Kecha, bugun, ertaga. Championat.asia mehmoni – Akmal Xolmatov
09 iyu 2013 11:16
Yangiliklar
Kecha, bugun, ertaga. Championat.asia mehmoni – Akmal Xolmatov
Kamdan – kam hollarda intervyu olaman. Undan keyin begona kishi bilan suhbatlashish oson emas. Hamma gaplarini ochiq-sochiq aytmaydi.
Agar Siz unga tanish va ishonchidagi kishi bo'lsangiz, bemalol suhbatlasha oladi. Turkiyadagi jahon chempionati boshlanishidan avval, oily ligamizning eng tajribali va shu bilan birga o'z saviyasini bir maromida ushlab kelayotgan Akmal Xolmatov bilan championat.asia ofisida uchrashuv tashkil etgan edim. Mahsus uchrashuv tashkil etib suhbatlashganga nima etsin?
Xolmatovning muvaffaqiyati siri nimada? Javob oddiy, rejaga ko'ra ish tutish. Futbolchi o'z hayotini shu darajada mukammal rejalashtirganki, boshqa futbolchilar uchun oddiy ko'rinish bo'lgan intervyuga, roppa-rosa aytilgan vaqtga etib keldi. Xolmatov uzoq yillar davomida Farg'onaning Neftchi, so'ng Paxtakor sharafini himoya qildi. U erdan Eronning Pas jamoasida to'p tepdi va hozirda Lokomotiv sharafini himoya qilyapti. Bugungi suhbatni ko'proq endi o'sib chiqayotan yoshlar o'qib o'zlariga kerakli bo'lgan yulduzlik siridan boxabar bo'lsalar maqsadga muvofiq bo'lar edi deb o'ylayman.
– Muvaffaqqiyatingiz siri nimada?
– Hammasi oddiy, mehnat, mehnat va yana mehnat! Mehnat qilibgina kishi muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Hech bir narsa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Undan keyin tartib va reja bo'lishi kerak. Futbolchi vaqtida o'z mashg'ulotini o'tkazishi, vaqtida uyda uxlab hordiq chiqarishi kerak. Yaxshi futbolchi bo'lib, shu bilan birga uzoq yillar davomida bir xil maromda to'p tepish uchun, o'yinchining o'zi amal qiladigan kundalik tartibi bo'lishi kerak va unga doimiy amal qilish lozim.
– Buni biron bir futbolchidan o'rganganmisiz?
– Yo'q, o'zimdan. Agar men o'z vaqtida uxlamasam mashg'ulotlarda yaxshi qatnasha olmayman. Yaxshi mashg'ulot qilsam, bilamanki ertasi kuni o'yinda yaxshi o'ynayman. Mana hozir Siz bilan suhbatlashyapman. Buni telefon qilgan kuningiz o'z rejamga kiritdim. Tadbirimiz yakuniga etishi bilan uyimga boraman va to'yib uxlayman.
– Har kim ham uzoq mavsum o'ynashi mumkin. Bunday o'yinchilar etarlicha topiladi. Ammo ular yil sayin saviyasi tushishi bilan birga shunga mos jamoa qidirishadi. Ko'z tegmasin, Sizda aksincha. Har safar jiddiy maqsadlarni ko'zlaydigan klub safidan joy olyapsiz…
– Bilmasam, buni ko'proq chettagilar baho beradi.
– Agar men baho beradigan bo'lsam, barchasi statistikangizdan malum. Neftchidan Paxtakorga, u erdan Eronga. O'sha paytlar 34 yoshda Eronga o'tishingizga hech kim ishonmagan edi. Eronlik tanishimni aytishicha, Eron jamoalari juda kamdan-kam hollarda 30 yoshdan katta bo'lgan o'yinchini olar ekan. Erondan qaytib, maqsadsiz jamoaga emas, o'z oldiga chempionlikni vazifa etgan klubga o'tdingiz!
– Haqiqatdan ham Eronga o'tishim qiziq bo'ldi. SHartnoma tuzishdan avval meni jamoa boshlig'i zimdan kuzatdi. Ikki kunlik mashg'ulotimdan keyin, u menga shartnoma tuzishini aytdi. Qo'shimchasiga yoshimni ahamiyati yo'qligi, eng muximi jismoniy tayyorgarligim joyida ekanligim unga mos kelgan ekan. Bazan futbolchilar yoshlarini kichraytiradilar, ammo inson o'z organizmini alday olmaydi. Organizm pasportga qarab qarimaydi. Avvaliga jamoamiz murabbiyi ham menga ishonmadi. Bir nechta sinovlarni berdi. SHundan keyin jismoniy tayyorgarlik bo'yicha xorvatiyalik murabbiyimiz bosh murabbiy meni tekshirayotganligini aytdi. O'z navbatida men ham istaganlaricha tekshirishlarini takidladim va O'zbekistonda bunday saviyadagi o'yinchilar ko'pligini aytdim. Bu hali hammasi emas. Kamiga ular meni doping istemol qilgan degan fikrga kelishdi. Zobaxan bilan o'yinda 2-1 hisobda g'alaba qozondik va men ikkita gol urdim. Qizig'i shundaki, o'zimizni murabbiyimiz meni doping nazoratidan o'tishim kerakligini aytdi. Hayron qoldim, axir men u uchun foyda keltiryapman-ku. U esa hamon ishonmasdi. Doping nazoratidan ham o'tdim-ki, murabbiy oxiri mendan kechirim so'radi. Men esa balki Eron jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ustundir, ammo bizni (O'zbekiston nazarda tutilyapti) sizlardan ustun jihatlarimiz bor dedim.
– Buning uchun biz katta futbol forumida ishtirok etishimiz kerak, reklama kerak.
– To'g'ri aytasiz. Mana yoshlar terma jamoamiz Turkiyadagi jahon chempionatida ishtirok etishadi to'g'rimi. Bu tarkibdagi futbolchilar chakki emas. Biz ular bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Hisob 0:0 bo'ldi. Bu hech qanday kelishilgan natija emas edi. Bizda o'sish bor. Ammo bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Mana shu o'sayotgan futbolchilarimiz o'zlarini ustilarida ishlashlari kerak.
– Bu ko'proq futbolchiga bog'liqmi yoki murabbiyga?
– Ikki tomonga, murabbiy avval ruxshunos bo'lishi kerak. Masalan, Hakim Fuzaylovni olaylik. Biron marotaba so'kkanini ko'rmadim. Hato qilsangiz kelib to'g'ri manoda tushuntirib ketadi. CHunki uni o'zi zo'r futbolchi bo'lgan. U o'ynagan paytlarida biz to'p olib berib turishni o'zimizga sharaf deb bilardik.
– Hakim Fuzaylov ishtirokidagi o'yinlarga tusharmidingiz?
– Nima deyapsiz, o'yin uyoqda tursin, Hakim Qayumovich Pomir safida faoliyat olib borayotganlarida ularni qanday mashg'ulot o'tkazishlarini ko'rish uchun darslardan qochardim. Ularni kiyimlarini ko'rishni o'zi qanday baht edi. Qanday butsidan o'ynaydi, qanday kiyim kiyadi.
– Yuriy Sarkisyanning uslubi esa biroz boshqacharoq edi…
– To'g'ri, ammo Yuriy Vazgenovichning so'kishi nafratdan emas. O'yindan keyin Vazgenovichdan yaxshi odam yo'q. Bazan o'yin paytida so'ksa va Siz unga qo'lizni ko'tarib hatodan xulosa chiqarganizni bildirsangiz, Sizga boshqa gapirmaydi. Lekin, murabbiyning gapiga, gap bilan javob berish yaxshi emas. SHunday vaziyatlarda u tutaqib ketadi. SHunchaki Vazgenovichning tushuntirish uslubi shunday.
– Uni bu qattiqqo'lligini futbolchilar ham yurakka yaqin olmaydi to'g'rimi?
– Bazilari oladi. Ammo men bundan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilardim va etibor bermasdim. CHunki Vazgenovichni futboldan keyingi holati qanday bo'lishini ko'pchilik bilmaydi.
– To'g'ri aytasiz. Biz jurnalistlar uchun ham eng yaxshi suhbatdosh, bu Yuriy Sarkisyan. Jamoasi yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan paytlari ham o'yindan keyingi anjumanda barchamizni kuldirib ketardi..
– Biz bilan ham huddi shunday munosabatda bo'lardi.
– Akmal aka Farg'ona siz uchun juda qadrdon shahar. Agar Neftchiga o'ynovchi murabbiy bo'l desa ko'narmidingiz?
– To'g'risini aytsam bu haqda o'ylab ko'rmadim. Ayni paytda bor etiborimni Lokomotivga qaratganman. Lekin siz aytgan imkoniyatni ham qo'ldan chiqarmagan bo'lar edim. Haqiqatdan ham Farg'ona va farg'onaliklardan juda ham minatdorman!
– Bugungi kunda Yuriy Sarkisyan bilan munosabatingiz qanday?
– Neftchidan ketganimdan keyin biroz hafa bo'ldi. Lekin ustoz hech qachon o'z shogirdiga yomonlik ravo ko'rmaydi. Keyin yana avvalgidek kelishib ketganmiz.
– Muxlislar orasida shunday gap yuradi, Neftchidan ketgan o'yinchi o'ynab keta olmaydi?
– Nima uchun aytaymi? Neftchida biz o'z nomimizga ega bo'lgan bo'lishimiz mumkin, lekin boshqa klubda yangi kelgan oddiy o'yinchimiz xolos. SHuning uchun u erda mashg'ulotdan to'xtash kerak emas. Men ilk marotaba Paxtakorga kelganimda mashg'ulot o'tkazish uchun BAAga borganmiz. To'g'risi jamoa bunchalik ko'p yugurib, ko'p mashq qiladi deb o'ylmagan edim. Ilhom SHaripovga, mana shu uchun sizlar chempion bo'lar ekansizlarda deganimda, u kishi hazil bilan sen shunchaki keldim deb o'yladingmi, - deb javob bergan edilar. Jarohatimga kelsak, bu peshanada bor ekan. Futbolchi istalgan klubda to'p tepib jarohat olishi mumkin.
– Farg'onada Akmal Xolmatov deyishsa, jarima zarbalaringiz ko'z oldimizga keladi. Bunga aloxida tayyorlanarmidingiz?
– Yo'q, bizda Lebedev jarima zarbasini tepardi. Odatiy o'yinlardan birida bu imkoniyatni menga berishdi va gol urdim. Keyinchalik Lebedev himoyaga o'tdi va bu ish menga qoldi. Mashg'ulotdan so'ng jarima tepish borasida aloxida ishlamayman. Mashg'ulotdan keyin o'zimni dasturim bor. Press qilaman, yuguraman.
– Jarima zarbasini tepayotganizda eng muximi nima, to'pni xis etishmi yoki zarba?
– Ko'proq to'pni xis etish. Agar to'pni to'g'ri tepsangiz va jarima devoriga tegmasa, darvozabonlar uchun bu juda qiyin.
– Jarima zarbasidan kiritgan gollariz ichida eng uzoqdan amalga oshirganingizni eslay olasizmi?
– Vodiy derbisida Navbahorga qarshi o'yinda.
– SHu o'yinni hozir eslamoqchi edim. Toshkentga ko'chirilgan o'yinda 40 metlrardan gol urgansiz. Darvozada Belyakov edi. Hatto rasmga ham olganman.
– Ha, huddi shu o'yin.
– Lokomotiv tajribali futbolchilarni yig'ib olgani bilan, o'yin shunga mosmasdek?
– Men o'zimga baho berishim mumkin. To'g'ri, biz hali 100% o'ynayapmiz deb ayta olmayman. To'liq kuchga kirishimiz uchun vaqt kerak. Masalan, Nagaev va Mustafoev kabi futbolchilarimiz to'liq chempionlik xarakteriga ega emaslar. Sekin-sekin tajribali futbolchilar bilan o'zlarini saviyalarini oshirib boryaptilar. Ularni zo'r o'yinlari hali oldinda deb o'ylayman. Undan tashqari o'zbekistonlik futbolchilar o'z ustilarida ishlasalar, ulardan zo'r yo'q! Bu gaplarni shunchaki aytmayapman, men ko'rib turibman.
– Darhaqiqat bizda istedodlar ko'p, ammo o'tish bosqichida tushib qolishyapti. O'tgan o'yinchi 22 yoshdan keyin o'ynab ketishyapti. Sizda bu bosqich qanday kechgan?
– Menga juda qiyin bo'lgan. 1994 yil CHilonzorga kelganman. U paytda jamoa sharafini Otabek Pirmatov kabi futbolchilar himoya qilardilar. Murabbiy Rauf Inileev edi. 10 kun mashg'ulot o'tkazganimdan keyin murabbiy men jamoaga mos kelmaganligimni aytgan. Hafa bo'lmaganman, demak ketishim kerak deb Qozog'istonga bordim. U erda Qayratda mashg'ulot o'tkazdim. Bir davra chopkanman. SHunda Qurbon Berdiev o'z oldiga chaqirib, ketayotkanligi man men bu erda qolsam, eb qo'yishlarini aytdi. Tojikistonda ham oson bo'lmagan. Qaerga bormay kerak emassan, degan javobni olardim. Keyin Neftchiga keldim u erda ham engil kechmadi. Boshida u erdan ham haydashdi. CHidadim va mehnat qildim.
– Siz bilan birga o'ynagan tojikistonlik tengdoshlaringiz futbolchi bo'lishdimi?
– Yo'q. Bittasi avtoustaxonada ishlasa, bittasi elchixonada. Yaqinda bir tanishim telefon qilib, etar shuncha o'ynaganing deydi.
– OCHL Siz uchun nima?
– Aslida Paxtakorga o'tishimdan ham maqsad OCHL edi. Men shu mavsumni Quruvchi (hozirgi Bunyodkor) o'tishim mumkin edi. Paxtakorga vada berib qo'yganligim va bu jamoani brend ekanligi bois Paxtakorga o'tdim. OCHL ajoyib musobaqa. Neftchi tarkibida ham o'ynaganman. OCHLda Siz o'zingizni haqiqiy kuchingizni bilib olasiz.
– Neftchida bir qator o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Murabbiy-ku o'z yo'liga, lekin Anvar Berdiev uchun nima uchun bunday qaror qabul qilindi hayron qoldim…
– Anvar o'z ustida ishlaydigan va istalgan jamoada o'ynab ketadigan hujumchi. Men ham ochig'i nima uchun u bilan bunday yo'l tutishganiga tushunmadim.
– Siz ikki asrdan beri futbol o'ynayapsiz. Endigi savolimga kam sonli javob bera oladigan futbolchilardan birisiz. 90 yillardagi futbol kuchlimi yoki hozirgi? Hozirgisi moliya jihatdan ustun, ammo saviya borasidachi? Bazilar aytadigan kuchli beshlik nima ekanligini men tushuna olmayman. CHempion bo'la olmagandan keyin, kuchli beshlik bo'ladimi, o'nlik nima farqi bor?
– Nodirxo'ja men bir narsani tushumayman. Nima uchun jamoalar yuqoridagi klublarga qarshi mag'lub bo'lib tushadilar? Bunyodkor yoki Paxtakor bilan o'ynab o'z kuchingni sinab olmaysanmi undan ko'ra. Mana biz o'ynadik-ku! Muhimi futbolchi o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishi kerak. Solishtirishga kelsam, hozirgi futbol sal tezroq. O'tgan asrda jiddiy va raqobatbardosh futbol bo'lgan.
– Futbolchilarning saviyasichi?
– Avvalgi desangiz hozirgisi JCHga yaqinlashdi. Avvalgisi desangiz boshqacha. Menimcha hozirgi avlodda sharoit yaxshi. Masalan, men yoshligimda Atayan, Lebedev, Do'rmonov kabi futbolchilarning hatti-harakatlarini zimdan kuzatar edim. Qanday kiyinadi, qanday chopadi. O'rganib-o'rganib katta bo'ldik. Nima uchundir hozirgi yoshlar bunday emas. Agar biron-bir maslahat beradigan bo'lsangiz hafa bo'ladi.
– To'g'ri aytasiz. Bunga sabab, bugungi yoshlarni oliy ligada emas, kichik terma jamoalar tarkibida yulduz bo'lib qaytishayotganligidadir. Oliy ligada hali ular hech kim emasliklarini tushunishlari lozimdir. Ilhom SHaripov yoshligini xotirlar ekan, hatto o'yindan keyin echinish xonasiga eng oxirgi bo'lib kirishlarini aytib berganlar…
– Qanday echinish xonasi, biz hatto ovqatlanish uchun oshxonaga kirishga cho'chirdik. Eshikni ochib xonada ikkita faxriy o'yinchini ko'rsak, orqamizga qarab ketardik. Hozirchi? Hozir oshxonaga kiring, allaqachon qornini to'ydirib, oyog'ini ko'tarib o'tirgan bo'ladi. Katllarni hurmat qilish kerak. Mayli, meni hurmat qil demayman. Odam o'zini hurmat qilsa, hurmatga sazovor bo'ladi. Hozirgi 20-21 yoshli futbolchilar, men hali yoshman, meni sotishadi degan fikrda o'ynaydi. Mayli omadingni bersin, lekin sen ketayotgan joyinga O'zbekiston sharafini himoya qilasan-ku. Legioner futbolchida katta masuliyat yotadi.
– Futbolda faxriy va yosh atamalarini saqlab qolish kerak degan fikrga qo'shilasizmi?
– Ha! Neftchi bilan o'yinga bordik. Bitta yosh futbolchi maydonga tushdi Sarkisyan unga baqirgandi, aql o'rgatyapti. Hayron qoldim. Hozirdan gap qaytarishni boshladingmi, sen o'smaysan dedim o'zimga. Murabbiy hato qilmasa urishmaydi-ku? Agar men murabbiy bo'lsam, o'z oldimga vazifa qo'yganman. Ishlamasa haydayman. Yaxshi murabbiy bo'lishga harakat qilaman. Futbolchi buni o'ziga kasb sifatida qarash kerak. Bazan futbolchilar mashg'ulotga chiqadilar, miyada bitta o'y shu ikki soatlik mashg'ulot o'tsa bo'ldi. Nahot, 24 soatlik kundan 2 soat mashg'ulotga vaqt ajrata olmasak? Undan tashqari jismoniy holatimizdan kelib chiqib, biz 90 daqiqalik o'yin ko'rsata olmaymiz. Uzog'i bilan 60 daqiqa bir maromda o'ynaymiz. Eronda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha asosan serbiyalik mutaxassislar shug'ullanishadi. Sekin-sekin ularni oldiga mahalliy mutaxassis qo'shib borishadi. Bizdagi Jamshid aka Umarov ham kuchli mutaxassis. O'zi atlet bo'lganligi uchun bu sohani yaxshi biladilar.
– Balki futbolchilarimiz o'z imkoniyatini to'liq 90 daqiqaga teng taqsimlay olmaslar?
– Bu ham to'g'ri gap. Yana o'yinchilar katta stadionlarda o'zlarini yo'qotib ham qo'yishyapti.
– Tan olasizmi, Paxtakor – Neftchi bu juda bir boshqacha o'yin. Hatto Bunyodkor bir necha yildan beri chempion bo'lgan bo'lsada, Paxtakorga qarshi o'yin, Neftchi – Paxtakor bahsi bilan tenglasha olmaydi.
– Nimasini aytasiz. Bu eng, eng, eng zo'r o'yinlardan biri! Ikkita o'yin, Neftchi – Navbahor va Paxtakor – Neftchi bellashuvida yutsak bo'ldi edi. Birinchi ligaga tushib ketmaymizmi? Lekin o'zaro o'yinlarda yutishni o'zi juda katta adrenalin. Buni bir so'z bilan tariflab bera olmayman. Bu o'yinlarga murabbiyni tayyorlashi shart emas. Futbolchilarni o'zi aynan shu bitta o'yinga tayyor bo'lib tushadi.
– Akmal aka, aprel oyida FIFA.uz va Championat.asia saytlari tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bundan futbolchi quvonadimi? Yani yoqimlimi?
– Men uchun, ha! Siz menga bergan sovg'angizni men Dushanbega oilamga yuboraman. Bekorga to'p tepmaganligimni bilishadi va futbolchilar uchun qo'shimcha stimul. Albatta mehnatingni qadrlash yoqimli. Buning uchun sizlarga ham raxmat!
Suhbat yakuniga etgach, Akmal Xolmatov faoliyatidan kelib chiqib, murabbiy o'z sifatida tarkibini tuzib berdi.
Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: Ilhom Suyunov, Islom To'xtaxo'jaev, Boyan Miladinovich, Islom Inomov
Yarim himoyachilar: Akmal Xolmatov, Odil Ahmedov, Ruzbek va Nodir Ahmadiy (ikkisi Eron),
Hujumchilar: Anvar Berdiev, Farhod Tojiev
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar