So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Kataloniya klubi yanada kuchaydi. "Real" - "Barselona" (prevyu) Yangiliklar

Kataloniya klubi yanada kuchaydi. "Real" - "Barselona" (prevyu)

Teglar :  Real Barselona
Bugun, 2 mart kuni "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 26-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan 2ta "El-Klassiko"dan so'ng "Barselona" o'z kuchiga yanada ishona boshlaydi. CHunki Kataloniya klubi Ispaniya Kubogi yarim finalida "Real"ni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari bazi muhim futbolchilar jarohatidan qutilishdi. Etiboringizga ushbu jamoalarga oid so'nggi malumotlarni taqdim etamiz.

"Real"

- Serxio Ramos yana "Real" safida maydonga tushishi mumkin. U "Levante"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib, diskvalifikaciya qilingandi.

- Nacho sariq kartochkalar ko'payib ketgani uchun bugun maydonga tushmaydi.

- Santyago Solari "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogi bahsidagi tarkib deyarli o'zgarishsiz qoladi. Faqat darvozabon Tibo Kurtua Keylor Navas o'rnini egallaydi.


"Barselona"

- Braziliyalik yarim himoyachi Artur jarohatidan qutildi, ammo murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslik uchun uni zaxirada olib qolishi mumkin.

- Nelson Semedu "Real"ga qarshi bahsda Vinisiusni yaxshi qo'riqlagani tufayli bugun asosiy tarkibda bo'lishi kutilmoqda.

- Samuel Yumtiti Kleman Langle o'rnini egallashi kutilyapti.



Taxminiy tarkiblar

"Real": Kurtua, Reguilon, Ramos, Varan, Karvaxal, Kroos, Kasemiro, Modrich, Vinisius, Benzema, Vaskes.

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Umtiti, Pike, Semedu, Rakitich, Buskets, Roberto, Dembele, Suares, Messi.


O'yinga oid qiziqarli malumotlar

- "Barselona" LaLigadagi so'nggi 12ta o'yinining 10tasida g'alabaga erishdi

- "Barselona" "Real"ga qarshi o'tkazgan mehmondagi so'nggi 6ta uchrashuvning 5tasida kamida 3ta gol urgan

- "Real"ning LaLigadagi so'nggi 5ta o'yinida kamida 3tadan gol kiritilgan

- "Real" LaLigadagi so'nggi 7ta uchrashuvning 6tasida g'alaba qozondi

- "Real" Ispaniya chempionatidagi oxirgi 7ta o'yinning 5tasida birinchi taymda g'olib bo'lgan va bahsni muvaffaqiyat bilan yakunlagan

- "Barselona" "Real"ga qarshi o'tkazgan mehmondagi so'nggi 6ta o'yinning 5tasida g'alaba qozongan

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика