxlis fikri jurnalist fikri sifatida chiqib ketyapti.
– Jahl ustida aytilgan gap boshqa, aql bilan aytilgani boshqa. O'zbek futboli ichida yomon inson yo'q. To'g'ri, guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Lekin men bilganlarimning hammasi tarbiyali. Bizning o'zbekistonliklar vatanim deydi, ota-onam deydi. CHetga chiqib ko'ring, o'zim bo'lsam deydi. OAVning targ'iboti orqali stadionlar muxlislarga to'ladi. Muxlislarning kamayib ketishiga yana bir sabab, jamoalarda mahalliy futbolchilarning kamayib ketayotganida. Mayli yutqazsa ham o'sha bola o'ynasin, faqat muxlislar buni to'g'ri tushunishsin. SHunda stadionga muxlisning kelishi ko'payadi, natija ham ortadi.
– Yaqinda bir jurnalist championat.asia saytiga o'z fikrini bildirar ekan, bizni paxta qo'yuvchi deb atadi. Emishki tanqid yo'q. Lekin yomon, yomon deyaversangiz yaxshi ham yomon bo'lib ketadi. Meyorni ushlagan holda maqtab ham turish kerak. Bu mening strategiyam!
– Mutaxassis darajasida tanqid qilsangiz bu boshqa. Tanqid futbolchi foydasiga o'ynashi mumkin, tanqidga olingan futbolchi taniladi. Lekin hamma ham tanqid qilishdan oldin futbolchini yaxshi o'rganyaptimi? Tanqid orqali o'z nomini chiqarib olish maqsad bo'lib qolayotgandek. Yaqinda meni jiddiy tanqid ostiga olishdi. Mayli, kel, men bilan suhbatlash. O'yinni ko'rib, jaxl qilib maqolani jahl ustida yozib tashlash kerak emas-ku! Bu narsa futbolchiga juda og'ir botadi. Uni yaqinlarimiz o'qishadi, oila azolarimiz fikr bildirishadi. Futbolchining xarakterini bilmaysan, u bilan suhbatlashmagansan. Bu uni qoralab tashlash kerak degani emas-ku. Bazi futbolchilar intervyu berishga qo'rqib qolishgan. Saytlardagi fikrlar juda ommalashib ketdi. Lekin o'sha fikrni kim bildirayotganini bilmaymiz-ku, balki u sakkiz yoshli bolachadir. Hozir saytingizga Krishtanu Ronaldu haqida bitta xabar yozing, qanchadan-qancha fikr bildiriladi. Toki, o'zbek futboliga oid jiddiy qoralab yozilgan maqola bo'lmasin, boshqa xabarlarga solishtirsangiz fikrlar soni juda kam. Lekin bu o'yinchilarga jiddiy tasir qiladi. Hozir futbolchi, men kimman? degan savolga javob topish uchun o'zi haqida chiqqan xabar tagidagi fikrlarni o'qiyapti. Futbolchi bo'lish oson emas, biz sog'ligimizdan voz kechamiz, oila azolarimizdan ayro yuramiz. Olayotgan jarohatlarimizda katta og'riqni his qilamiz.
– Bu borada Qozog'iston chempionatini solishtirganda-chi?
– Menga yoqqan jihati shunda bo'ldiki, premer liga o'yinlarining deyarli hammasi internet orqali to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilar ekan. Bu menga juda maqul keldi. Barcha o'yinlarni to'g'ridan to'g'ri ko'rish imkoniyatiga egasiz.
– Bizni yana bir oqsayotgan tomonimiz shunda-ki, futbolchilarni rag'batlantira olmayapmiz. Ramziy terma jamoaga tushish yoki oyning Eng yaxshi futbolchisi bo'lish…
– Bu katta stimul. Katta etibor. Sovg'a qimmatbaho bo'lishi shart emas. Lekin buni ham haqiqatparvarlik bilan amalga oshirish lozim. Buning uchun viloyatdagi muxbirlardan adolat talab qilinadi. Ramziy terma jamoadan o'rin olish masuliyatni oshiradi.
Yodingizda bo'lsa, Davron Fayziev muallifligidagi Turdan turgacha ko'rsatuvida ramziy terma jamoa elon qilinayotgan edi. Buni yaqinlarimiz ko'rishadi. O'z navbatida selekciya uchun murabbiyning ko'zi bo'lasizlar.
– Kuni kecha Rossiyaning bir qator saytlari Denisovni ramziy terma jamoa ro'yxatiga qo'shdilar. Bu haqdagi axborotlarni tarjima qilib sayt va gazetalarda bosdik. Vaholangki, o'zimizning qora ko'zlarni ham shunday targ'ib qilish borasida oqsayapmiz.
– Aslini olganda bu oddiy ish. Lekin haqqoniylikni talab qiladi.
Masalan olaylik, yil tugadi. Hozir medallarni qo'lga kiritgan jamoalar mavsum yakuniga bag'ishlab dasturxon tuzaydi. Hamma jamoa shunday qilsin, mayli eb ichish uchun narsa qo'ymasin. Faqat etiborni oshirish kerak. Ikki og'iz shirin gap. Bitta gap bilan borsan, bitta gap bilan yo'qsan, bejizga bu gapni aytishmagan. Mana o'ziz bir o'ylang, Realni boshlig'i jamoa mag'lubiyatga uchrasa echinish xonasiga kirib so'kadimi? Bizda, har bir mag'lubiyatdan keyin kutamiz. Yuting-chi, o'sha rahbar kiradimi. Qani endi kirsa (kuladi).
– Irtish o'yinlariga muxlislarning stadionga tashrifi qanday?
– Futbol mahalliy ishqibozlar uchun xalq sayili ekan. Stadion atrofida ishqibozlar oilaviy dam olib, eb-ichib o'tirishadi. Ikki yil avval kabob sotishni man qilib qo'yishibdi. Bundan ko'pchilik norozi. Kabobsiz ham futbol bo'ladimi deganlarni ko'p uchratyapman.
– OAV-chi?
– Bugungi kunda qozog'istonlik ishqibozlar ECHL va Evropa Ligasi saralash o'yinlari bilan yashashyapti. Biz ham OCHLni katta bayram sifatida kutardik. Muxlislar, fotomuxbirlar va jurnalistlar ko'payib ketishardi. Stadiondagi kameralar soni ortardi, o'zingizni rostakam fubolchidek xis qilasiz-da. O'zbekiston chempionatiga chiqsangiz, xuddiki o'rtoqlik uchrashuvi. Qolaversa, muxlislarni stadionga qaytarish borasida ishlarni amalga oshirishimiz kerak.
Kamoliddin Murzoevning yulduzli tarkibi: P.Bugalo, V.Denisov, X.Karimov, A.SHorahmedov, O.Ahmedov, L.To'raev, I.Qurbonov, A.Aliev ("Dinamo" Kiev), V.Karpenko, A.Soliev va K.Murzoev.
Menimcha, bu intervyu avvalgilardan ancha farqli bo'ldi. Kamol bilan suhbatlashar ekanmiz, vaqt o'tganini bilmay qoldik. Aslida Murzoev ofisimizga tashrif buyurarkan, 20 daqiqa ichida savollarimizga javob berib ortga qaytishni rejalashtirayotgan edi. Ammo suhbatga o'zi shu qadar berilib ketdi-ki, qanday qilib ikki soat vaqt davomida o'tirganini bilmay qoldi.
Kecha, bugun, ertaga loyihasining keying mehmoni, Ilhomjon Suyunov bo'ladi.
Nodirxo'ja Yuldashev
Foto: Doniyor SHaripov
Fikrlar