So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Katta xayr-ehson qilgan sirli qahramon “Liverpul” futbolchisi ekanligi taxmin qilinmoqda Yangiliklar

Katta xayr-ehson qilgan sirli qahramon “Liverpul” futbolchisi ekanligi taxmin qilinmoqda

Hozirda koronavirusga qarshi kurash uchun klublar va futbolchilar ko'maklashayotgani haqidagi xabarlarni ko'p o'qimoqdamiz.

Biroq, bir holat alohida etiborga loyiq.

Ismi sir qolishini xohlagan shotlandiyalik futbolchi Glazgodagi nochorlarga egulik etkazib beruvchi 6ta tashkilot (egulik banki)ga katta miqdordagi mablag' o'tkazib berdi.

Ulardan biri, Glasgow NE Foodbank ushbu xayr-ehson tufayli 53.000 mahalliy aholini oziq-ovqat bilan taminlay oldi.

Egulik banki – muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beruvchi xayriya tashkilotlari (Buyuk Britaniya standart amaliyoti). Hozirgi kunda ular jiddiy moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda. Xayriya qilingan mablag' esa ularga yordam berdi.

The Times nashri yaxshilik qilgan futbolchi “Liverpul” azosi Endryu Robertson ekanligini taxmin qilmoqda. To'g'ri himoyachining o'zi bu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Lekin, u xayriya ishlarni ko'p amalga oshiradi va hech qachon o'z nomi keltirilishini istamasligi aytilmoqda. SHu bois, sirli qahramon katta ehtimol bilan aynan Robertson bo'lib chiqadi.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика