Kavani “Atletiko” bilan 2,5 yillik bitim tuzadi
28 jan 2020 00:55
Yangiliklar
Kavani “Atletiko” bilan 2,5 yillik bitim tuzadi
PSJ hujmchisi Edinson Kavani “Atletiko”ga o'tishga yaqin turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining agenti va akasi Fernando ayni paytda Madridda bo'lib, klub vakillari bilan muzokara olib bormoqda.
Xabar qilishlaricha, tomonlar 2,5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishishgan.
PSJ va “Atletiko” ushbu transferi borasida bir to'xtamga kelishgan. Kavani 15-20 million evro evaziga Madrid klubiga ko'chib o'tadi.
Futbolchning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.
Ilgariroq 32 yoshli ftbolchi dam olish kunlari “Atletiko” uchun tibbiy ko'rikdan muvafaqiyatli o'tganligi haqida xabar berilganji.
Joriy mavsumda futolchi jamoasi safida 9 ta uchrashuvda maydonga chiqib, ikkita gol urishning uddasidan chiqqandi.
Fikrlar