Kecha, bugun, ertaga. Geynrix: Pul? u mening hayotimda birinchi o'rinda turmaydi! (1-qism)
26 okt 2013 12:30
Yangiliklar
Kecha, bugun, ertaga. Geynrix: Pul? u mening hayotimda birinchi o'rinda turmaydi! (1-qism)
Har bir sohaning o'z shaxsi bo'ladi. Tabiiyki futbol ham bundan mustasno emas.
O'z paytida Krasnickiyni o'yinini ko'raman deb stadionga tashrif buyurgan muxlislar, keyinchalik Birodar Abdraimov o'yinlarini tomosha qilishgan. Atayin Mirjalol Qosimovni ko'raman deganlar qancha bo'lgan. Bugun oliy liga jamolarida shunday o'yinchilar bormi? Masalan siz aynan qaysi futbolchini o'yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurasiz? Yaqinda, twitterdagi sahifamda bir o'quvchi, bir paytlar Paxtakor Farg'onaga kelganida Ahmedov va Geynrix o'yinini ko'raman deb ham stadionga borar edik degan fikrni bildirib o'tdi. Haqiqatdan ham bu futbolchilarni o'z muxlisi, aynan jamoa emas, ularning o'yinini tomosha qilish uchun stadionga keladigan muxlislar soni ko'p edi. Kecha, bugun, ertaga loyihasi yuzasidan elektron mazilimizga kelib tushayotgan takliflar ichida, Aleksandr Geynrix bilan suhbat o'tkazishimizni so'raganlar ko'p bo'ldi. Futbol kim uchun, albatta muxlis uchun. Muxlisning tilagi biz uchun qonun va bu safargi mehmonimiz - Aleksandr Geynrix.
Geynrix bilan intervyu oson bo'lmasligini avvaldan bilar edim. Sasha bilan shahsan 2008 yildan beri tanishmiz. Juda ham hushchaqchaq inson. Tabiiyki bunday toifa kishilar bilan jiddiy asnoda suhbatlashish qiyin bo'lar edi. Intervyu qanchalik o'xshadi yoki yo'q, buni o'qiganingizdan keyin o'zingiz xulosa qilasiz.
- Keling tarixga qaytamiz, Angren ko'chasidan MTJgacha borib etgan Geynrix qanday futbolga kirib kelgan?
- Faoliyatimni do'stlarim kabi ko'chada futbol o'ynash bilan boshlaganman. SHunday kunlarning birida do'stlarimdan biri, baribir kun bo'yi futbol o'ynayapmiz, kettik biron-bir to'garakka borib shug'ullanaylik dedi. Har kuni qilib yurgan ishimiz bo'lganligi uchun yo'q demadim va tuman futbol maktabiga yozildim. Keyin bizni shaharni ikkinchi ligasidagi jamoaga qabul qilishdi. To'p bilan muomala qilish davomida, bu meni ishim ekanligini anglab etdim. Tumanlararo chempionatda CHirchiq jamoasiga qarshi o'ynar edik, o'shanda chirchiqliklar sharafini Server Jeparov ham himoya qilar edi. 8-sinfga o'tganimizdan keyin Ilyosning dadasi Bakir aka Zeytullaev bizni Toshkentdagi internatga olib borishini aytdi. Bu paytda Ilyos ham mashg'ulotlardan o'tayotgan edi. Yig'indan o'tish uchun mashg'ulotlarga keldim. Ochig'ini aytaman oson bo'lmagan. U paytda internatda O'zbekistonning eng kuchli bolalari kelib yig'indan o'tishar edi. Eng saralangan futbolchilargina ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishdi. Ular qatorida men ham bo'lgan edim. SHundan keyin futbol meni hayotim bo'lishini anglab etdim va bor etiborini unga qaratdim.
- Odil bilan suhbtlarimiz chog'ida u sizni o'yinlaringiz va mashg'ulotlaringizni tomosha qilganligini aytib o'tgan edi...
- O'z navbatida biz ham o'zimizdan katta yoshdagi jamoalarni mashg'ulotlarini kuzatar edik. O'yinlarini ko'rib kerakli narsalarni o'rganib keyin uni o'zimizda sinardik. U paytlarda men oliy ligada o'ynayman deb o'ylamaganman ham. Birinchi liga o'yinlarida futbolchilarni gavdasi va maydondagi hatti-harakatlarini ko'rganimda ularni orasiga tushib qolsam sog' chiqmayman deb o'ylar edim. Lekin yakunda shunday bo'ldi-ki, o'zim uchun qiyin ko'ringan birinchi ligani ortda qoldirib terma jamoagacha borib etdim.
- Avvalgi sharoit bilan hozirgisini solishtirsak...
- Har birimizda to'p bo'lar edi. Ammo bu to'plar uchun o'zimiz pul yig'ar edik. Qo'shimcha mashg'ulot o'tkazishni istasak ham shu kabi holat. Internatda yog'och kukunidan (opilka) iborat bo'lgan maydon bo'lar edi. Pul yig'ib kukun sotib olar edik.
- Qachon futbol bu meni kasbim bo'ladi degan qarorga kelgansiz?
- Ilk marotaba yoshlar terma jamoasi safida mashg'ulot o'tkazish uchun Germaniyaga bordik. Aynan mana shu safar men o'z ustimda hali ancha ishlashim kerak ekanligini anglab etdim, nafaqat men barcha. U erda o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib mag'lubiyatga uchradik. Mag'lubiyat ham shunchaki bo'lmadi. Ular bizdan har tomonlama o'zlarining ustun jihatlarini namoyon qila olgan edilar. O'rtadagi tafovut juda ham katta edi. SHundan keyin men o'zimiga so'z berdim, futbol bilan jiddiy shug'ullanaman. Bu murabbiylarga ham bog'liq edi. Agar murabbiy sendan yaxshi futbolchi chiqarishni istasa, seni mashg'ultolarda qiynashi kerak. Undan tashqari futbolchining ko'zida olov yonishi kerak. Keyin saralash bahsida biz Nepalga yutqazib qo'ydik va o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatiga chiqa olmadik. Keyin yoshlar terma jamoasi tuzildi va Borisov qo'l ostida jamlandik.
- Saralash o'yinlari JAR stadionida bo'lib o'tgan edi. Barcha o'yinlar TVda ko'rsatilgan va xalq Geynrix kim, Nesterov kim ekanligini bilishdi...
- Bu kunlarni ununtib bo'larmidi? Bizning hamma ishlarimiz amalga oshar edi. SHu tarkibda haqiqatdan ham eng kuchlilar yig'ilishga va men har bir o'yinda 2tadan kam bo'lmagan gollarni urar edim. Ayniqsa muxlislar seni ismingni aytib baqirib turishsa, kuchinga kuch qo'shiladi. Aslida futbol muxlislar uchun. Muxlis uchun nima kerak, qiziqarli va jonli futbol. Nima uchun biz teatrga tushamiz, sababiki o'tda hammasi tabiiy kechadi. Kishi dam oladi. Futbolda ham shunday bo'lishi kerak. Har bir sanat shinavandasi kinoga sevimli aktyorimni ko'raman deb boradi. Futbolda ham shunday bo'lishi kerak.
- Bugunga kelib yoshlarimizga yaratilgan sharoitlar juda ham zo'r. Deyarli har oyda chet el safariga boradilar. Sizlar esa oddiy sharoitda juda chiroyli o'yin namoyish etgan edilar. Bu ko'proq nima bilan bog'liq bo'lgan?
- To'g'ri. To'g'risini aytsam safimizda zo'r o'yinchilar ko'p edi.
- Savolni boshqacharoq beray, hozir yoshlar terma jamoasi azolarini tanimaymiz. Sizlar Osiyo chempionatida o'ynayotganilarda ko'pchilik tanir edi. CHunki hammangiz jamoalaringiz safida ko'zga ko'ringa edingiz...
- Gap shundaki har bir yosh futbolchining taqdirida o'tish bosqichi bo'ladi. Siz yoshlar saviyasidan yuqorilanganingizni sezasiz ammo kattalar ichida tajribangiz yo'q. Yoshlar tarkibidan o'tish chog'ida futbolchidan katta psixologik kuch va xarakter talab qilinadi. O'z navbatida senga imkoniyat ham berilishi kerak.
- Hammani asrab qola olmaymiz. Hozir 2% futbolchilar saqlanib qolinyapti yoki yo'q. Hech bo'lmasa 10% futbolchini asrash uchun nima qilish kerak?
- Etakchi jamoalar hamisha chempionlikni maqsad qiladilar va ular tajribali futbolchilarni hizmatidan foydalanishni maqsad qiladilar. Yirik hisob qayd etilib turgan paytdagina yoshlarga bazida imkon berishadi.
- Bugun oliy ligamizda 14ta jamoa bor deng, lekin sanab chiqsak 10ta yosh futbolchi yo'q.
- Hozir Qozog'istonda har bir jamoada 22 yoshgacha bo'lgan bitta futbolchi maydonga tushishi shart. Bizniing safimizda ularning 4 nafarni tashkil etadi. CHunki asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi zaxiradagisiga aynan shu yoshdagi futbolchiga almashtirilishi lozim. Istaysizmi yo'qmi jamoada 4 nafar yosh futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga majbursiz. CHunki bitta o'yinchi qizil kartochka olib qolsa, asosiyda bitta yosh va zaxirada yana bittasi o'tirishi kerak. Asosiy tarkib futbolchilari uchun bu biroz qiyin bo'lishi mumkin, chunki siz o'sha yosh bola uchun ham o'ynaysiz. Ammo chempionat va MTJga futbolchi tarbiyalash uchu bu eng yaxshi yo'l. O'z navbatida yoshlar ligasi tizimiga ham o'zgartirish kiritish kerak. Qozog'iston yoshlar ligasida 1992 yildan katta bo'lgan futbolchilarni o'ynashi man qilingan. 2014 yil esa asosiy tarkibdagi yosh futbolchi soni 1 yoshga kichrayadi, bu esa murabbiyni tinmay izlanishga majbur etadi. Mamlakatdagi yosh istedodni topish orqali raqibdan ustunlikni qo'lga kiritadi. Bu esa yosh futbolchi uchun katta imkoniyat.
- Dilshod Nuraliev bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida, mutaxassis natija yo'lida futbolchilar yo'qolib borayotganligini takidlab o'tdi. Bir paytlar bizda natija bo'lmagan, ammo MTJ uchun yaxshi o'yinchilar etishib chiqardi. Yoshlar va o'smirtlar tarkibida etakchi futbolchi yo'qdek...
- Etakchi futbolchi hamma erda bo'lishi kerak. Etakchida gap katta. Maydonda qizishi turgan paytingiz o'sha etakchi oldingizga kelishi kerak-da, Sasha jim bo'l, o'yiningni qil deyishi kerak. Bizning MTJda ham eng katta kamchilik mana shunda. Bizda etakchi futbolchimiz yo'q. Futbolchilarning o'rtasidagi munosabat yomon emas, lekin maydondagi etakchini vazifasi boshqa va u siz bo'lmaydi.
- O'z paytida siz ham yoshlar o'rtasidagi JCHda qatnashgansiz. Terma jamoamiz uchun debyut bo'lsa- da, bu erda sizlar raqibdan kam bo'lmagan holda to'p tepgansizlar. SHahsan menga Argentinaga qarshi kechgan uchrashuv juda yoqqan edi...
- Osiyoda biz qitadoshlarimizga 4-5tadan gol urar edik va bollar shu narsani yaxshi anglab etishgan edi-ki, ular ham biz kabi odam. Garchand guruhdan chiqa olmagan bo'lsak-da, o'yinimiz chiqqan edi, hech bir chiziqda imkoniyatni boy bermagan edik. Mana bugungi kunga kelib JCHga chiqish odat tusiga aylandi, bu ham natija.
- JCH sizga nima bergan edi?
- Katta extiros va jiddiy futbol nima ekanligini angladim. Keyinchalik bu halqaro maydonlardagi ishlarimda ancha as qotgan.
Intervyuning ikkinchi qismida Geynrixning klubdagi faoliyati, CSKAga qanday borib qolgani, milliy terma jamoadagi o'yinlari haqida bilib olishingiz mumkin.
Nodirxo'ja Yuldashev
Foto: Tolibjon Qosimov

Fikrlar