"Kattaqo'rg'on" nazorat uchrashuvida "Jayxun"ga engildi
04 mar 14:00
Yangiliklar
"Kattaqo'rg'on" nazorat uchrashuvida "Jayxun"ga engildi
Pro liga qatnashchisi "Kattaqo'rg'on" Toshkentda mavsumga taraddudni olib bormoqda.
Jamoa nazorat uchrashuvlari orqali tayyorgarlikni optimal darajaga olib chiqishga harakat qilyapti. Yorqin Nazarov shogirdlari bugun kunning birinchi qismida "Jayxun" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda "Jayxun" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Kattaqo'rg'on"ning o'yindagi yagona goliga Francis Narx mualliflik qildi. "Jayxun"dan Sardorbek Xidirbaev xet-trik muallifiga aylandi.
Samarqand klubi safida Ildar Mamatkazin, Davron Hoshimov, Behruz Asqarov, Sardor Qobuljonov kabi futbolchilar to'p tepdi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar
Каттакурган Олга ????⚽????????✨