Katta o'yinning boshlanishi: A Seriya 1-tur prevyusi
19 avg 2023 13:10
Yangiliklar
"Frozinone" - "Napoli"
Frosinone Abdou Harroui - 7' Serie A . 1-tur 19/08/2023, 22:30
SSC Napoli Matteo Politano - 24', Victor Osimhen - 42', Victor Osimhen - 79' Stadion: Stadio Benito Stirpe, 15822 tomoshabin Bosh hakam: Matteo Marcenaro
Eusebio Di Franchesko jarohatlangan Kalay xizmatidan foydalana olmaydi, ammo Xarrui safga qaytgan va jamoasiga yordam berishga tayyor. Hujumda esa Borelliga ishonch bildiriladi. Rudi Garsiya jamoasi esa Gaetanoni yo'qotgan bo'lsa, Angissa jangga tayyor va katta ehtimol bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. "Napoli"dan ortiqcha syurpriz kutmasak ham bo'laveradi. Yangi bosh murabbiy o'tgan mavsum yaxshi ish berayotgan tizimning tubdan o'zgartirib yubormasa kerak.
So'nggi bor jamoalar 2019 yilda ro'baro kelgan va o'shanda "Napoli" 2-0 hisobida zafar quchgandi. Tabiiyki, bo'lajak bahsda ham mutaxassislar neapolliklarni favorit deb hisoblashmoqda. Amaldagi chempion o'tgan yilgiga qaraganda kuchaymagan bo'lishi mumkin, "Napoli"ga yangi transferlar zarur, ammo mahorat bobidagi farq baribir kattaligicha qolmoqda.
"Inter" - "Monca"
Inter Lautaro Martinez - 8', Lautaro Martinez - 76' Serie A . 1-tur 20/08/2023, 00:45
Monza Stadion: Giuseppe Meazza, 72509 tomoshabin Bosh hakam: Andrea Colombo
Acherbi o'ynay olmasa, De Vrey sog'ayib safga qaytgan va o'yinga tayyor. Frattezi va Kuadrado ham safda, ammo ular zaxirada qolsa kerak. Jamoaning yana boshqa ikki yangi azosi Zommer va Tyuram asosiy tarkibda tushiriladi. Icco diskvalifikaciya tufayli mehmonlarga yordam bera olmaydi. SHuningdek, Betellaning ham maydonga tushishi so'roq ostida. "Inter"ning sobiq futbolchilari D`Ambrozio va Galyardini esa milanliklarga qarshi asosiy tarkibda tushirilsa ajab emas. Hujum chizig'ida esa Paladino "Inter" uchun yana bir eski tanish Kaprari hamda Dani Mota juftligiga ishonch bildiradi.
Avvalgi uchrashuvda "Monca" "Inter"ni 1-0 hisobida taslim etganiga qaramay, "neradzurri" favorit sifatida ko'rilmoqda. Jamoa chindan tarkibini kuchaytirishga erishdi va o'rtoqlik uchrashuvlarida ishonchli o'yin namoyish qildi. "Monca" haqida bunday fikr bildirish biroz qiyin. Bu holat Italiya Kubogi o'yinida ham ko'rinib qoldi.
"Roma" - "Salernitana"
Roma Andrea Belotti - 17', Andrea Belotti - 82' Serie A . 1-tur 20/08/2023, 22:30
Salernitana Antonio Candreva - 36', Antonio Candreva - 49' Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 62050 tomoshabin Bosh hakam: Ermanno Feliciani
Mourino yana asosiy tarkib borasida muammolarga duch kelgan. Turli sabablarga ko'ra, Abraxam, Dibala, Kumbula va Pellegrini jamoaga yordam berolmaydi. Bovining maydonga tusha olishi so'roq ostida. Bu holatda "Special one" hujumga Belotti va El-SHaaravini tashlaydi, maydon markazida esa Franciyadan olib kelingan Auarni ko'ramiz. "Salernitana"da esa tarkib bilan bog'liq muammolar yo'q. Mamadu Kulibali kerakli pallada sog'ayib, safga qaytdi. Agar transfer bozorida biror yangilik bo'lib qolmasa, hujumda Dia va Botxeym juftligini ko'ramiz.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvi tomoshabop bo'lib, Rimdagi stadionga to'plangan ishqibozlar 2-2 hisobidagi durangga guvoh bo'lgan. Yangi mavsumdagi to'qnashuvda ekspertlar "Roma"ni favorit sanashmoqda. Tarkib borasida muammolari bo'lishiga qaramay, "jallorossi" kuchliroqdek. Har holda qog'ozda aynan shunday. Biroq Mourino jamoasi "Salernitana" ustidan g'alaba qozonishi oson bo'lmasligi aniq.
"Udineze" - "Yuventus"
Udinese Serie A . 1-tur 21/08/2023, 00:45
Juventus Federico Chiesa - 2', Dusan Vlahovic - 20', Adrien Rabiot - 45' Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 24991 tomoshabin Bosh hakam: Antonio Rapuano
Deulofeu, Pafunda, Ebosse va Exibue mezbonlarga bu bahsda yordam berolmaydi. Kamaraning ishtiroki ham so'roq ostida. Gotti uchun yaxshi xabarlardan esa Zemur chap qanotda debyut qiladi. Hujumda Beto va Toven dueti tashlanadi.
"Yuventus"dagi yo'qotishlar haqida gapirsak, De SHilo va Kayo o'ynay olmasligi aniq, Pogba va Fadjoli esa "keksa sinora"ga yordam bera oladimi yoki yo'q, degan savol ochiq qolmoqda. Bu bellashuvda jamoaning yangi azosi tayanch zonasi vakili Kambyassoning debyuti kutilmoqda. Hujumda Vlaxovichga orqaroqdan Keza va Kostich yordam berishadi.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida "Yuventus" 1-0 hisobida zafar quchgan va bo'lajak bahsda ham favorit sanalmoqda. O'rtoqlik uchrashuvlarida Allegri jamoasi o'ta yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Ammo unutmaslik zarur, "Yuventus" odatda mavsum boshlangach, asta-sekin tezlik oladi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar