Kaysedo "Liverpul"ga o'tishni istaydi
07 jan 2023 15:48
Yangiliklar
Kaysedo "Liverpul"ga o'tishni istaydi
21 yoshli yarim himoyachi "Liverpul" qishki transferlar oynasida maydon markazini kuchaytirish uchun harakat boshlagani sababli klub qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Jamoa ustozi Yurgen Klopp bir nechta variantlarni o'rganib chiqmoqda. Uning hozirgi tarkibdan ko'ngli to'layotgani yo'q. "Brayton" esa Ekvador terma jamoasi azosini bu oyda sotish niyati yo'q. Ular yosh iqtidorni sotgan taqdirda 45 mln funt ishlab olishi mumkinligi aytilmoqda. Kaysedoning hozirgi klubida uzoq qolib ketmasligi tayin. U allaqachon yaqinlariga qaysi jamoada o'ynashni istashini bildirdi va amaliy harakatlarni ham boshladi. Yaqin orada u kattagina mablag' keltiradigan bitimni qabul qilishi mumkin.
Kaysedo joriy mavsum "Brayton"ning 17 o'yinida bir uchrashuvdan tashqari barcha bahslarda ishtirok etdi. Uning hisobida 1 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.
Fikrlar