Kavani Ronaldudan nimani o'rgangan?
08 okt 2022 10:52
Yangiliklar
Kavani Ronaldudan nimani o'rgangan?
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Edinson Kavani "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Krishtianu bilan ko'p gaplashardik, kechki ovqatni bir necha marta birga tanovvul qilib, futbolni muhokama qilardik. Hayotiy yo'llarimiz boshqa-boshqa, lekin ikkimiz ham pastdan ko'tarilib kelganmiz. Bunday yo'ldan o'tganingda, ko'p narsani o'rganasan. Ronaldu doim o'z darajasi haqida o'ylab, uni saqlab qolishga intiladi. U meni kuchliroq qildi. Men undan ish va tayyorgarlikka bo'lgan munosabati borasida ko'p narsalarni o'rgandim", – dedi Kavani.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum MYU va Portugaliya terma jamoasi tarkibida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar