Kavani Bekxemning taklifini rad etdi
20 okt 2019 15:56
Yangiliklar


Kavani Bekxemning taklifini rad etdi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani sobiq futbolchi Devid Bekxemning "Inter Mayami"ga o'tishi borasidagi taklifiga rad javobini berdi.
32 yoshli futbolchining jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi va u Evropada qolishni istaydi. Ayni damda uning xizmatlariga "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar qiziqish bildirishmoqda.
Devid Bekxem tashabbusi bilan ochilayotgan "Inter Mayami" jamoasi kelasi yildan MLSdagi ishtirokini boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar