Katta tafovut futbolchilar saviyasiga salbiy tasir etadimi?
10 noy 2013 09:22
Yangiliklar

Katta tafovut futbolchilar saviyasiga salbiy tasir etadimi?
Futbol hozir katta tasir kuchiga aylangan. Jahonda bu sport turiga etiborning keskin ortishi tufayli AQSHdek futbol o'ynamaydigan yurtda ham qisqa yillarda futbol rivojlanib ulgurdi.
Avval kriket o'ynab yurgan hindlar bolalar futboliga katta mablag' sarflashmoqda. Evropa va Janubiy Amerikaning taraqqiy etgan mamlakatlarida ham millionlar o'yinini kuchaytirish uchun tashkil etilayotgan ishlar ko'lami yildan-yilga ko'payib bormoqda. SHu sababli bunday vaziyatda futboli taraqqiy etmay qolgan davlatlar xuddi rivojlanishdan to'xtab qolgandek ko'rinadi. CHunki boshqalar kuchaygandan keyin o'sha jamoa kuchsizlanadi va futbolning saviyasizligi vujudga keladi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun dastlab o'sha hududda futbolni rivojlantirishga harakat qilish kerak. SHundagina terma jamoa va milliy chempionat ham kuchayadi. Futbolning yanada taraqqiyotga erishishida mamlakat ligalari o'rtasidagi farqning o'ta katta bo'lmasligi muhim o'rin tutadi.
Evropaning futboli rivojlangan davlatlariga nazar tashlasak, oliy va undan keyingi divizion o'rtasida katta farq yo'qligini ko'ramiz. “Verona”, “Vilyarreal”, “Gerta”, “Sautgempton” singari klublar yuqori divizonga endi qaytishgan yoki unda ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan bo'lsalar ham bemalol etakchilarga jiddiy qarshilik tug'dirishyapti. Yaponiyada esa tarkibni deyarli o'zgartirmasdan turib birinchi diviziondan chiqqan 2 jamoa keyingi yillarda mamlakat chempioni bo'lishga erishdi. Bizda esa birinchi ligadan chiqqan jamoa tarkibni kuchaytirmasa, qanday ahvolga tushib qolishini ko'rib boramiz. To'g'ri, hozircha ushbu mavsumda debyutantlarning har ikkisi oliy ligada o'rnini saqlab qolish imkoniyatiga ega. Bu holat bizni xursand bo'lishga undaydi. Lekin baribir oliy va birinchi liga o'rtasida juda katta farq borligini hech kim inkor etmaydi.
Etibor qiling, so'nggi yillarda oliy ligaga birinchi ligadan chiqqan qaysi jamoa o'zining avvalgi tarkibining o'zagini saqlab qolgan holda yuqori ligada qolishni uddaladi yoki o'rtamiyona o'rinlardan birini band etdi? Bizda xorijdagidek tarkibni o'zgartirmasdan hech oliy ligada ishtirok etmaydi. Oxirgi mavsumlarda birinchi ligadan chiqqan jamoalar o'z tarkiblarini kamida sakson foizga o'zgartirishmoqda. Bunday raqam Evropa yoki Janubiy amerikalik, nainki Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi futbol mutaxassislari va ishqibozlarini ajablantirishi mumkin. O'sha davlatlarda yuqori liga bilan undan pastki liga orasidagi farq katta yoki sezilarli darajada emas. Har holda, pastki liganing dastlabki olti-etti jamoasi yuqori divizionning o'rtamiyonalari bilan bemalol jiddiy kurash olib bora oladi. Bizda esa so'nggi paytlarda bunday voqealarga umuman guvoh bo'lmayapmiz. Bemalol aytishimiz mumkinki, agar oliy liganing o'rtamiyona jamoasi birinchi liganing peshqadamiga qarshi o'ynasa, qiyinchiliksiz yirik hisobda g'alaba qozona oladi. SHunday holatlar quyi ligada futbol saviyasining yuqori emasligidan darak beradi. Bundan tashqari, mana shunday vaziyat nimalarga salbiy tasir qilishini alohida misollarda ko'rib o'tamiz.
Bizdagi bunday ahvolga jamoalarning iqtisodiy ko'rsatkichlari orasidagi farq ham sezilarli darajada tasir ko'rsatadi. Pul yo'q joyda yaxshi jamoa tuzish qiyin. Tuzsa bo'ladi, ammo buning uchun katta harakat va intilish zarur. Hozircha intilishlar talab darajasida emas. Aynan mana shunday holatlar keyinchalik mavsum oralig'ida o'tishlarning, yani transferlarning haddan ziyod ko'p miqdorda qayd etilishiga sababchi bo'ladi. Bunga bir tarafdan klublar futbol akademiyalarining hech bo'lmaganda qoniqarli ishlamasligini bildirsa, ikkinchi tomondan ligalar va futbolchilar o'rtasidagi farq xuddi er bilan osmoncha ekanligini isbotlab turadi. Hatto, tarkibini kuchaytirayotgan debyutantlar ham ancha qiynalib qolishyapti. Boshqa jamoalar o'z etakchilarini qo'yib yuborishga rozi bo'lishmaydi. O'rtamiyona yoki zaxirada o'tirgan futbolchilar oliy ligada o'rtamiyona pog'onalarni taminlashga imkonsiz bo'lib qolishgan. Deyarli har yili oliy ligadan tushib ketgan jamoa o'yinchilari keyingi yilni oliy ligaga chiqqan jamoalar safida boshlashiga ham ko'nikib qolganmiz. Birinchi ligadan oliy ligaga ko'nikib ketgan o'yinchilar soni barmoq bilan sanarli darajada oz. Yuqori saviyaga ko'nikib ketgani esa deyarli yo'q. Bu juda katta muammo. Turli yillar mobaynida "Vobkent", "Cementchi", "Guliston" va boshqa klublar tarkibda ko'p o'zgarishlar qilmasdan yana quyi ligaga ravona bo'lganlar. Misol uchun, Angliya yoki Germaniyada yuqori ligaga qo'shilgan jamoalar o'zlarining avvalgi tarkiblari bilan ancha kuchli o'yin namoyish etib berishadi. Afsuski, hozirgacha biz bunday voqeaga deyarli guvoh bo'lmadik. 1997 yilda esa Germaniyada yigirmanchi eng kutilmagan holatlardan biri ro'y bergandi. O'shanda ikkinchi bundesligadan bundesligaga yo'llanma olgan "Kayzerslautern" "Bavariya", "Borussiya" hamda "Verder" singari etakchilarni ortda qoldirib, mamlakat chempionligiga erishgandi. Demak, bu erda ligalar orasidagi farq juda sezilarli darajada emas. Ayni paytgacha esa yurtimizda bunday jamoalar bo'lmagan. "Samarqand-Dinamo", "Akademiya" singari klublar bir urinishda beshinchi o'rinni zabt etishgan, lekin ularning tarkibi sakson foizga o'zgarib ketgan. Bir yildayoq xalqaro musobaqalarda qatnashishni uddalab bo'lgan "Bunyodkor" to'g'risida ham shunday deyish mumkin. To'g'ri, jamoa debyutant edi, biroq futbolchilar emas. Biz bu bilan oliy ligaga yo'l olgan jamoalarning o'z tarkiblarini mahoratli yoki tajribali futbolchilar bilan kuchaytirib olishiga qarshiligimizni aytmoqchi emasmiz. Bu kabi voqealar klub hal qiladigan ishlar sanaladi. Lekin bunda futboldan ko'ra jamoa kuchayishi ko'proq bo'ladi. Bizda aynan jamoa o'yin saviyasining o'zi o'sishi ortidan ijobiy natijaga erishganlar yo'q. “Lokomotiv” ham tarkibini tajribali futbolchilar bilan to'ldirib olgani evaziga o'tgan mavsumda bronza medallariga ega chiqqandi.
Liga va futbolchilar o'rtasidagi farqning oshishi oliy ligaga endigina chiqqan jamoalarga iqtisodiy jihatdan qo'shimcha muammolar ham tug'diradi. Yangi o'yinchilarni sotib olish yoki tarkibni tubdan yangilash arzonga tushmasligi barchaga malum. Ehtimol, debyutantlar yuqoridagi sabab tufayli shunday yo'l tutishayotgandir. Tarkibning yangilanaverishi esa jamoaning xarakteri yo'qolishiga, aniqrog'i bunday xarakterning umuman paydo bo'lmasligiga olib keladi. Xorij terma jamoalari yoki klublari haqida suhbatlashar ekansiz, ularning nomi aytilishi bilan birinchi navbatda ko'z oldingizga o'sha jamoa namoyish etadigan o'yin uslubi, xarakteri, etakchi futbolchilari ko'z oldingizga keladi. O'zimizning oliy ligada esa bunday jamoalar soni nari borsa, besh yoki oltitani tashkil etadi. Undan ortiq emas. Masalan, "Milan" deganda darvozasi daxlsizligini saqlashga katta etibor beradigan, maydonda keng o'yin namoyish etishga intiladigan, har qanday qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladigan jamoa ko'z oldingizda gavdalanadi. O'zbekistonda hozircha “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Olmaliq” singari jamoalarda shunday xususiyatlar mavjud. “Navbahor” va “Andijon” futbolchilarni haddan ziyod almashtiraverishi oqibatida o'ziga xos bo'lgan o'yin uslubi va xarakterini yo'qotib qo'ydi.
Behzod NAZAROV.

YUQORI SAVIYALI FUTBOLCHILAR INQIROZIAvvalo, tafovut katta bo'lgan hollarda futbolchilarning ikki guruhga yaqqol ajralib qolishini aytish mumkin. Misol uchun, o'zimizda aksariyat vaziyatlarda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan klublar tarkiblarini tubdan o'zgartirishga va o'z safiga oliy ligada to'p surgan futbolchilarni qo'shib olishga harakat qilishadi. Natijada o'yinchilar ikki toifaga ajralib qoladi - oliy va birinchi liga futbolchilari. Etibor qilsak, oliy ligadan tushib ketgan jamoa futbolchilari kelasi yilni yana yuqori ligada o'tkazishmoqda. Demak, oradagi saviya juda katta farqni tashkil etyapti. Yoki murabbiylar birinchi ligada o'ynaganlarga ishonch bildirishni istashmayapti. Yaqindagina “Mashal” klubi rahbarlaridan biri gazetamizga intervyu berish asnosida kelasi yil kamida 8 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolanishi haqida gapirgandi. Demak, kelasi yil muboraklik tarbiyalanuvchilarga imkoniyat kam beriladi. Bu gapdan shunday xulosa chiqarish mumkin. SHu sababli bo'lsa kerak, birinchi ligada to'purarlar qatorida yurgan hujumchilar ham, ishonchli o'yin namoyish qilayotgan boshqa futbolchilar ham oliy liga klublaridan o'rin ola bilishmayapti. Albatta, aksariyat hollarda. O'tgan mavsumda birinchi ligadan oliy liga jamoasiga o'tgan futbolchilar bo'ldi, biroq u qadar ko'p miqdorda emas. Bu borada Evropaning eng kuchli chempionatlarida vaziyat yuqori darajada. Yaponiyadagi misolni esa keltirib o'tdik. U erda imkon boricha futbolchilar o'rtasidagi tafovutni ularning yoshligidan yo'qqa chiqarishga urinishadi. Natijada bu keyinchalik jamoalarning kuchayishiga ijobiy tasir qiladi. Milliy terma jamoalar tarkiblariga ko'z tashlasak, Italiya, Franciya, Germaniyada o'rtamiyona va autsayder klublardan bosh jamoaga futbolchilar taklif etilishini ko'ramiz. Yaponiyada esa birinchi diviziondan ham bazida o'yinchilar sinab ko'riladi.
Bizdagi bunday ahvolga jamoalarning iqtisodiy ko'rsatkichlari orasidagi farq ham sezilarli darajada tasir ko'rsatadi. Pul yo'q joyda yaxshi jamoa tuzish qiyin. Tuzsa bo'ladi, ammo buning uchun katta harakat va intilish zarur. Hozircha intilishlar talab darajasida emas. Aynan mana shunday holatlar keyinchalik mavsum oralig'ida o'tishlarning, yani transferlarning haddan ziyod ko'p miqdorda qayd etilishiga sababchi bo'ladi. Bunga bir tarafdan klublar futbol akademiyalarining hech bo'lmaganda qoniqarli ishlamasligini bildirsa, ikkinchi tomondan ligalar va futbolchilar o'rtasidagi farq xuddi er bilan osmoncha ekanligini isbotlab turadi. Hatto, tarkibini kuchaytirayotgan debyutantlar ham ancha qiynalib qolishyapti. Boshqa jamoalar o'z etakchilarini qo'yib yuborishga rozi bo'lishmaydi. O'rtamiyona yoki zaxirada o'tirgan futbolchilar oliy ligada o'rtamiyona pog'onalarni taminlashga imkonsiz bo'lib qolishgan. Deyarli har yili oliy ligadan tushib ketgan jamoa o'yinchilari keyingi yilni oliy ligaga chiqqan jamoalar safida boshlashiga ham ko'nikib qolganmiz. Birinchi ligadan oliy ligaga ko'nikib ketgan o'yinchilar soni barmoq bilan sanarli darajada oz. Yuqori saviyaga ko'nikib ketgani esa deyarli yo'q. Bu juda katta muammo. Turli yillar mobaynida "Vobkent", "Cementchi", "Guliston" va boshqa klublar tarkibda ko'p o'zgarishlar qilmasdan yana quyi ligaga ravona bo'lganlar. Misol uchun, Angliya yoki Germaniyada yuqori ligaga qo'shilgan jamoalar o'zlarining avvalgi tarkiblari bilan ancha kuchli o'yin namoyish etib berishadi. Afsuski, hozirgacha biz bunday voqeaga deyarli guvoh bo'lmadik. 1997 yilda esa Germaniyada yigirmanchi eng kutilmagan holatlardan biri ro'y bergandi. O'shanda ikkinchi bundesligadan bundesligaga yo'llanma olgan "Kayzerslautern" "Bavariya", "Borussiya" hamda "Verder" singari etakchilarni ortda qoldirib, mamlakat chempionligiga erishgandi. Demak, bu erda ligalar orasidagi farq juda sezilarli darajada emas. Ayni paytgacha esa yurtimizda bunday jamoalar bo'lmagan. "Samarqand-Dinamo", "Akademiya" singari klublar bir urinishda beshinchi o'rinni zabt etishgan, lekin ularning tarkibi sakson foizga o'zgarib ketgan. Bir yildayoq xalqaro musobaqalarda qatnashishni uddalab bo'lgan "Bunyodkor" to'g'risida ham shunday deyish mumkin. To'g'ri, jamoa debyutant edi, biroq futbolchilar emas. Biz bu bilan oliy ligaga yo'l olgan jamoalarning o'z tarkiblarini mahoratli yoki tajribali futbolchilar bilan kuchaytirib olishiga qarshiligimizni aytmoqchi emasmiz. Bu kabi voqealar klub hal qiladigan ishlar sanaladi. Lekin bunda futboldan ko'ra jamoa kuchayishi ko'proq bo'ladi. Bizda aynan jamoa o'yin saviyasining o'zi o'sishi ortidan ijobiy natijaga erishganlar yo'q. “Lokomotiv” ham tarkibini tajribali futbolchilar bilan to'ldirib olgani evaziga o'tgan mavsumda bronza medallariga ega chiqqandi.
Liga va futbolchilar o'rtasidagi farqning oshishi oliy ligaga endigina chiqqan jamoalarga iqtisodiy jihatdan qo'shimcha muammolar ham tug'diradi. Yangi o'yinchilarni sotib olish yoki tarkibni tubdan yangilash arzonga tushmasligi barchaga malum. Ehtimol, debyutantlar yuqoridagi sabab tufayli shunday yo'l tutishayotgandir. Tarkibning yangilanaverishi esa jamoaning xarakteri yo'qolishiga, aniqrog'i bunday xarakterning umuman paydo bo'lmasligiga olib keladi. Xorij terma jamoalari yoki klublari haqida suhbatlashar ekansiz, ularning nomi aytilishi bilan birinchi navbatda ko'z oldingizga o'sha jamoa namoyish etadigan o'yin uslubi, xarakteri, etakchi futbolchilari ko'z oldingizga keladi. O'zimizning oliy ligada esa bunday jamoalar soni nari borsa, besh yoki oltitani tashkil etadi. Undan ortiq emas. Masalan, "Milan" deganda darvozasi daxlsizligini saqlashga katta etibor beradigan, maydonda keng o'yin namoyish etishga intiladigan, har qanday qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladigan jamoa ko'z oldingizda gavdalanadi. O'zbekistonda hozircha “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Olmaliq” singari jamoalarda shunday xususiyatlar mavjud. “Navbahor” va “Andijon” futbolchilarni haddan ziyod almashtiraverishi oqibatida o'ziga xos bo'lgan o'yin uslubi va xarakterini yo'qotib qo'ydi.
KUBOKKA QIZIQISHNING YO'QOLISHILigalar orasidagi farqdan eng katta zarar ko'radigan yana bir musobaqa - o'sha mamlakat kubogi turniri. Evropada quyi divizion vakili yoki autsayderlarning hal qiluvchi bosqichlarga etib kelishini kuzatamiz. “Uigan” quyi divizionga tushib ketayotgan holda Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. Bizda esa bir necha yillardan buyon faqat oliy liganing etakchilari yarim finalga etib kelishi odatga aylangan. Har yili kamida kuchli oltilikdagi jamoalar bu musobaqada o'zaro bellashuvlarda yarim finalda to'qnash kelishadi. Tan olish kerak, O'zbekiston Kubogida yildan-yilga intriga yo'qolib borayapti. Jamoalar uchun kubokdagi hal qiluvchi o'yinlar qiziqdir, lekin ishqibozlar uchun emas. Oxirgi marta qachon sensaciya yuz berganini ham unutib yuborganmiz. Agar birinchi liga jamoalari ham kubokka jiddiy etibor qaratib, bor kuchlari bilan to'p surishganda, balki muxlislar xuddi Evropada bo'lgani kabi ko'plab kutilmagan natijalarga guvoh bo'lishlari va kubok o'yinlarini orziqib kutishlari mumkin edi. Ehtimol, birinchi liga jamoalari O'zbekiston Kubogida muvaffaqiyatli o'ynashga harakat qilayotgan bo'lishlari mumkindir, ammo ligalar o'rtasidagi katta tafovut buning natijalarda aks etishiga umuman yo'l qoldirmayapti. Natijada nimchorak finaldan boshlab uchrashuvlar oliy liga klublarining o'zaro bahslariga aylanib qolmoqda. Bu qiziqishni tushirib yuboradi deb, yuz foiz ishonch bilan fikr bildirish ham noto'g'ri bo'lar, shunga qaramay quyi liga jamoalarining unda yaxshiroq ishtirok etishlari musobaqa saviyasini oshirishini hech kim inkor etmasa kerak. Rossiyada avval ligalar saviyasi bir-biridan katta farq masofada emasligini kuzatardik, biroq oxirgi paytlarda yuqori ligadagi jamoalar byudjetining sezilarli ortishi va tarkibga kuchli legionerlarning jalb etilishi tufayli bu tafovut ortgandek tuyulmoqda. Lekin jamoalar kubokdagi birgina o'yinda buni bildirmaslik uchun imkonlari boricha harakat qilishyapti. Aynan shu omil ko'plab davlatlarda kubok o'yinlari alohida qadrlanishiga sabab bo'ladi. Biroq bizda aslo bunday emas. Oxirgi yillarda aksariyat ishqibozlar kubokka faqat yarim final bosqichidan etibor qaratmoqda. Ular oldingi bosqichlarni ko'rmasdan hech narsa yo'qotmasliklarini juda yaxshi bilishmoqda.
FUTBOL VA TERMA JAMOAGA TA'SIRIBuning eng so'nggi va eng katta salbiy tasiri, shubhasiz, o'sha mamlakat futboli hamda terma jamoaga bo'ladi. Yaponiya va Eronda jamoalar saviyasi katta farq qilmaydi. Eronda hozir ham aniq grand nomini aytish qiyin, Yaponiyada esa chempion jamoa kelasi mavsumda zo'r-bazo'r o'z o'rnini "J" ligada saqlab qolishiga guvoh bo'lamiz. Eng muhimi, mana shunday holatda futbolchilar o'rtasida terma jamoaga nomzod bo'lishga va asosiy tarkibdan joy olishga bo'lgan kurash ancha keskin tus oladi. Raqobat katta bo'lgan joyda o'sish yuzaga kelishi o'z-o'zidan tushunarli. Ligalar o'rtasidagi farq qisqargach, yuqori divizionda o'ynayotgan klublar orasidagi farq ham qisqaradi. Bu tabiiy hol, chunki yuqoriga harakat qilgan paytda kimdir yaqqol ravishda boshqalardan o'zib keta olmaydi. O'zib keta olsa ham, bunga osonlik bilan erisha olmaydi. Bizda bunday vaziyat yuz bergudek bo'lsa, futbolimiz va terma jamoalarimiz ulkan foyda ko'rishadi. Birinchidan, futbolimizda rivojlanish ko'proq namoyon bo'la boshlaydi. Ikkinchidan esa, termalarimiz, ayniqsa milliy terma jamoamiz qitada tezroq etakchi jamoalardan biriga aylanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qolgani murabbiylarning faoliyatiga bog'liq bo'lgan ishga aylanadi. Bunga chora sifatida akademiyalarda ishlash tizimini o'zgartirish zarur. Ehtimol, bu borada bir necha son avval yozib o'tganimiz Yaponiya tizimidan o'rnak olishimiz lozimdir.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar