Kaxi Maxaradze: "Lokomotiv" O'zbekiston kubogini ketma-ket uchinchi yil qo'lga kiritmoqchi"
18 sen 2018 09:02
Yangiliklar
Kaxi Maxaradze: "Lokomotiv" O'zbekiston kubogini ketma-ket uchinchi yil qo'lga kiritmoqchi"
Bugun "Lokomotiv" O'zbekiston kubogining 1/4 finali doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvdan oldin "Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi olib borildi. Bu mavsumdan kubok bahslaridagi o'yinlar bir uchrashuvdan iborat bo'lmoqda. SHu boisdan bugun mavsumdagi muhim uchrashuvlardan birini o'tkazamiz va unda faqatgina g'alaba bizni qoniqtiradi.
Ikki mavsumdan buyon O'zbekiston kubogiga ega chiqmoqdamiz. Ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi marta ham boshimiz uzra baland ko'tarishga harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar