Kavani: "Suares "Barselona"da xuddi "Liverpul"dagi kabi o'ynay olmaydi"
09 dek 2014 16:14
Yangiliklar


Kavani: "Suares "Barselona"da xuddi "Liverpul"dagi kabi o'ynay olmaydi"
PSJ hujumchisi Edinson Kavanining hisoblashicha, Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares "Barselona"da xuddi "Liverpul"dagidek o'ynay olmaydi.
"Suaresning holati yaxshi. U juda og'ir paytlarni boshidan o'tkazdi. Bu futbolchining o'zi uchun va urugvayliklar uchun qiyin vaziyat bo'ldi. Ammo u hozirda o'zini yaxshi his qilmoqda. Uni "Barselona"ga o'tishidan hayron bo'lmadim. Suares "Kamp Nou"da boshqa vazifani bajaryapti. "Liverpul"dagi emas. Gap shundaki uning atrofida yulduzlar yig'ilgan" - deyid Kavani.

Fikrlar