So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  16

Srechko Katanec: "Uchrashuvdan qoniqdim" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Uchrashuvdan qoniqdim"

Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va o'yinnining eng yaxshi futbolchisi Otabek SHukurov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Uchrashuvdan olgan taassurotlarim yaxshi. Natija adolatli bo'ldi deb ayta olaman. Tarkiblarga nazar soladigan bo'lsak, jamoamiz ikkinchi o'yinda maydonga tushmoqda, shu sababdan jismoniy tarafdan muammolar uchragan bo'lishi mumkin. Qolaversa, Rossiya terma jamoasi Tojikistonga qaraganda butkul boshqa tarkibda maydonga tushdi. SHunga qaramay, birinchi bo'limda Rossiya terma jamoasida deyarli imkoniyat yuzaga kelmadi, biz esa ikkita qarshi hujum tashkil etdik. O'sha vaziyatlardan birida Erkinov SHomurodovga aniq pas bera olganida, qulay imkoniyat sodir etardik. Ikkinchi bo'limda esa yosh va yangi o'yinchilarni sinab ko'rish maqsadida o'zgarishlarni amalga oshirdim. SHu sababli, uchrashuvdan qoniqdim, deyishim mumkin.

- Nima sababdan Eldor SHomurodov erta zaxiraga olindi?

- Bu Eldor SHomurodovning ikkinchi o'yini edi. Qolaversa, u jismoniy tarafdan charchagandi. Bundan tashqari, nafaqat SHomurodov, balki boshqa futbolchilarda ham shamollash alomati ko'zga tashlandi. SHu sababli, oddiy o'rtoqlik o'yinida tavakkal qilishni istamadim. Agar rasmiy uchrashuv bo'lganida, bu ishni qilmasdim, dedi Katanec.

- Aziz G'aniev va Sardor Rashidovning o'yinlarini kuzatyapsizmi? Ular o'z jamoalari safida ishonchli harakat qilishmoqda...

- Albattma, men barcha o'yinchilarni kuzatib boraman. Ularni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq. Bilasizki, bizda jismoniy tarafdan muammolar bor. Tarkib yig'ilgach, bir yarimta mashg'ulotdan so'ng o'yinga tushishyapti, bu etarli emas. Futbolchilardan yaxshi tempa harakat qilishi talab etiladi. BAA va Qatar chempionatlari tempini juda yuqori deya olmayman, shu bois menga 90 daqiqa davomida yuguradigan futbolchilar kerak. Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Menga ilk navbatda, gol urib, 90 daqiqa o'ynay oladigan futbolchilar kerak. SHu sababdan, termaga chaqirishda ilk navbatda yoshiga etibor beraman. SHuningdek, ularning statistik malumotlari asosida jamoaga jalb qilaman", - dedi Katanec. 

- Aziz G'aniev va Sardor Rashidovning o'yinlarini kuzatyapsizmi? Ular o'z jamoalari safida ishonchli harakat qilishmoqda...

- Albattma, men barcha o'yinchilarni kuzatib boraman. Ularni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq. Bilasizki, bizda jismoniy tarafdan muammolar bor. Tarkib yig'ilgach, bir yarimta mashg'ulotdan so'ng o'yinga tushishyapti, bu etarli emas. Futbolchilardan yaxshi tempa harakat qilishi talab etiladi. BAA va Qatar chempionatlari tempini juda yuqori deya olmayman, shu bois menga 90 daqiqa davomida yuguradigan futbolchilar kerak. Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Menga ilk navbatda, gol urib, 90 daqiqa o'ynay oladigan futbolchilar kerak. SHu sababdan, termaga chaqirishda ilk navbatda yoshiga etibor beraman. SHuningdek, ularning statistik malumotlari asosida jamoaga jalb qilaman.  Hojimat Erkinov ham yosh o'yinchi edi. Lekin u ko'z oldimizda qanday o'sganini ko'rdingiz. Xuddi shu narsani boshqa yosh o'yinchilarga ham maslahat bergan bo'lardim. Barchasi ularning o'ziga bog'liq. Agar ular yaxshi o'ynab turishsa, men ularni terma jamoaga chaqiraman. U 16-17 yosh bo'ladimi yo 30 yosh bo'ladimi, tarkibga chaqiraman. 

- SHomurodov zaxiraga olinganidan so'ng jamoamiz o'yinida xavfli vaziyatlar kamayib ketdi, Bobir Abdixoliqov o'yinga qo'shilganidan so'ng u zaxiradan maydonga tushganlardan kuchliroq ko'rindi. SHomurodov bilan biror jarohat ro'y bersa kelajakda uning o'rnini egallay oladigan futbolchi bormi?

- Agar dunyoning eng yaxshi terma jamoalariga qaraydigan bo'lsak, ular ham bir kuchli futbolchiga bog'lanib qolishgan. Benzemani nazarda tutyapman. Bu muammo faqat bizda emas.

Hujum chizig'imizda Eldordan tashqari boshqa yaxshi forvardlar bor, misol uchun Bobir Abdixoliqov kelajakda bizga yordam berishi mumkin. Aslida bir himoyachini zaxiraga olib, ikki hujumchini maydonga tushirmoqchi edim. Biroq rossiyaliklar o'yin nazoratini qo'lga olishdi, shu sababli tavakkal qilishni istamadim.

SHu bilan birga hujum chizig'ini kuchaytira oladigan Jaloliddin Masharipov, Otabek SHukurov, Odil Hamrobekovlar bor. Ularga biroz tajriba kerak.

- Bugungi o'yinda ikkita yosh o'yinchiga imkon berdingiz. Ularning harakatlarini qanday baholaysiz?

- Yosh futbolchilar o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Ilk o'yin hissiyotlar va hayajonga boy bo'ladi. SHuni inobatga olgan holda ularga yaxshi baho bergan bo'lardim. Jiyanovni almashtirishim oldindan o'ylangan reja edi, yani boshqa o'yinchilarga ham imkon berishim kerak edi. 

- Farrux Sayfiev o'zi uchun noqulay bo'lgan o'ng qanotda o'ynayapti. Bu variant sizda qachon paydo bo'ldi?

- Farrux Sayfiev chap qanot himoyachisi. Lekin o'ng qanotimizda muammo borligi sababli uni shu erga o'tkazishga majbur bo'ldim. Bu o'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun tavakkal qilishdan qo'rqqanim yo'q. Agar Masharipov salomat bo'lsa, Sayfiev ikkalasi chap qanotda faollikni oshiradi. Ular ko'p yillar birga o'ynashgan.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика