Katanec qo'l ostidagi ikkinchi rasmiy mag'lubiyat
14 noy 2024 23:54
Yangiliklar
Katanec qo'l ostidagi ikkinchi rasmiy mag'lubiyat
Yaqindagina O'zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o'yini yakunlandi.
Unda mezbonlar so'nggi daqiqadagi gol evaziga g'alabani ilib ketdi, 3:2.
Bu termamizning Srechko Katanec qo'l ostida rasmiy o'yinlardagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Dastlabkisi Osiyo Kubogi chorak finalida Qatarga qarshi o'yinda kuzatilgan va o'shanda termamiz penaltilar seriyasi sabab mag'lub bo'lgandi.
Srechko Katanec qo'l ostida O'zbekiston terma jamoasi 19 rasmiy o'yinda qatnashib, 12 g'alaba, 5 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi. Umumiy hisobda 41 uchrashuvda 25 g'alaba, 8tadan durang va 8 mag'lubiyat kuzatildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar