Kay Xaverc: "Millatimiz dardini tushunib turibman"
04 dek 2022 18:25
Yangiliklar
Kay Xaverc: "Millatimiz dardini tushunib turibman"
Germaniya termasi yarim himoyachisi Kay Xaverc milliy jamoaning JCH-2022 pley-off bosqichiga chiqa olmagani haqida gapirdi.
"Nima bo'lganini tushunib olib, gapirish uchun biroz vaqt kerak. Barchamizning kayfiyatimiz tushgan va boshqa yomon hissiyotlarni ham his qilib turibmiz. Bo'lgan voqeliklarni tushunish uchun vaqt kerak. Hayot uchish va pasayishdan iborat. Bu esa kuchliroq bo'lib qaytishga kuch beradi.
Bazida siz shunchalik baland uchib yuborasizki, kimdir pastlatishi kerak bo'ladi. Yaponiya shunchalar yaxshi o'yin ko'rsatdiki, biz qarama-qarshi tomonga harakatlangandek bo'ldik. Bu futbol, shunday g'aroyib sport turi. Millatimiz dardini tushunib turibman. Qo'llab turganingiz uchun barchaga rahmat aytaman", - dedi Xaverc.
Fikrlar