So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Kecha, bugun, ertaga. Kamoliddin MURZOEV: Muomalani puldan ustun qo'yaman I qism Yangiliklar

Kecha, bugun, ertaga. Kamoliddin MURZOEV: Muomalani puldan ustun qo'yaman I qism

Championat.asia saytiga o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilarning tashrif buyurishlari odat tusiga aylandi.
Akmal Xolmatov va Aleksandr Pishurdan so'ng, sayt ofisiga Kamoliddin Murzoev qadam ranjida ayladi. Kamoliddin bilan suhbat bu qadar samimiy bo'lishini ochig'i kutmagan edim. SHu kuni yil o'rtasida Qozog'istonning Irtish jamoasi vakiliga aylangan Murzoevni nafaqat futbolchi, balki o'z sohasining mutaxassisi ekanligiga amin bo'ldim.

OMAD, MENTALITET, KUMIKOV...

– O'zbekistondan ketishdan oldin bergan intervyungizda muhitni o'zgartirsangiz o'zingizda o'zgarish bo'lishi mumkinligini aytgandingiz. Kutilgan o'zgarish bo'ldimi?

– Aslida yil boshida jamoani almashtirsam bo'lardi. Ammo bazi sabablarga ko'ra, bu ish amalga oshmay qoldi. Oila jihatdan ham jamoani almashtirishga tayyor emas edim. Qolaversa, Bunyodkor men uchun qadrli jamoa bo'lib qolgan. SHunga qaramay, yil o'rtasida jamoa almashtirdim. U erda Ulug'bek Baqoevning menga ko'rsatgan yordami katta bo'lgani uchun Irtish muhitiga tezda ko'nikib ketdim. Jamoada yig'ilgan futbolchilar ham meni yaxshi kutib oldilar. Baqoevni Qozog'istonda tutgan o'rni menga qo'l keldi. Afsuski, 6-turda jarohat oldim. Meni maydonni o'zidan to'g'ri kasalxonaga olib ketishdi, hayriyat keyinchalik hammasi o'z o'rniga tushib ketdi.

– Baqoevning yordami haqida to'xtalib o'tdingiz. Irtishda Siz kabi Baqoev ham legioner futbolchi. Sizga yordam qo'lini cho'zish orqali o'z o'rnini yo'qotish ehtimoli ham yo'q emas…
– Agar Baqoev o'zini kuchsiz o'yinchi deb hisoblaganida meni qo'llab-quvvatlashi zarariga o'ynardi. Ammo u Qozog'istonning eng kuchli legioner hujumchisi hisoblanadi. Irtishda jamoaviy o'yin katta rol o'ynayapti. Murabbiy uchun esa ikkimizning bir vaqtda asosiy tarkibdan joy olishimiz yaxshi edi. Qolaversa biz ikkimiz bir-birimizni yaxshi tushunamiz.

– Evropada katta sensaciya sohibi bo'layotgan Viktor Kumikovni O'zbekistondagi ishi o'xshamagan edi. Mashal va Nasaf tarkibida ko'plab futbolchilar uning mashg'ulotlaridan nolishardi. Guvohi bo'lyapmiz, u yomon murabbiy emas ekan. O'sha vaqtlarda, uning shogirdi sifatida aytsangiz, uning rejasi nima uchun bizda amalga oshmadi?
– Kumikovning talabi juda katta edi. Kerak bo'lsa, bir kunda ikki mahal trenajyor zaliga kirar edik. Bunday katta hajmda mashg'ulot o'tkazadigan futbolchi uchun maydonda to'p tepish biroz qiyin bo'ladi. Aslini olganda, Kumikovga O'zbekistonda katta imkoniyat berilmadi. Nasafga o'tganidan keyin darhol natija talab qilindi. Uning muvaffaqiyatiga ozgina vaqt etmadi. SHaxtyor o'zining uchinchi yilida katta natijaga erishdi. Bugungi kunda u o'z tarkibiga eng baquvvat futbolchilarni yig'ib olgan. Asosan jismoniy tayyorgarlikka katta etibor beryapti. Bizda esa texnika katta ustunlikka ega. Qozog'istonda tezkorlik va to'p uchun har qadamda jiddiy kurash bo'ladi. Doimo izlanishda bo'lgan murabbiyimizning tungi ikkida ham xonasida chiroq yoniq  bo'lardi. Kumikovning yutug'i jamoani raqibga qarshi jiddiy tayyorlay olishida. Ko'p hollarda  o'zimiz Kumikov so'ragan ishni bajarib bera olmasdik. Agar biz Mashal va Nasaf safida to'p tepayotganimizda uning aytganlarini to'liq bajarganimizda natijalar ham ancha yaxshi bo'lgan bo'lardi.




– Kumikov harchand urinmasin, futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligini yuqori plankaga olib chiqa olmadi. Demak, Kumikovning talablari bizning mentalitetimizga to'g'ri kelmagan?
– Bizdan farqli ravishda murabbiy uzoqni o'ylab ish qiladi. Uning maqsadi kelayotgan o'yinni emas, mavsumni yuqori notada tugatish. Jamoamizda mana shu borada muammo bo'ldi deb o'ylayman. U berayotgan mashg'ulotlarni to'liq his qilmadik va o'yinga engil chiqishni o'yladik. SHunday xayol bilan uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiyni hammaning oldida futbolchilarni koyishini ko'tara olmaganlar bo'ldi. Qishda Viktor Kumikovning mashg'ulotlaridan o'tish juda murakkab ish edi. Mana bugunga kelib uning bizga bergan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha nagruzkasi foydamizga xizmat qilyapti. Nafaqat menda, balki Qashqadaryoda to'p tepgan boshqa jamoadoshlarimga ham. Masalan, bugungi Nasafni o'yinini ko'ring. Murabbiy o'zgargan bo'lsa-da, Kumikovning uslubi to'liq o'zgarib ketmagan. Biz uni o'sha paytda to'g'ri tushunmagan ekanmiz. CHunki, Irtish yulduzlarga boy bo'lmasa-da, murabbiyning aytganini bajarib muvaffaqiyatga erishyapti.

– Uning o'rgatganlari hozir Sizga Qozog'istonda asqotyaptimi?
– Albatta. Nafaqat Qozog'istonda, balki so'nggi yillarda O'zbekistonda ham asqotdi. Faqat boshida bizni urishishini hazm qila olmagandik. Bu esa bizning aybimiz ekan.

– Dastlab faoliyatingizni hujumchi sifatida boshlab, keyinchalik sal orqaroqqa ko'chdingiz. Lekin Siz xalq uchun hujumchi sifatida tanildingiz va sizdan gollar talab qilishdi. So'nggi yillarda gol urishingiz keskin tushib ketishiga nima sabab bo'ldi?
– Bu narsaga aniq bir fakt yo'q. SHunday holatlar bo'ldi-ki, ochiq darvozaga gol ura olmadim. Buni amplua almashtirishimga aloqasi yo'q. CHunki men himoyachi roliga o'tib olganim yo'q-ku! Bazan jamoadoshlarim, men engil vaziyatda emas, qiyin vaziyatlarda gol urishimni aytib hazillashishardi. 2-3ta o'yinda gol ura olmaganingizdan keyin asabingiz buziladi. Insonmiz, psixologiyamizga tasir o'tkazadi. Bilmadim, omaddanmi bu yoki boshqa. O'zim ham qiynaldim, ishonchsizlik paydo bo'ladi. Bitta gol urib olganimdan keyin yana shu seriya…

– Gol urmaganingiz bilan hujumdagi sherigingiz uchun ko'p imkoniyat yaratib berayotgan edingiz. Yani o'yin uslubingizdan kelib chiqib siz ikkita himoyachini o'zingiz bilan olib yurdingiz. Balki Sizning o'yiningizga mos taktika bo'lmagandir?
– Maydonga tushgan futbolchi hamma narsani unutishi lozim. Gol uradimi yoki yo'q futbol o'ynash lozim. Ko'p hollarda menga himoyachini chalg'itish vazifasi yuklatilardi. Lekin men hujumchiman va bu vaziyatdan ham gol urib chiqib ketishim lozim edi. Bu ko'proq saviya va tajribaga borib taqalsa kerak. Mana hozirgi jamoamda men nominal hujumchiman, Baqoev esa chalg'ituvchi rolida. Bu erda biroz engillikka erishdim.

– Saviya haqida gap ochdingiz. Siz va Sizdan katta avlod asosan shaxsiy qiziqish tufayli katta futboldasizlar. Bizda shunday payt bo'ldi-ki, bolalar futbolida orqaga ketish kuzatildi. 2002 yilga kelib esa ilk professional futbol maktablari yaratila boshlandi. Paxtakor va Mashal bunga misol bo'ladi. Bugunga kelib deyarli barcha klublarimizning futbol maktablari bor. Balki jiddiy maktabning bo'lmaganligi Sizlarni bugungi kundagi holatingizga sabab bo'layotgandir?

– Bugungi kunda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor juda ham katta. Bizning davrimizda bitta to'p bilan shug'ullanardik. Tabiiyki bunday paytda mashg'ulot ikkiga bo'linib futbol o'ynash bilan o'tadi. Maktab ko'rmadik, vaholangki, ilk saboqlar maktabda olinishi kerak.Hozirgi yoshlar maktabdan ko'p narsani o'rganib chiqishyapti. Biz esa futbol maktabi nima ekanligini bilmadik. Yoki bo'lmasam hozir bir kunda 10tagacha o'yin ko'rishingiz mumkin. Bundan ham katta saboq olasiz.



DAVR, JAROHAT, MUOMALA...

– Har bir futbolchining o'z davri bo'ladi. Sizning yoshlik davringiz…

– Maktab maydonida shug'ullanish bilan futbolga kirib keldik. Metallurgda ham avvallari bunday sharoit bo'lmagan. Lekin murabbiyimiz har doim vaziyatdan chiqib ketish uchun turli mashg'ulotlarni berardi. Bekobod shahriga kiraverishda Bekobod degan kirish darvozasi bor. SHu ergacha kross chopardik. Sahar 5da yig'ilgan kunlarimiz bo'lardi. Sovuq paytlari issiq trubalarda isinib o'tirardik. Keyin maktab... Metallurg jamoasiga kelganimda butsam bo'lmasdi. Hattoki yoshlar terma jamoasi mashg'ulotlariga chaqirishganida ham bunday imkoniyatga ega bo'lmaganman. SHunda Cementchi jamoasining bir futbolchisini butsasidan foydalanib turardim. Keyin dadam butsa olib berdilar. O'rinbosarlar kuni men kiyardim, ertasi kuni esa asosiy tarkibdan butsasi yo'q jamoadoshim (kuladi). Bugunga kelib kuniga getri almashtirasiz. Avvallari bitta getrini talashardik.

–  Bazan jarohatlar ham bo'lib turadi. SHunday pallada futbolni boshqa kasbga almashtirib yuborish fikri bo'lganmi?
– Yo'q, chunki boshqa ish qila olmayman, majbursiz tuzalishga (kuladi). Aqlimizni tanibmiz-ki, hayotimizni futbolga bag'ishlab kelayapmiz. Aksincha, tezroq sog'ayishga harakat qilamiz. 1 oydan beri futbol o'ynamayapman, shunchalik sog'inyapmanki... Kattalar aytishardi, futbolchilik faoliyatini yakunlaganingdan keyin uni qattiq sog'inasan deb. Kuni kecha Bunyodkordagi jamoadoshlar bilan uchrashdik. Kecha birga edik, bugun boshqa-boshqa jamoalardamiz.

– Jarohat olganda Qozog'iston va O'zbekistonda futbolchiga bo'lgan munosabat o'rtasida farq bormi?
– Katta farq bor deb o'ylamayman. To'g'ri, bazi rahbarlar bo'ladi: futbolchidan umidini uzadi va unga etibor qaratmaydi. Lekin futbolchi shu jamoa uchun jarohat olganini unutmaslik kerak.

– Bunga ikki tomonlama qarash mumkin. Siz to'p tepgan jamoalar doimo o'z futbolchilariga yaxshi munosabatda bo'lganlar. Ammo shunday futbolchilar bor-ki, har yili jamoasini o'zgartiradi. Bir jamoada muqim o'ynamagandan keyin rahbar uni tuzatgisi ham kelmaydi?
– Qaysi futbolchi bir jamoada uzoq o'ynashni istamaydi deysiz? Hozir futbolchilarni tezda jamoa almashtirishlariga sabab rahbarlar tomonidan berilayotgan vadalarning bajarilmayotganligidir. Masalan, 2 yillik shartnoma tuzishning afzal tomonlari katta. Mavsum tugaganidan keyin uyimga borib dam olaman va yana shu jamoaga qaytib kelaman. Ammo ko'p jamoalar bunday qilishmayapti-ku! 6ta jamoadan boshqa klublarda futbolchilarning puli qolib ketyapti. Mana Yuventusni olaylik, 1 ligaga tushib ketsa ham futbolchilari ketmadi-ku, sababi ularda ishonch bor edi.




– Gapingizga qo'shilaman, ammo men aytgan o'sha futbolchilar ishonchli jamoa vakillari emas, o'rtamiyona jamoani o'rtamiyonaga almashtiryaptilar.
– SHunday narsa bor-ki, bo'sh yurgan futbolchiga osmonlarni vada qilishadi. Sizning hech narsangiz yo'q va ishonasiz. Kissangiz esa bo'sh. Oilangizni o'ylaysiz. O'zbekistonlik aksar futbolchilar o'z oilasini ustun qo'yadi va puli bo'lsa yon atrofdagilarga ham qarashadi. Balki shuning uchun ular o'zlariga yaxshi bo'lgan taklifni tanlashga harakat qilishyapti.

– Lekin o'sha vadalar gapligicha qolib ketyapti. Bir yil davomida Qizilqumda faoliyat olib borib shuni ayta olamanki, eng past jamoalarimizda olinayotgan maosh, oddiy o'qituvchinikidan ancha yuqori! Balki futbolchi 5 oylab maosh olmas, lekin yil boshida yo'q deganda 20 mln. so'm miqdorida ko'tarma puli  oladi. Balki futbolchilarimizga sabr etishmayotgandir? Boriga qanoat qilib, bir jamoada kamida 2 yil o'ynab, stabil bo'lgan, Olmaliq, Metallurg yoki medallar uchun kurashayotgan jamoa safiga o'tgan maqul emasmi?
– Bu gapingiz ham to'g'ri. Solishtirsangiz o'zbek futbolidagi holat boshqalarga nisbatan ancha yaxshi. Futbolchi sifatida shuni aytishim mumkin, hamma futbolchi ham faqat pul uchun o'ynamaydi. Avvalo muomala! Aynan shu borada bazi klublarda oqsashni ko'ryapmiz. Masalan, meni bugungi jamoam Irtishga borgunimga qadar futbolchilar 5 oydan beri maosh olmayotgan edilar. Ammo muomalani joyiga qo'yib qo'yishgan. Muhitni ham yaratib berish kerak-da. To'g'ri, pul bergan kishi talab qiladi, ammo shuni chiroyli tarzda etkazib berish ham kerak. Hamma ham yutqazadi. Agar o'yinchiga yaxshi muomala qilinsa, katta pulga uchib har yili jamoa o'zgartirmaydi.

– O'zim ko'rganim va Sizning gapingizdan kelib chiqib, 2012 yil moddiy ahvoli zo'r bo'lmasa-da chempionlikni qo'lga kiritgan Paxtakorning muvaffaqiyatida Samvel Babayanning muomalasi katta rol o'ynadimi?
– Albatta! Bo'lmasa sababi yana boshqa nimada? Yaxshi so'z bilan ilonni inidan chiqarish mumkin. Paxtakorniyu bu yoshlar bilan chempionlikka erishishini kutmagandik. Yoki CHelsini olaylik. Ular uchun pul birinchi masala emas, hammasi o'ziga to'q. SHunchaki Mourino to'g'ri muomalani joyiga qo'ygan. Tarkibda 11ta futbolchi, 11ta munosabat. Kimgadir qattiq gap tasir qiladi, kimgadir yumshoq. Bu borada murabbiy uchun juda ham og'ir.

– Xuddi shunday uslubni Abramovda ham ko'rdik. Masalan, Abramovning na mashg'uloti, na boshqasida katta ustunlik bor, ammo uning jamoasi istalgan raqibdan cho'chimasdan o'ynar edi. Balki psixologiyaga katta etibor berish lozimdir?

– Mashg'ulotni bir chetga surib qo'yaylik, Abramov bilan biron-bir tadbirda birga bo'ling hammani kayfiyatini ko'taradi. Futbolchi uchun jamoada ortiqcha emasligini xis qilish katta yutuq. Murabbiy tomonidan jamoaga kerak ekanligini bilish katta masuliyat. Bu futbol, doim ham asosiy tarkibda o'ynayvermaysiz. Futbolchi uchun eng katta baxt, bu asosiy tarkibda maydonga tushish. Buni pulga almashtirib bo'lmaydi. Deylik, o'yinga tushmadingiz, shunday paytda murabbiy kelib Sizga bir og'iz Sendan keyingi o'yinda umidim katta, desin. Bundan katta baxt yo'q. CHunki siz jamoaning bir bo'lagi ekanligini xis qilasiz.


Davomi bor...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика