Katanec: "Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish"
27 avg 2021 15:37
Yangiliklar


Katanec: "Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish"
"Barchaga xayrli kun. Men va murabbiylar shtabim bilan shu erda ekanimdan xursandman. O'FA rahbariyatiga ishonch uchun rahmat aytmoqchiman. Videorolik uchun rahmat aytaman, ko'p narsa yodimdan chiqqan ekan. Futbol bir joyda turmaydi. Albatta bizning maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, ammo ungacha qiladigan ishlarimiz ko'p. Yosh va quvvatga to'la jamoa tuzishimiz kerak. Matbuot vakillarining ham yordami kerak bo'ladi. Jamoa yutganida ham, yutqazganida ham qo'llab quvvatlashingizni so'rab qolaman", - dedi Srechko Katanec.
- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganingiz bilan tabriklayman. Sizdan oldingi murabbiylar yo'l qo'ygan qaysi xatolarni ayta olasiz?
- Biz atigi 1 hafta oldin O'zbekistonga keldik. Oldimizda turgan asosiy vazifa Jahon chempionatiga chiqish. Ko'plab yoshi katta futbolchilar terma jamoadan ketdi, ularnining o'rnini yoshlar bilan to'ldirish kerak. Oldingi murabbiylar haqida gapira olmayman. Sizlar yaxshiroq bilasizlar. Terma jamoada men digan narsa yo'q, terma jamoada biz degan narsa bor!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar