Kaxi Maxaradze: "Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq va Suriya, bu mening taxminim"
12 apr 2016 12:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204500_original.jpg)
![](/upload/storage/204500_220.jpg)
Kaxi Maxaradze: "Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq va Suriya, bu mening taxminim"
- Kaxi, O'zbekiston milliy terma jamoasi joy oladigan guruhda qaysi jamoalar bo'lishini xohlardingiz?
- Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq va Suriya, bu mening taxminim. O'zbekiston milliy terma jamoasiga aynan mana shu jamoalar guruhda raqiblik qilishini istayman. Agar haqiqatan ham shunday bo'lsa, unda hozirdanoq barchani O'zbekiston terma jamoasini JCH-2018 final bosqichiga chiqqani bilan tabriklasa bo'laveradi.
- Qaysi jamoani ko'rishni istamaysiz?
- Avstraliya va Yaponiyani. Bu ikki terma jamoa qitaning eng kuchlilari.
- Terma jamoamizning ikkinchi saralash bosqichida ko'rsatgan o'yinlaridan kelib chiqib, imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?
- Terma jamoa oldiga har bir o'yinda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgandi. Yigitlar bu vazifani sharaf bilan uddalashdi. Ilk missiya bajarildi. Endi oldinda haqiqiy jang boshlanadi. Bu bosqich o'yinlari haqida taxmin qilish qiyin.
Kamoliddin Alimov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar