Kavanining 200 ming evro turadigan mashinasi olib qochildi
16 may 2019 13:30
Yangiliklar


Kavanining 200 ming evro turadigan mashinasi olib qochildi
PSJ hujumchisi Edinson Kavanining Range Rover Autobiography mashinasi olib qochildi.
Uning narxi deyarli 200 ming evroni tashkil qiladi. Voqea Parijning Neyi-syur-Sen hududida sodir bo'lgan.
OAVning xabariga ko'ra, policiya mashinani topgan va Kavaniga qaytargan. O'g'rilar mashinani mamlakatdan olib chiqib ketishmoqchi bo'lishgan. Jinoyatchilar qo'lga olingan.
Kavani joriy mavsumda PSJ safida 31 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 32 yoshli urugvaylik Parij klubiga 2013 yilda kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar