So’nggi yangiliklar

00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  1 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  5 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  8 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  75 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9

Katta g'alabalar kichik g'alabadan boshlanadi yoxud Filippin - O'zbekiston 1:5 Yangiliklar

Katta g'alabalar kichik g'alabadan boshlanadi yoxud Filippin - O'zbekiston 1:5

Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondi.

Futbolchilarimiz dastlab Yamanni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, kecha safarda Filippin ustidan 5:1 hisobida zafar quchdik. Quyida mana shu ikki o'yinni tahlil qilib ko'ramiz. 

Saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz boshlagan O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida darhol o'zgarish ro'y berdi. KXDR termasi bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyat hamma qatori O'FF rahbariyatiga ham qattiq tasir o'tkazdi. SHundan so'ng Mirjalol Qosimov istefoga chiqib, o'rniga o'tgan yil "Paxtakor" bilan chempionlikni qo'lga kiritgan, shuningdek 2014 yilning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan Samvel Babayan terma jamoamizda yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. 

Samvel Babayan darhol eng shimarib ishga kirishdi. Dastlab murabbiylar shtabida o'zgarishlarni amalga oshirdi. Katta murabbiydan tortib darvozabonlar murabbiyigacha "Paxtakor"ga aloqador kishilar taklif etildi. Bundan keyin nafaqat milliy terma jamoa, balki boshqa yoshdagi jamoalarimiz ham "Paxtakor" principlari bo'yicha ish olib boradi. Negaki barcha jamoalarimizda bosh murabbiy "Paxtakor"ga aloqador kishilardir. 

Xususan milliy termada Samvel Babayan, olimpiyachilarda Viktor Jalilov va Dilshod Nuraliev, yoshlarda Jasur Abduraimov, o'smirlarda Temur Olimxo'jaev va hokazo. Demak, terma jamoalarimizda yana yangicha davr boshlandi desak bo'ladi. 

Terma jamoamiz yangi murabbiy qo'l ostida ikkita o'yinda maydonga tushdi va ikkalasida ham g'alaba qozondi. To'g'ri, biz o'zimizga nisbatan ancha kuchsiz raqiblarni mag'lub etdik, lekin muhimi bu emas. Eng muhimi shuki, yangi murabbiy o'z ishini g'alaba bilan boshlab oldi va bu narsa futbolda katta rol o'ynaydi. Yaman bilan o'yinda bizga yirik g'alaba kerak edi, ammo 1:0 hisobida raqibdan ustun keldik. Albatta, o'yindan so'ng Samvel Babayanning kayfiyati chog' edi, negaki u faqat g'alabani o'ylagandi, yirik hisob yoki bo'lmasa to'plar nisbatini emas. 

Muhimi, murabbiy ishini uch ochko bilan boshladi. Albatta, birinchi o'yindagi tarkib borasida bosh murabbiyga etarlicha etirozlar bo'ldi. Matbuotda va ijtimoiy tarmoqlarda falonchinimas, pistonchini qo'yish kerak edi gaplar yangradi. Lekin g'alaba barcha gap-so'zlarni yopib ketdi. Oradan ko'p o'tmay, ikkinchi o'yinni o'tkazgan terma jamoamiz Filippinni yirik 5:1 hisobida mag'lub etib, to'plar nisbatini yaxshilab oldi. Ana endi bizda ham to'plar nisbati plyus tomonga o'zgardi. 


Kecha bo'lib o'tgan Filippin - O'zbekiston bahsi har tomonlama bizning ustunligimiz ostida kechdi. Zarbalar ham, gollar ham etarlicha bo'ldi. Birinchi uchrashuvda o'yini qovushmagan Sardor Rashidov bilan Igor Sergeev ikkitadan gol urishdi. Yana bitta golni Odil Ahmedov o'yinning boshidayoq o'z hisobiga yozib qo'ydi. To'g'ri, ikkala bahs ham shuni ko'rsatdiki, raqib jamoalarning saviyasi bizga qaraganda ancha past. Qolaversa, ular FIFA reytingida ham bizdan ancha pastki o'rinlarda bormoqda. 

Samvel Babayan uchun dastlabki ikki uchrashuv nisbatan kuchsiz jamoalar bilan bo'lgani bir tomondan yaxshi bo'ldi. Murabbiy ikki o'yinda olti ochkoli bo'ldi, bundan tashqari to'plar nisbati plyusga o'zgardi. Lekin jahon chempionati saralash bosqichi shunday musobaqaki, bunda o'yindan o'yinga qiyinlashib boraveradi. Endilikda 8 oktyabr kuni safarda Bahraynga qarshi maydonga tushishimizni inobatga olsak, bu o'yin avvalgi ikkita bellashuvga nisbatan ancha qiyin bo'ladi. CHunki Bahrayn kecha Yamanni 4:0 hisobida mag'lub etib, hali kurashdan chiqmaganini ko'rsatib qo'ydi. 

Fikrimizcha, aynan bizning guruhda kurash oxirgi turgacha davom etadi. Agar biz keyingi o'yinlarni ham g'alaba bilan tamomlasak, marra bizniki: hal qiluvchi bosqich eshiklari ochiladi. Endi buyog'iga Samvel Babayandan maydonga tushadigan eng kuchli tarkibni aniqlab olish uchun yanada katta mehnat talab qilinadi. Biz Samvel Vyacheslavovich asosiy tarkibga kimni qo'yadi-yu, zaxirada kimlarni ushlab o'tiradi, bunga aralasha olmaymiz. CHunki endilikda natija uchun U javobgar. Xalqimiz esa faqat bir narsani kutyapti, maydonga kim tushmasin, g'alaba qozonaylik va jahon chempionatiga boraylik. Mayli, murabbiy nazdida kim kuchli ko'rinsa, terma jamoa libosini o'sha kiysin, fatqat yutib turishsa bo'lgani. Zero, muxlislar maydonga tushuvchi yulduzlarni emas, ko'proq g'alabalarni sog'inib qolishgan.

Xayrulla Xoliqov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика