Katanec Babayan va Akramovning rekordini takrorlay olmadi
28 sen 2022 09:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/719354_original.jpg)
![](/upload/storage/719354_220.jpg)
Katanec Babayan va Akramovning rekordini takrorlay olmadi
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida O'zbekiston MTJ Suvonda Kosta-Rika bilan bahs olib borib, alamli mag'lubiyatni (1:2) qabul qildi.
Bungacha Srechko Katanec shogirdlari qatorasiga 7 ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgandi. Sloveniyalik mutaxassis bu borada terma jamoada Mahmud Rahimovni (ketma-ket 6 ta g'alaba) ortda qoldirgandi.
Ammo u g'alabali seriya bo'yicha Samvel Babayan hamda Rustam Akramov tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorlay olmadi. Ular ketma-ket 8 tadan uchrashuvda g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar